Bozorni taxlil kilish uchun kursatkichlar
Kursatkichlar
|
Tavsifnoma
|
Son kursatkichlari
|
Bozor sigimi, bozorni rivojlanish dinamikasi, firmaning bozordagi ulushi, bozor saloxiyati va boshkalar
|
Sifat kursatkichlari
|
Extiyojni tuzilishi, xarid motivlari, ularning dinamikasi, xarid jarayoni, extiyojlarni stabillash, axborotlashtirish
|
Rakobat muxiti
|
Rakobatchi firmalarning maxsulot sotish xaj-mi, foydalanayotgan marketing strategiyalari, moliyaviy kullab kuvvatlash imkoniyatlari
|
Xaridorlar tuzilishi
|
Xaridorlar soni, xaridor turi, xaridorlar soni dinamikasi, xaridorlarni xududiy xususiyatlari
|
Tarmok tuzilishi
|
Uxshash tovarlar taklif kilayotgan sotuvchilar soni, sotuvchilar turi, ularni ishlab chikarishni tashkil etish darajasi, rakobatdagi potensial imkoniyatlar, ishlab chikarish kuvvatlari xajmi
|
Taksimlashning tuzilishi
|
Geografik xususiyatlar, sotish tarmoklarining xususiyatlari, transport bilan ta’minlanganligi
|
Taxlildan tashkari bozor segmentini tanlashda segmentlashni rejalashtirish kuzda tutiladi. Segmentlashni rejalashtirish jarayoni kuyidagi boskichlarni uz ichiga oladi:
Iste’molchilar talablari va tavsifnomalarini aniklash
Iste’molchilarning turli-tumanligi va uxshashligi taxlili
Iste’molchilar guruxlari soxasini ishlab chikish
Iste’mol segmentini tanlash
Rakobat muxitida kompaniya urnini aniklash
Barcha marketing-miks kompleksi chora-tadbirlari rejasini ishlab chikish.
Bozorni segmentatsiyasining rejalashtirish jarayonini tashkil etishda kuyidagi talablarga rioya kilish zarur:
segmentlar uzaro bir-biri bilan fark kilishi zarur
xar bir segmentga fakat iste’molchi talabiga mos keluvchisini kiritish zarur
iste’molchilarni tavsifnomalarini firma tomonidan ulchash mumkin bulishi zarur
xar bir segment razmer buyicha bulishi, ya’ni sotish xajmi va xarajatlarni koplashni ulchashi kerak
xar bir segment iste’molchilari axborotga ta’sir etish uchun va reklama kompaniyasini utkzish uchun oson va tushunarli bulishi zarur.
Segmentatsiya jarayonining muxim boskichi bulib bozorni maksadli segmentini tanlash xisoblanadi.
Maksadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bulib, uni echish uchun kuyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi:
segment ulchamini va uni uzgarish (usish, kamayish) tezligini urnatish
segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadkik etish
uzlashtirayotgan segment maksadini va tashkilot resurslarini aniklash
Segment ulchami uning mikdoriy ulchamlari va birinchi navbatda sigimi bilan tavsiflanadi. Segment sigimini aniklash uchun tovarlar xajmini, ushbu segmentda ularni umumiy sotish kiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potensial iste’molchilari sonini aniklash zarurdir.
Bozor sigimini urganish asosida ishlab chikarish kuvvatlarini shakllantirish uchun va tovar sotish buyicha taksimlash tarmogi tuzilishi uchun asos bulib xisoblanuvchi uning usish dinamikasi baxolanadi. SHuni xisobga olish kerakki, ya’ni bozor faoliyati natijalari kullash, bozorda ishlash boglik xarajatlarni koplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berishi kerak.
Segmentni jalb etuvchanligi tuzilishni tadkik etish rakobat darajasini urganishni, mavjud maxsulotlar rakobatbardoshligini, xaridorlarga munosabatini, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga bulgan segment extiyojini barkarorligini, mavjud xaridor extiyojlarini kondiruvchi mutlako yangi maxsulotni bozorga kiritish zarurligi va imkoniyatini uz ichiga oladi.
Uzlashtirayotgan segment maksadlariga erishish uchun zarur bulgan tashkilotning maksad va resurslarini aniklash strategik muxim axamiyatga ega bulib, tashkilotni uzok muddatli maksadlariga mos xolda joriy maksadlari bilan amalga oshirish xamda shunga mos xolda maksadli bozorda ishlash uchun potensial imkoniyat resurslarini etarlimi yoki yukligini urnatish uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni xisoblash maksadga muvofik. Tashkilotning tavakkalchiligini xisoblash uchun maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif kilish mumkin.
Imkoniy bozor segmentlari sonini optimallashtirish uchun konsentrlangan va dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Konsentrlangan uslub kelgusidagi yaxshi segmentni axtarishga asoslangan. U uncha kimmat bulmagan, lekin katta vakt xarajatlarini talab kiladi. Dispersli uslub bir vaktning uzida bir necha bozor segmentida ishlashni kuzda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini baxolash yuli bilan samaralirok bozor segmentini tanlaydi.
Foydali bulgan segment joriy sotuvning yukori darajasiga, yukori usish sur’atiga, yukori foyda normasiga, sotish kanali talablariga real va rakobatga chidamli bulishi kerak.
Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslashda uch turdagi strategiyalar ishlatilishi mumkin:
differensiallanmagan marketing
differensiallangan marketing
konsentrlangan marketing
Amaliyot shuni kursatadiki, bozor munosabatlarini tiklanishi va shakllanishi davrida tadbirkorlik tuzilishida kuplab korxonalar differensiallanmagan marketing strategiyasini ushlab turdi. Bu strategiya firmani xaridorlarni xarid jarayoni va tovarga bulgan munosabat xamda motivatsiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor extiyojlarida kizikishni umumiyligiga muljalni oladi.
Bunday tovarlar va marketing dasturlarini ishlab chikish orkali firma uz maksadiga xaridorlarni urtacha massasini kondirib erishishi mumkin. Strategiyani ishlatuvchi firmalar muvaffakiyatining muxim omili bulib standartlashtirishi va tovar ishlab chikarishni umumiyligi xisoblanadi. Differensiallanmagan marketing strategiyasi maxsulot ishlab chikarish va sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Birok X.Meffert ta’kidlaganidek, “bu strategiya zamonaviy marketing tamoyillariga karama-karshi turadi”.
Marketingni zamonaviy konsepsiyasida ikkita strategiya kuriladi: differensiallangan va konsentrlangan marketing.
Differensiallangan marketing strategiyasida firmadan uning faoliyatini bir necha segmentda ular uchun maxsus ishlab chikarilgan tovarlar va marketing dasturlari bulishini talab kiladi. Bu strategiya xaridorlarning motivlari va tushunchalariga mos keluvchi marketing dasturi va xaridorlarga muljallangan marketingni asosiy tamoyiliga mos keladi. Bu strategiya xaridorni bozordagi xolatini tulik ifodalaydi, shuning uchun, koidaga kura, yukori sotish xajmini va konsentrlangan marketing strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi.
Differensiallangan marketing strategiyasi yukori investitsiya, ishlab chikarish va boshkarish xarajatlarini talab kiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarurdir.
Maxsulot differensiatsiyasi – turli bozorga chikishning keyingi imkoniyatidir. Bu birinchi navbatda tovar taksimlashda diversifikatsiya strategiyasini olib borishga asoslanadi.
Konsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foydani segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni karatishni talab kiladi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha maxsulot bilan xamda maksadli marketing dasturi bilan yondoshadi. Uz mazmuniga kura bu strategiya bozor chukurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun kuprok mos keluvchi bulib xisoblanadi. Konsentrlangan marketing strategiyasi kuprok kichik va urta korxonalar uchun mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash uchun xamda kayta etarli moliyaviy vositalarni bulishi talab etilmaydi.
Bozorni pozitsiyalashtirish – bu aloxida bozor segmentlarida maxsulot konsepsiyasini aniklash texnologiyasidir. Pozitsiyalashtirishning maksadi – mavjud va shakllanayotgan fikrlarni tadkik kilish, xaridorlar yoki ularning guruxini maxsulot parametrlariga bulgan munosabatini baxolash taxlilidan, maksadli bozorni ushbu segmentida maxsulotni rakobatli afzalligini ta’minlashda shunday tovar pozitsiyasini marketing chora-tadbirlarini utkazish yuli bilan tuzishdan iborat.
Maxsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifni muxim tavsifnomalarini, xarid tugrisida karor kabul kilishda muljal bulib xisoblanuvchi omillar ta’sirini urnatish va urganish zarur. Aniklovchi omillar esa maxsulot sifati, sifat darajasi, ishonchliligi, energoxajmi, dizayni va tovarni rakobatbardoshligini boshka kursatkichlari bulishi mumkin.
Bozorni pozitsiyalashtirishni tugri tashkil etilishi marketing rejasi va kompleksini samarali ishlab chikarish shart-sharoiti bulib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |