KIRISH
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi – ozod va obod vatan, erkin va
farovon hayot barpo etishdir. O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va
erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishi jahon
hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan
demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etmoqda. Inson,
uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarining ro’yobga
chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan mexanizmlari ustida ishlash, eskirgan
tafakkur va ijtimoiy xulq–atvorning andozalarini o’zgartirish zarur. Ushbu omil
Respublikada
amalga
oshirilayotgan
islohotlarning
asosiy
maqsadi
va
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Shu bois O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich
Karimov 1997 yil 29 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX
sessiyasidagi “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli
ma’ruzasida o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonini isloh qilish hozirgi
kundagi dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatib shunday dedi: “...bugungi
kunda oldimizga qo’yilgan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga
erishishimiz, jamiyatimizning yangilanish hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli
amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning
barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli
mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog’liqligini barchamiz anglab
yetmoqdamiz”
1
.
1
I.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: O’zbekiston, 1998.-686 b.
4
Shu bilan birga hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz,
“Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z
bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va obod jamiyatda yashash, mustaqil
davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallashi uchun
fidoiylik bilan kurashish zarur”. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy
qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnologiyalarning
yutuqlari asosida zamon talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlashning
mukammal tizimini shakllantirish, O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining tez suratlar bilan rivojlanishi
kundan–kunga milliy qadriyatlarimizning tiklanishi, bozor iqtisodiyotiga kirib
borishi, iqtisodiy munosabatlarning takomillashishi, kadrlar tayyorlash milliy
dasturining qabul qilinishi, xalq ta’limi sohasidagi islohotlar, akademik litsey va
kasb–hunar kollejlarining tashkil etilishi rivojlanishimizning izchilligidan dalolat
berib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |