Ananaviy o‘qitish modeli
Interfaol o‘qitish metodi
Afzalliklari
Kamchiliklari
Afzalliklari
Kamchiliklari
O‘qitishning
tizimliligi
Mashg’ulotlarning bir
qolipliligi,bir xilligi
O‘qitish mazmunini
yaxshi o‘zlashtirishga
olib kelishi
Ko‘p vaqt talab
etilishi
O‘quv materiallarini
tartibli izchil berilishi
Mashg’ulot
jarayonida faqat
dastlabki yo‘nalish
beriladi, keyingi
darajalar uy
vazifasiga beriladi.
O‘z vaqtida
aloqalarning
taminlanishi
Bolalarni har doim
ham keraklicha
nazorat qilish
imkoniyatining
pastligi
Ommaviy o‘qitishda
resurslarning oqilona
harajati
Ishtirokchilarning
sustligi va
mustaqillikning
yo‘qligi
Tushunchalarni
amaliyotga qollash
uchun sharoit yaratish
Juda murakkab
mazmundagi material
o‘rganilganda ham
tarbiyachi rolining
past bo‘lishi
24
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun modullar T-2012 y ikkinchi nashr 126 b
Tarbiyachi
shaxsining doimiy
emotsional tasiri
Ishtirokchilar o‘zaro
muloqotdan
Ajratiladi, nutqiy
faoliyat sust
O‘qitish
metodlarining turli xil
ko‘rinishlari taklif
etilishi
Tashkiliy puxtalik
Sust qayta bog’lanish
Mativatsiyaning
yuqori darajada
bo‘lishi
Ma’lum
ko‘nikmalarga ega
bo‘lgan va aniq
tushunchalarni
o‘rgatishda foydalidir
O‘rta me’yorda
yondashuv
O‘tilgan materialning
esda yaxshi saqlab
qolinishi
Pedagog tomonidan
o‘qitish jarayoni va
o‘qitish muhitining
yuqori darajada
nazorat qilinishi
Bola sust ishtirokchi
bo‘lib qoladi
Muloqotga kirishish
ko‘nikmasi
takomillashadi
Vaqtdan unumli
foydalanish
Bolada mativatsiya
vujudga kelmaydi
O‘z-o‘zini
baholashning o‘sishi
Aniq ilmiy bilimlarga
tayanadi
Bola pedagog bilan
o‘zaro munosabatga
kira olmaydi
Mustaqil fikrlaydigan
bola shakllanadi
Eslab qolish darajasi
hamma bolada bir xil
bo‘lmaganligi sababli
guruh bo‘yicha
o‘zlashtirish darajasi
past bo‘lishi mumkun
Mavzuning
mazmunini
o‘zlashtiradi, tanqidiy
va mantiqiy fikrlashni
rivojlantiradi
Mustaqil o‘rganish va
yechimlar qabul
qilish uchun sharoit
yaratilmaydi
Muammoni yechish
ko‘nikmalarining
shakillanishi
Interfaol («inter»- bu o‘zaro, «akt»- harakat qilmoq)- o‘zaro harakat qilmoq yoki kim
bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘qitishning interfaol
uslubiyotlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil qila bilishning maxsus shakli bo‘lib,
unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni
tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol mashg’ulotlarda tarbiyachining o‘rni
qisman tinglovchilarning faoliyatini dars maqsadlariga yo‘naltirishga olib keladi. Bu
uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va tinglovchilar birgalikda faoliyat
ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:
–
pedagoglarning
jarayonga
bo‘lgan
qiziqishlarining
doimiyligini ta’minlashi;
–
mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda
kuchaytirilishi;
–
pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda
tashkil etishlari kiradi.
Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik
texnologiyalar juda qo‘l kelishini tadqiqotchilar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida
o‘tkazilayotgan ko‘pgina pedagogik tajribalarning natijalari tasdiqlamoqda.
Bola tug’ilgan kundan boshlab, uni maktabgacha bo’lgan davrda har tomonlama yetuk,
barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o’rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining
mavzuidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi,
maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga
tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish
ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni
ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida uning ajralmas qismi bo’lib shakllandi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga
har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab
tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog’lab olib borishning zarurligi,
bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga egaligiga asoslanadi.
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-
tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan
foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini
multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki,
multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTM
tarbiyachilarining o‘zlari tayyorlashi mumkin bo‘lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini
qo’llash mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki
turga bo‘lish mumkin:
1. Monitor ekranida to‘g’ridan-to‘g’ri bilim berishga mo‘ljallangan
vositalar.
2. Ko‘rgazmali qurol.
Odamzod har daqiqa sezgi a’zolari orqali axborot yig’ib fikr qilish va xayotiy
muammolarni hal qilish choralarini o‘ylab topib amalga oshirish bilan kun ko‘radi. Insonlar
qayerda bo‘lmasinlar, bugungi kun zamon talabiga mos ravishda malakasini oshirib, yangi
ma’lumotlar bilan bilim bazasini yangilab borishi kerakligini taqozo etmoqda.
O‘rganilayotgan muammoning ilmiy amaliy ahamiyati shundan iboratki, maktabgacha
yoshdagi bolalarni mashg’ulotlar jarayoniga qiziqishlarini oshirish va mavzuni mustaqil
o‘zlashtirish samaradorligini va ahamiyatini shakllantirish.
Informatika fanini o‘qitishda multimedia tizimi haqida tushincha berish, multimedia
vositalaridan foydalanib bilim olishning ahamiyati, uning yaxshi taraflarini aytib o’tish lozim.
25
Multimediali o‘rgatuvchi dasturlar matn, grafika, video, tovush va animatsiyalarni o‘zida
tutadi. ya’ni kompyuterga yozilgan maxsus dasturni ishga tushiradi. Bu dasturlar asosan fanning
nazariy bo‘limidan, amaliy mashg’ulotlari va nazoratlardan iborat bo’lishi mumkin. Bunday
dasturlar orqali olingan bilim xotirada ko‘p vaqt saqlanadi va kerak bo‘lganda amalda qo‘llanish
imkonini beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga asoslangan kompyuterli
ta’limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Shuning uchun mashg’ulot shakli, mazmuni, o‘tkazish metodikasi va baholash mezonini ishlab
chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ba’zi MTMlarda kampyuterlar bilan ta’minlangan
bo‘lsa-da, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagan. Shuning
uchun, MTM sharoitida kompyuterdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini ishlab
chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg’ulot mobaynida
multimedia texnologiyasidan foydalanganda u yoki bu materialni o‘rganishda vaqtni tejash
hisobiga ta’lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassalarida an’anaviy usulda ta’lim-tarbiya berishning shakli,
mazmuni va metodi ko‘pgina adabiyotlarda bayon etilgan. Jumladan, ushbu masalada
P.Yusupovaning «Maktabgacha ta’lim pedagogikasi» da keng yoritib berilgan. P.Yusupova
ta’lim shakli to‘g’risida shunday yozadi: «Ta’lim shakli deganda, ta’lim beruvchi pedagog va
25
Bola saxsini rivojlantirish dolzarb muammolari T-2008 y maqolalar to‘plami
bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda
o‘tkaziladi»
26
.
Adabiyotlarda, MTM ta’lim metodlari bo‘yicha ham qator fikrlar bildirilgan. Metod -
ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maqsadli ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga
yo‘naltirilgan o‘zaro bog’liq faoliyatlarning izchil usullar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |