Bajardi: BT-104guruh talabasi Raxmonaliyeva Saodatxon Har bir fan ikkinchi bir fandan o’zining tadqiqot obyektining xususiyatiga, unda ishlatilayotgan tushuncha va atamalar tizimining o’ziga xosligiga qarab farqlanadi. Tushunchalar tizimi esa har bir fanning shakllanishi, mazmun, mohiyati va taraqqiyot bosqichlarini ko’rsatadi. Falsafaning ham o’z tushunchalari bo’lib,ular o’zining umumiy harakteri va mazmunga egaligi bilan ajralib turadi.
Kategoriya atamasi
Falsafiy kategoriyalar falsafiy tafakkur uchun nihoyatda muhim olamdagi o’zgarish, rivojlanish, aloqadorlik va uzviy bog’liqlikka xos umumiy jihatlarning in’ikosidir. Ular narsa va hodisalarning o’ziga xosligi o’xshashligi va farqlarini, barqarorligi va o’zgarishini anglatuvchi bilishning asosini tashkil etuvchi umumiy tushunchalar bo’lib, olamdagi bracha hodisa, munosabatlarni ifodalovchi keng va chuqur mazmunli ilmiy atamalardir.
Alohidalik, xususiylik
Sistema, struktura, element
Mohiyat va hodisa
Mazmun va shakl
Sabab va oqibat
Zaruriyat va tasodif
Imkoniyat va voqelik
Butun va qism
Kate-goriya
Sabab va oqibat olamdagi narsa va hodisa ta’siri va aks ta’sirini voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab va oqibat bog’lanishini ifodalaydigan kategoriyalardir. Sabab olamning harakati va biron-bir vaqt doirasida bo’lgan o’zgarishdan so’ng ikkinchi boshqa bir natijaning zaruran kelib chiqishini ta’minlovchi asosiy hodisadir. Narsa va hodisalararo sababiy aloqalarning yana bir muim hususiyati shundaki, ular umumiy harakterga ega. Zaruriyat va tasodif voqealar rivoji davomida sodir bo’ladigan hodisalarni tavsiflaydigan ob’yektiv olamdagi aloqadorlini ifoda etuvchi falsafiy kategoriyalar. Zaruriyat bu hodisa ichki elementlarining mohiyati bilan bog’liq sababi va zamini o’zida bo’lgan voqealar rivoji jarayonida qonuniy va muqarrar tarzda ro’y beradigan hodisadir. Tasodif esa rivojlanishning tadrijiy jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan, asosi va kelib chiqish sababi mazkur hodisaning ichki mohiyati, muhim tomoni bilan emas balki tashqi jarayon va aloqa omillar bilan belgilanadigan hodisa. Butun va qism falsafiy kategoriyalar. Butun narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashgan va o’zaro bog’langan yagonalikning ifodasidir. Qism butun tarkibiga kiradigan,uning tarkibidagina o’z vazifasini bajara oladigan alohidalikdir. Ushbu tushunchalarning umumlashishi ob’yektiv olamdagi hilma-hillikning mohiyatan yaxlitligi bilan ifodalanadi. Biroq ular alohida-alohida holatda ham voqelikdagi birin-bor reallikni idrok etishga imkon tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |