Nizomiy nomidagi toshkent davlat


-§. Nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

19-§. Nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh 
Reja: 
1.  Nutqning tovush mаdаniyati tushunchаsi. 
2. Nutqning tovush mаdаniyatigа doir ishlаr. 
3. Bolаning hаr bir yosh bosqichidа nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh. 
Tayanch tushunchalar: tovush mаdаniyati, aniq talaffuz, orfoepiya, nutq sur’ati, nutqiy 
aloqa  ko‘nikmalari,  nutqning  ifodaliligi,  nutqiy  nafas  olish,  tabiat  ob’ektlari,  o‘yin  faoliyati, 
nutq me’yori, artikulyatsion apparat. 
 
1.  Nutqning  tovush  mаdаniyati  tushunchаsi.  Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi 
bolalarning  nutqini  rivojlantirish  alohida  ahamiyatga  ega.  Inson  o‘z  fikrlarini  ifodalash  va 
boshqalarning  fikrlarini  tushunish  uchun  ona  tilidan  foydalanadi.  Nutqni  egallash  bolaga 
bevosita  va  bilvosita  (hikoya,  badiiy  asar,  tarbiyachining  tushuntirish  va  boshqalar)  yo‘l  bilan 
borliq  haqida  bilimlar  hosil  qilishga  imkon  beradi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  lug’at 
boyligini oshirish, so‘zning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog’lanishli nutqni rivojlantirish 
vazifalari hal etiladi. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi 
vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim: 
1) tovushlarni  to‘g’ri  talaffuz  qilishni  shakllantirish  (bolada  avvalo,  nutqni 
eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi); 
2) aniq  talaffuzni  hosil  qilish  (so‘z  va  so‘z  birikmalarini  dona-dona  va  aniq 
talaffuz qilish); 
3) so‘zni talaffuz qilganda urg’uni to‘g’ri qo‘yish ustida ishlash; 
4) nutqni orfoepik jihatdan to‘g’riligi ustida ishlash; 


5) nutq sur’atini rivojlantirish; 
6) nutqning ifodaliligini shakllantirish; 
7) nutqiy aloqa ko‘nikmalarini shakllantirish; 
8) nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish; 
9) nutqiy nafas olishni shakllantirish; 
10) 
o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  nutqini  rivojlantirish  xilma-xil  faoliyat  turlarida 
amalga oshadi: 
1)  tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg’ulotlarida; 
2)  badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg’ulotlarida; 
3)  savodga o‘rgatishda; 
4)  o‘yin faoliyatida; 
5)  ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarni bajarish asosida. 
Maktabgacha ta’lim  yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish quyidagi qonuniyatlarni 
hisobga olishni talab etadi: 
1)  ona  tilida  nutqni  idrok  etish  qobiliyati  bola  nutq  organlarining  mashqiga 
bog’liq; 
2)  nutq  ma’nosini  tushunish  bola  tomonidan  umumlashtirishning  turli 
darajasining leksik va grammatik til belgilari o‘zlashtirilishiga bog’liq; 
3)  nutq  me’yorini  o‘zlashtirish  bolada  tilni  his  etishning  rivojlanganligiga 
bog’liq. 
Shuningdek,  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalar  nutqini  rivojlantirishda  tovush 
madaniyati  alohida  o‘rin  tutadi.  Nutqning  tovush  madaniyati  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  nutq 
madaniyatining tarkibiy qismidir. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  nutqning  tovush  madaniyatini  shakllantirish  uchun 
quyidagi vazifalarni hal etish lozim: 
1) bolalarning fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini 
asta-sekin rivojlantirib borish; 
2) artikulyatsion apparatni rivojlantirish; 
3) iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllantirish; 
4) muomala sharoitiga bog’liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni 
tarbiyalash; 
5) ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilishga o‘rgatish; 
6) har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralarni aniq va ravon talaffuz qilish; 
7) so‘zlarni adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish; 
8) nutqning maromli sur’atini shakllantirish; 
9) nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish
16

Nutqning 
tovush 
madaniyatini 
shakllkntirish 
bolalarning 
boglanishli 
nutqini 
rivojlantirishda  muhimdir.  Bolalar  ko‘pincha  s-z,  p-f,  p-b,  u-o‘,  x-h,  q-g’  tovushlarini  to‘gri 
talaffuz qila olmaydilar. nutq jarayonida ketappan – ketayapman, Hojahon – Shohjaxon, Yustam 
–  Rustam,  qalga  –  qarg’a  kabi  talaffuz  etishga  yo‘llash,  ovoz  balandligiga,  tovush  sur’atiga 
e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, 
ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ularni talaffuziga, nutq madaniyatiga e’tibor qilish, 
meyorda  so‘zlab,  muomala  qilishga  o‘rgatish  zarur.  Chunki  bolalikda  tarkib  topgan  muomala 
madaniyati  inson  umrining  oxirigacha  muhrlanib  qoladi.  Obrazli  nutqni  rivojlantirish  keng 
ma’noda nutq  madaniyatining muhim  tarkibiy qismi hisoblanadi.  Bu o‘rinda  nutq madaniyati 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish