Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

Lutfiniso:  To‘g’ri,  bog’cha  turar  joylarga  yaqin  bo‘lgani  yaxshi.  Biz  maslahatlashib, 
bog’chani  turar  joylarga  yaqin  qurdik.  Bog’chamizning  hovlisi  keng,  ko‘rkam,  soya-salqin 
bo‘lishiga, o‘yin maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni rasmdagidan o‘zgartirdik. 
Sojida: Biz ham do‘konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ishdan qaytayotganda bizni 
bog’chadan olib, do‘kondankerakli narsalarini xarid qilib, shundoq uyimizga kirib ketaveradilar. 
Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy, hayotiy yondashadilar va bu ijodkorlik ularning 
nutqida  o‘z  ifodasini  topadi.  Shunisi  ham  borki,  yuqorida  bayon  etayotgan  monologik  nutq 
usullarining har biri alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi hikoyalarga qo‘shilib ketib, ijodiy, 
erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin. 
Buni  biz  kundalik  faoliyatda  bolalar  to‘qigan  hikoyalar  turkumidan  bilsak  bo‘ladi. 
Bolalar  to‘qigan  ertak  va  hikoyalarda  o‘zlariga  xos  o‘y-xayollari,  orzu-istaklari,  tasavvurlari 
murg’ak qalbdan tilga ko‘chadi. 
Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalarning ba’zilarini namuna tarzida keltiramiz: 
Ruxsora.  «Mening  dadam  xurmo  ko‘chati  olib  kelib,  bahorda  hovlimizga  o‘tqazgan 
edilar. Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman. Hozir men ham, xurmo daraxti ham  o‘sdik. 
Uning barglari juda chiroyli. yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi esa 
mazali.  Mevasini  uzganimizdan  so‘ng  biz  qarindoshlarimizga,  qo‘shnilarimizga  tarqatamizk. 
Ayniqsa,  buvam  va  buvim  duo  qiladilar:  «Xurmo  jannatning  mevasi.  Uni  ardoqlang,  kam 
bo‘lmaysiz». Bu yil dadam daraxtlarni ko‘paytirmoqchilar». 
Nigina. «Men oktyabr oyida oyim bilan Chinozga – xolamnikiga bordim. Birinchi marta 
paxtazorni  ko‘rdim.  Paxtalar  lo‘ppi-lo‘ppi  bo‘lib  ochilgan.  Oppoq  dala.  Quyoshda  ko‘zni 
qamashtiradi. 
Bir tomonda mashinalar paxta terayapti. Yoshu keksa, bolalar etak bog’lagan. Men ham 
paxta  termoqchi  bo‘ldim.  Xolam  menga  ham  etak  bog’lab  qo‘ydilar.  Lekin  tezda  belim  og’rib 
qoldi.  Qishloqdagi  xolamning  bolalariga  qoyilman.  Men  tengi  qizlari  ham  paxta  terdi,  ham 
moliga o‘t yulib oldi. 
Bog’chaga
 bormas ekan». 
Nurxon:  «Biz  oilamiz  bilan  qishloqdan  ko‘chib  kelganmiz.  Qishloqda  men  quyosh 
botishini  ko‘p  ko‘rganman.  Quyosh  botganda  ufq  qizarib,  dalalar  qorong’ilasha  boradi. 
Qorong’ulik  hamma  yoqqa  birdan  o‘rmalab  ketadi.  Lekin  teraklar  uchi  xali  nurli  ko‘rinadi. 
Hamma yoqqa birdan jimlik cho‘kadi. Lekin oqshomda ham odamlar tinmaydilar. 
Saharda  issiq  non  hidi  butun  qishloqni  tutib  ketadi.  Daladan  qaytgan  ayollar  sigirni 
sog’ib,  xamir  qoradi.  Tong  otmay  tandirga  o‘t  yoqib,  tog’oradan  toshay-toshay  deb  turgan 
xamirdan  non  yasab,  sutga  yo‘g’rilgan  issiq,  bo‘rsildoq  nonlarni  tandirdan  uzib  oladi.  Qishloq 
hayoti ana shunday, issiq, bo‘rsildoq non hidi ufurgan oppoq tong bilan boshlanadi». 
Ravshan. «Olmalar gullaganda bog’ juda chiroyli bo‘lib ketadi. Quyosh nurini olmoqchi 
bo‘lgan  oppoq  gulbarglar  oftobga  qaragan.  Shabboda  turib,  olma  gullarini  silab-siypalaydi. 
Shunda olma gullari kuylagandek bo‘ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabboda tinadi. Go‘yo butun 
bog’ kuylagandek bo‘ladi. Asalarilar gullagan bog’ tepasida g’ujg’on o‘ynaydi. 


Yuqoridagi  hikoyalardan ko‘rinib turibdiki,  ona tilining hissiy, estetik  ma’no qirralarini 
bir vaqtning o‘zida anglay boradilar, til go‘zalligini, boyligini his etadilar. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish