Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedogogika universiteti jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing


M: Jismoniy tarbiya va sport menejmenti tizimida marketing



Download 2,04 Mb.
bet75/107
Sana18.02.2022
Hajmi2,04 Mb.
#451469
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
Bog'liq
Cпортда маркетинг менежмент МАЖМУА лотинда

M: Jismoniy tarbiya va sport menejmenti tizimida marketing



  1. Sport menejmenti tizimida marketing faoliyati.

  2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sport xizmatlari marketingi, uning me`yoriy xujjatlari.

  3. Mehnat (kadrlar) bozoridagi ish beruvchilar bilan sport muassasasi o’rtasidagi maqsadli hamkorlik.

  4. Sport menejmenti tizimida marketing tadqiqotlarini o’tkazish maqsadlari, sport bozori talablari, sport sohasidagi xizmatlarni asosiy yo’nalishlari va ularga qo’yiladigan talablar.

Marketinga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday degan: “Marketing – bu bozorni o‘rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: “Marketing tashkilotlar va kishilarni xoxish va extiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin rakobatli ayirboshlashni ta’minlash yuli orkali kondirishga yunaltirilgan ijtimoiy jarayondir”, “Marketing – bu bir vaktning uzida biznes falsafasi va faol jarayondir”.
Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni o‘rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir.
Talab bilan taklifni uzaro ta’siri - bu aloxida shaxslar yoki guruxning xoxish-extiyojlarini uzluksiz kondirish jarayoni bulib xisoblanadi. Bu jarayon uz navbatida shunday ijtimoiy-iktisodiy kategoriyalarni uzaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muxtojlik, extiyoj (xoxish), talab, xarid kilish (ayirboshlash, bitim) va anik tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, moxiyatini aniklashga imkon beradi.
Muxtojlik – kishini biron bir narsani etishmasligini xis etishidir.
Extiyoj – indevid shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muxtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan extiyoj.
Talab – mavjud, potensial hamda xoxish talabga bo‘linadi.
Tovar – bu eextiyojni yoki muxtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingni moxiyati tovarni ishlab chikarish va xizmat kursatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chikarish imkoniyatlarini muljallashdan iborat.
Xozirgi davrda jaxon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortik ta’rif bor. Mutaxassislar urtasida marketingning takror ishlab chikarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yuk. Xozir kupgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni uz ichiga olmogi kerak deb xisoblaydilar. Boshkalari esa bunday izoxlarni tankid kilib, ayriboshlashning xamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing prinsiplarini xamma vaziyatlarga xam tatbik kilib bulmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma-xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chikarish usuli rivojlanishi bilan uzgarib keldi va uning moxiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshkarish tizimida marketingdan foydalanish maksadlari, xususiyatlari, mikyosiga karab, undagi tashkiliy kismlarning axamiyati va boshkaruv tizimidagi axamiyati uzgarib boradi. Bundan tashkari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baxolaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chikarish, savdo, reklama, texnika xizmati kursatish va boshka soxadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chikarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iktisodiy konsepsiyadir.
Umuman olganda marketingga kuyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - extiyoj va muxtojlikni ayriboshlash orkali kondirishga karatilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chikarish xajmining ortib borishi, yangi tarmoklarning vujudga kelishi, tovar turlarining kupayishi va tadbirkorlar urtasida maxsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni xar taraflama urganish yunalishlarining asosiylaridan kuyidagilarni kursatib utish zarur:

  1. talabni urganish;

  1. bozor tarkibini aniklash;

  1. tovarni urganish;

  2. rakobat sharoitlarini tadkik kilish;

  3. sotish shakli va uslublarini taxlil etish.

Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bulib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini urganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni etkazib berish, takdim etish, sotish, xizmat kursatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-koidalari majmui xisoblanadi. Bularning xammasi birinchi asosiy maksadga talab bilan taklifni uzaro muvofiklashtirishga xizmat kiladi.
Sport marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – sport bozorini tadkik kilish va taxlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makkormek nomi bilan boglanadi. 1902 yildan boshlab AKSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari buyicha (“Tovarlar marketingi”, “Marketing uslublari” fanlari va boshkalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar ukitila boshladi.
1926 yilda AKSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinrok bunday uyushma va tashkilotlar Garbiy Evropa mamlakatlari va YAponiyada xam paydo buldi. Xalkaro marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr tadkikotlari jamiyati, Xalkaro Marketing Federatsiyasi, Evropa Akademiyasi va shunga uxshashlar yuzaga keldi.
Bular xaqida 1-jadvalda to‘liq tanishib chiqish mumkin.



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish