Nizomiy nomidagi toshkent davlat


Maktabgacha ta’lim  me’yoriy  xujjatlari  asosida bolalarni  tarbiyalash



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

Maktabgacha ta’lim  me’yoriy  xujjatlari  asosida bolalarni  tarbiyalash.  Inson, uning 
har  tomonlama  uyg’un  kamol  topishi,  farovonligi,  shaxs  manfaatlarini  ro‘yobga  chiqarish 
sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning 
andozalarini  o‘zgartirish  respublikada  amalga  oshirilayotgan  isloxotlarning  asosiy  maqsadi  va 
harakatlantiruvchi  kuchidir.  Xalqning  boy  intellektual  merosi  va  umumbashariy  kadriyatlar 
asosida,  zamonaviy  madaniyat,  iqtisodiyot,  fan-texnika  va  texnologiyalarning  yutuqlari  asosida 
kadrlar  tayyorlashning  mukammal  tizimini  shakllantirish  O‘zbekiston  taraqqiyotining  muhim 
shartidir. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  «Ta’lim  to‘g’risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Qonuniga  muvofiq  holda  tayyorlangan  dastur  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelini  ro‘yobga 
chiqarishni,  har  tomonlama  kamol  topgan,  jamiyatda  turmushga  moslashgan,  ta’lim  va  kasb-
hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, 
huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila 
oldida o‘z javobgarligini xis etadigan fuqarolar tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Maktabgacha ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, 
unda  o‘qishga  intilish  xissini  uyg’otadi,  uni  muntazam  ta’lim  olishga  tayyorlydi.  Maktabgacha 
ta’limning  maqsad  va  vazifalarini  ruyobga  chiqarishda  mahallalar,  jamoat  va  xayriya 
tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: 
  Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash
  Maktabgacha  ta’limning  samarali  psixologik-pedagogik  uslublarini  izlash  va  joriy 
etish; 
  Bolalarni  maktabga  oilada  tarbiyalashni  tashkiliy,  psixologik,  pedagogik  va  uslubiy 
jixatdan ta’minlash; 
  Zamonaviy  o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalar,  texnik  vositalar,  o‘yinchoqlar  va  o‘yinlar 
yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; 
  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  xalqning  boy  madaniy-tarixiy  merosi  va 
umumbashariy  qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar 
yaratish; 
  Maktabgacha ta’lim muassasalarining har-xil turlari uchun turli usulrdagi dasturlarni 
tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultasiya xizmati 
ko‘rsatish imkoniyatini yaratish
  Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmogini qo‘llab-kuvvatlash 
va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi. 
Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasida  maktabgacha  ta’lim  to‘g’ri  sidagi  Nizomda 
maktabgacha  ta’limga  aloxida  urg’u  berilib,  maktabgacha  ta’lim  uzluksiz  ta’lim  tizimining 
boshlang’ich  turi  hisoblanadi,  hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g’risida»gi 
Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi. 
Maktabgacha  ta’lim,  bola  6-7  yoshga  yetguncha  oilada  hamda  davlat  va  nodavlat, 
davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi: 
  Bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar 
asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash; 
  Bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik xislarini shakllantirish
  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  bilim  olish  ehtiyojini,  o‘qishga  intilish  mayllarini 
shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash; 
  Bolalarning  tafakkurini  rivojlantirish,  o‘zining  fikrini  mustaqil  va  erkin  ifodalash 
malakalarini shakllantirish. 
  Bolalarning jismoniy va ruxiy sogligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib 
belgilaydi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruxlariga 
bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin. 


Guruxlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi: 
  1 yoshdan 2 yoshgacha – 10 ta. 
  2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta. 
  3 yoshdan 6-7 yoshgacha – 20 ta. 
  Turli yoshdagi guruxlarda 15 ta. 
Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  xududlarini  demografik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  boshqa 
xususiyatlarini  qisobga  olgan  qolda  tashkil  etiladi,  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarini  tashkil 
etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. 
Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  ularning  yo‘nalishlariga  ko‘ra  quyidagi  turlarga 
bo‘linadi: 
  Bolalar yaslisi, bolalar bog’chasi, bolalar yasli bog’chasi, xonadon bolalar bog’chasi 
(ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida); 
  Bog’cha maktab muassasasi
  Tarbiyalanuvchilarning bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til 
o‘rganish, badiiy estetik, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi; 
  Tarbiyalanuvchilarning  jismoniy  va  ruxiy  rivojlanishidagi  kamchiliklarni  bartaraf 
etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi; 
  Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor 
ravishda amalga oshiriladigan sog’lomlashtiruvchi maktabgacha ta’lim muassasasi; 
  Aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi; 
Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  turlari  ota-onalar  tomonidan  tanlanadi.  Maktabgacha 
ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, 
muassasadan  chiqarish  davlat  muassasalarida  Xalq  ta’limi  vazirligi  tomonidan  belgilangan 
tartibda,  davlatga  qarashli  bo‘lmagan  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  esa,  muassasaning 
Ustavi bilan belgilanadi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar 
uchun  maxsus  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  yoki  guruxlar  tashkil  etish  ham  maktabgacha 
ta’lim  muassasasi  to‘g’risidagi  Nizomda  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Har  bir  sohada  bo‘lganidek, 
maktabgacha ta’lim tizimida ham maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb 
tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan 
shug’ullanish  huquqiga  egadirlar.  Ta’limni  boshqarish  bo‘yicha  vakolati  davlat  organlari 
tomonidan  pedagogik  kadrlarni  tayyorlash,  kayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish, 
kasb  sifatini  raqobatbardoshlik  darajada  saqlab  turish  ta’minlanadi.  Maktabgacha  ta’lim 
muassasalari  pedagogik  kadrlarning  o‘quv  pedagogik  vazifasi  maktabgacha  ta’lim  muassasasi 
turiga davlat talablaridan kelib chiqqan qolda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg’or 
pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, 
metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi. 
Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning 
o‘z  qadr-qimmatini  bilishni  e’tirof  pedagogikasi  asosida  quriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar 
bilan  tavsiflanadi:  maktabgacha  ta’lim  ochiq  turdagi  ta’lim  muassasasi  sifatida  shakllandi; 
maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  eng  muhim  funksiyasi  bolalarning  hayotiy  faoliyatini 
muhofaza  qilish  va  salomatligini  mustahkamlash;  tarbiyalanuvchilarni  maktab  ta’limiga 
muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil 
(yasli, bolalar bog’chasi, bolalar bog’chasi–boshlang’ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) 
turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.  
1997  yilda  YUNESKO  qaroriga  ko‘ra  maktabgacha  ta’limning  nazariy  asoslarini  qayta 
ko‘rib  chiqish  zaruriyati  bilan  asoslangan  «maktabgacha  ta’lim»  atamasi  qabul  qilindi.  Ana 
shunday asosdan kelib chiqqan holda 2011 yilda Respublikamizda maktabgacha ta’lim rivojining 
asosiy  yo‘nalishlari,  maqsad  va  vazifalari,  tamoyillarini  o‘z  ichiga  olgan  «Maktabgacha  ta’lim 
Konsepsiyasi» ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Maktabgacha  ta’lim  Konsepsiyasi»  uch  bosqichda 
amalga oshiriladi: 


 I bosqich – qonunchilik faoliyatiga doir – 2012-2014 yillar. 
 II bosqich – tashkiliy-amaliy – 2015-2017 yillar. 
 III bosqich – yakuniy – 2018-2020 yillar. 
 «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,  O‘zbekiston Respublikasining  «Ta’lim  to‘g’risida»gi 
Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi  va boshqa me’yoriy-huquqiy  hujjatlar asosida ishlab 
chiqilgan  bo‘lib,  unda  respublikamizda  maktabgacha  ta’limni  rivojlantirishning  zamonaviy 
yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. 
 Mazkur  konsepsiya  beshta  bo‘limni  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lib,  kirish  (preambula),  asosiy 
qism  (konsepsiyaning  asosiy  mazmuni),  maktabgacha  ta’lim  tizimining  tuzilishi,  maktabgacha 
ta’lim  muassasalarining  dasturiy-metodik  ta’minoti,  maktabgacha  ta’limda  pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq etish masalalari yoritib berilgan. 
 «Maktabgacha  ta’lim  Konsepsiyasi»ning  bosh  g’oyasini  shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’limni 
amalga  oshirish  tashkil  etgan.  Ana  shu  asosdan  kelib  chiqqan  holda  maktabgacha  ta’limda 
ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiy-pedagogik, 
gnoseologik  (bilishga  doir),  psixologik,  akmeologik  kabilarga  alohida  e’tibor  qaratish,  ulardan 
yaxlit tarzda foydalanish bayon etilgan. 
 Shuningdek,  Konsepsiyada  maktabgacha  ta’limning  asosiy  ikkita  –  didaktik  va  metodik 
modellarining  mohiyati  ham  chuqur  va  yetarlicha  yoritib  berilgan.  Har  ikkala  model  ham 
shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’lim  texnologiyalari  nuqtai  nazaridan  asoslab  berilgan  bo‘lib,  ularning 
asosiy  tamoyillari,  ta’lim  vositalari,  bosqichlari  hamda  pedagog  va  bolalarning  o‘zaro  harakati 
turlari aniq ko‘rsatib berilgan. 
 Konsepsiyaning  uchinchi  –  «Maktabgacha  ta’limning  tuzilishi»  bo‘limida  maktabgacha 
ta’lim  muassasalarining  turlari,  tabaqalashtirilgan  yondashuv  asosida  maktabgacha  ta’lim 
muassasalarida  guruhlarni  shakllantirish,  ularni  zarur  jihozlar  bilan  ta’minlash,  mazkur  ta’lim 
muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari 
uchun  tarbiyachilar  tayyorlash  tizimi,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  xodimlarini  qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 
 Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan 
guruhlarni tashkil etishning tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul varianti 
taqdim etilgan. Unga ko‘ turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan guruhda – 10-12 ta 
bola, ilk yosh guruhida – 6-8 bola, uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 8-10 
ta bola, besh  yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida  – 10-12 ta bola qamrab olinishi 
maqsadga muvofiq. 
 Shuningdek,  Konsepsiyada  ta’kidlab  o‘tilganidek,  maktabgacha  ta’lim  muassasalarini 
narsa-buyumlar  bilan  jihozlashda  milliy-etnik,  moddiy  va  ma’naviy  qadriyatlar  uyg’unligiga 
erishish  lozim.  Chunki  aynan  maktabgacha  ta’lim  yoshidan  boshlab  bolada  ma’naviy-axloqiy 
qiyofa  shakllana  borib,  uning  har  tomonlama  uyg’un  rivojlanishiga  tamal  toshi  qo‘yiladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xizmatning birga olib borilishi tarbiya 
samaradorligini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Psixologik  xizmat  bolaning  har  tomonlama,  psixik 
va shaxsiy rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sotsium (ta’lim muassasasi, 
oila  va  mahalla)dagi  tarbiyasi,  rivojlanishi  va  to‘liq  ijtimoiylashuvini  ta’minlashga  doir  shart-
sharoitlar yaratadi. 
«Maktabgacha  ta’lim  Konsepsiyasi»da  belgilab  berilgan  yana  bir  muhim  vazifa 
maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  dasturiy-metodik  ta’minotini  takomillashtirishdir. 
Yaratilishi  lozim  bo‘lgan  dasturiy-metodik  majmua  maktabgacha  ta’limga  qo‘yilayotgan 
talablar,  bolalar  bilan  ishlash,  ularni  rivojlantirishning  asosiy  yo‘nalishlarini  amalga  oshirishni 
ta’minlashi  zarur.  Mazkur  majmuada  tarbiyachilar  va  maktabgacha  ta’lim  sohasida  faoliyat 
yurituvchi boshqa mutaxassislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egallashi 
kerak.  Albatta  bu  xayrli  ishlarni  ta’lim-tarbiyaning  birinchi  bo‘g’ini  bo‘lgan  oila,  maktabgacha 
ta’lim muassasasidan olib borish maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz 
birinchi  navbatda  maktabgacha  ta’lim  tizimiga  e’tibor  berishimiz,  ularni  yetuk  malakali 


mutaxassislar  bilan  boyitishimiz  zarurdir.  Tarbiyalanayotgan  bolalarni  har  tomonlama  bilimli 
odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdir. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish