Bozor ulushi tahlili. Faqatgina savdo statistikasi korxonaning raqobatbardoshligini to‘liq aniqlab bermaydi. Faraz qilaylik sotish hajmi o‘smoqda. Bu o‘sish iqtisodiy sharoitlarning yaxshilanishi natijasida ham bo‘lishi mumkin, bu yaxshilanish boshqa korxonalarga ham ta’sir etadi yoki bu o‘sish korxona faoliyatining boshqa raqobat korxonalar faoliyatiga nisbatan yaxshilanishi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Boshqaruv xodimlari korxonaning bozordagi ko‘rsatkichlar ulushini har doim nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush yaxshilansa korxonaning raqobat-bardoshligi mustahkamlanadi, agarda kamaysa korxona o‘z o‘rnini boshqa raqobatchi korxonalarga bo‘shatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |