Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


II BOB IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLAR



Download 366 Kb.
bet3/5
Sana17.03.2017
Hajmi366 Kb.
#4749
1   2   3   4   5

II BOB

IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLAR

Gapning ikkinchi darajali bo`laklari uch turga ajratiladi: to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol. Ergash gaplar ham bosh gapdagi ikkinchi darajali bo`laklarni izohlashiga ko`ra turlarga ajratiladi. Ular bosh gapdagi to`ldiruvchini, aniqlovchini, holni izohlab kelishi mumkin. Shunga ko`ra ular to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gaplar, aniqlovchi ergash gapli qo`shma gaplar, holni (ravish ergash gapli qo`shma gap, o`rin ergash gapli qo`shma gap, payt ergash gapli qo`shma gap kabi ) izohlaydigan ergash gaplar kabi turlarga ajratiladi. To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gaplar, aniqlovchi ergash gapli qo`shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi birgina shu bo`laklarni izohlab keladi. Holni izohlaydigan ergash gaplar bosh gapdagi ish-harakat, voqea-hodisani butunicha izohlab keladi.


2.1. Bosh gapdagi to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari
Bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplardan yana biri to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplardir. Bosh gapdagi to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gaplar to‘ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gapi tarkibida keladigan to‘ldiruvchi ko‘rsatish yoki kishilik olmoshlari bilan ifodalanadi. Bunday to‘ldiruvchilar bosh gap tarkibida qo‘llangan bo‘lishi ham, tushib qolgan bo‘lishi ham mumkin. Bundan qat’i nazar, ergash gap to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelayotgani seziladi. Tushib qolgan to‘ldiruvchini tiklash mumkin va uning o‘rniga ergash gap qo‘yib o‘qilsa, gapning mazmuni aniq ifodalanadi. Masalan: Bilib qo‘yki, iqboli buyuksan. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 6-bet.) Bu gap to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. “Bilib qo‘yki - bosh gap. ”Bilib qo‘yki” bosh gapidashuni” ko‘rasatish olmoshi bilan ifodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchi tushirilgan. ”iqboli buyuksan” to‘ldiruvchi ergash gap, bu gap bosh gapdagi tushirilgan vositasiz to‘ldiruvchining - “shuni” so‘zining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. “Iqboli buyuksan” gapini tushirilgan “shuni” olmoshi shaklida o‘rniga qo‘yib o‘qilsa, gapning mazmuni to‘liq ifodalanadi: Iqboling buyukligini bilib qo‘y. Bosh gapning kesimida ikkinchi shaxs birlik qo‘shimchasi tushib qolgan, gap mazmunan barcha yoshlarga qaratilgan. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.

To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gaplar quyidagi qolipda bo`ladi:

1. “Bosh gap + ergash gap” qolipidagi to`ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.

2. “Ergash gap + bosh gap” qolipidagi to`ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.


2.1.1 “Bosh gap + ergash gap” qolipidagi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar

“O‘zbek tili grammatikasi”da “To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi fikrga obyekt sifatida xizmat qiladi. U bosh gapda olmosh orqali ifodalangan to‘ldiruvchining ma’nosini konkretlab, izohlab keladi yoki to‘ldiruvchisi bo‘lmagan bosh gapdagi harakatning obyektini ko‘rsatadi - bosh gapdagi fe’l kesimga nisbatan to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi”46 deb tavsif beriladi.

N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida to‘ldiruvchi ergash gapga “Bosh gap tarkibidagi to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga to‘ldiruvchi ergash gap deyiladi”47 deb ta’rif beriladi va ba’zan bosh gapdagi to‘ldiruvchi vazifasidagi ko‘rsatish olmoshi qo‘llanmasligi mumkinligi, ammo uning o‘rni bilinib turishi misollar bilan asoslanadi.

M. Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh.Yo‘ldoshevalarning “Ona tili” darsligida ham to‘ldiruvchi ergash gapga “To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (yoki bosh gapda qo‘llanmagan) to‘ldiruvchini izohlaydi”48 tarzida yuqoridagi mazmunda ta’rif berilgan.

To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi tushum, chiqish, jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigida shakllangan to‘ldiruvchining, shuningdek, ko‘makchili shakllangan to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtiradi. Bosh gap tarkibida bu kabi to‘ldiruvchilar tushib qolsa, uning o‘rni gapda bilinib turadi. bosh gapdagi harakatning nimasidir aniqlanishi lozimday, obyekti ko‘rsatilishi kerakday bo‘lib turadi. ”O‘qish kitobi”dagi matnlar kuzatilganda, “shuni, shunga, shu bilan (ko‘makchili)” kabi grammatik shakllarda qo‘llangan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar qo‘llanganining guvohi bo‘ldik.

To‘ldiruvchi ergash gap ayrim holatlarda bosh gapdagi to‘ldiruvchi vazifasida shu olmoshi bilan birga kelgan otni — to‘ldiruvchini izohlab keladi. Bosh gap tarkibida “narsani, shu narsani” so‘zlari to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. Masalan:



Shu narsani unutmangki, yoshlar bizning kelajagimiz. (“O‘qish kitobi” 3-sinf. 42-bet.)

Ma’lumki, to‘ldiruvchilar shakllanishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

1) vositasiz to‘ldiruvchi;


  1. vositali to‘ldiruvchi.

Shunga asoslangan holda, bosh gapdagi to‘ldiruvchining shaklini hisobga olib, to‘ldiruvchi ergash gaplarni ikki turga bo‘lish mumkin:

  1. vositasiz to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gaplar;

2) vositali to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gaplar.

Birinchi turdagi ergash gaplar bosh gapdagi vositasiz to‘ldiruvchini izohlaydi. Bunday qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi obyektli fe’llar - o‘timli fe’llar bilan ifodalanadi. Masalan: Bilib qo‘yingki, dunyoviy ilm dushmanlari ma’rifat chirog‘ini o‘chirolmaydilar. (“O‘qish kitobi” 2-sinf. 22-bet.) ”Bilib qo‘yingki bosh gapida shuni ko‘rasatish olmoshi bilan ifodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchi tushirilgan. ”dunyoviy ilm dushmanlari ma’rifat chirog‘ini o‘chirolmaydilar” ergash gapi tushirilgan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Bosh gapning kesimi ikkinchi shaxs birlikda bo‘lib, u barcha odamlarga qaratilgan. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.



Bilg‘ilkim, ota-ona sening uchun o‘limga ham tayyor turadurlar. (“O‘qish kitobi” 2-sinf. 22-bet.) ” Bilg‘ilkim bosh gapida shuni ko‘rasatish olmosh bilan ifodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchi tushirilgan. ”ota-ona sening uchun o‘limga ham tayyor turadurlar” ergash gapi tushirilgan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Bosh gapning kesimi ikkinchi shaxs birlikda bo‘lib, u barcha odamlarga qaratilgan. Ergash gap bosh gapga –kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.

Yuqoridagi misollar bosh gapning faqat kesimi qo‘llangan, qolgan bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar tushib qolgan.



Olloh taolodan tilaymanki, otam doimo sog‘-salomat yursinlar. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 55-bet.) Olloh taolodan tilaymanki bosh gapida shuni ko‘rasatish olmosh bilan ifaodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchi tushirilgan. ” otam doimo sog‘-salomat yursinlar” ergash gapi tushirilgan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.

Keltirilgan misollarda ergash gap tushurilgan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini izohlab kelgan.



Avvalambor shuni aytayki, eng kenja o‘g‘lingizning bergan javobi to‘g‘ridir. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 58-bet.)

Avvalambor shuni aytayki bosh gapida shuni ko‘rasatish olmosh bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvching ma’nosi ”eng kenja o‘g‘lingizning bergan javobi to‘g‘ridir” ergash gapi orqali izohlangan. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.



Ey farzand, shuni bilg‘ilkim, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 154-bet.) ” Ey farzand, shuni bilg‘ilkim bosh gapida shuni ko‘rasatish olmosh bilan ifodalanadigan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir” ergash gapi aniqlashtirib kelgan. Bosh gapning kesimi ikkinchi shaxs birlikda bo‘lib, u barcha farzandlarga qaratilgan. Ergash gap bosh gapga –kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelyapti.

Vositasiz to‘ldiruvchini izohlab kelgan ergash gapli qo‘shma gap she’riy matnda ham uchraydi. Masalan:



Bilmaymanki, qanday ayol bo‘lgan

Alisherning onasi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 117- bet)

Bu misolda bosh gapning kesimi 1-shaxs birlikda ifodalangan.Bosh gapdagi ”shuni” ko`rsatish olmoshi bilan ifodalanishi kerak bo`lgan vositasiz to`ldiruvchi qo`llanmagan. Shoir Alisher Navoiydan bir necha asr keyin yashagani bilan uning onasining ilm-fan, adabiyotni qadrlaganini biladi, u o‘quvchi – kitobxonning diqqatini ”uning onasi ham hamma qatori ona, hamma onalar ham farzandini shunday buyuk odam bo‘lishini istaydi” degan g‘oyani ilgari surgan.

Agar qo‘shma gap tarkibidagi ma’lum bir so‘z boshqalariga nisbatan ahamiyat berib, ajratib, ta’kidlab ko‘rsatiladigan bo‘lsa, u so‘z gapning boshiga keltiriladi. Shuning natijasida bosh gap ergash gapning o‘rtasida keladi. Masalan: Alisher, buni yaxshi bilamizki, bolalik yillarida ikki tilda badialar ijod qilib, «zullisonayn» laqabi bilan shuhrat topdilar (O y b e k). Sharaf qo‘l yozmasi deb atalgan katta xatda, Bilib qo‘yki, azizim, Sening ulug‘ noming bor (G‘. G‘ulom).

Keyingilari, o‘ylaymanki, ancha pishiq bo‘ladi. (Nosir Fozilov, “Topdim-u yo‘qotmadim”, 195-bet) Bu gapda “o‘ylaymanki” bosh gap, bosh gapdan oldin to‘ldiruvchi ergash gapning egasi kelgan, undan keyin esa kesimi kelgan.

“O‘zbek tili grammatikasi”da to‘ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan -mi, -chi, -ku yuklamalari, deb yordamchisi orqali ham birikadi, bosh gapda keyin keladi deyiladi va quyidagi misollar keltiriladi: Qani aytinglar-chi, to‘yonaga nima olib boray? (Said Ahmad). Men aytdim-ku, mardning so‘zi bir bo‘lur (Islom shoir).49. Bizningcha, yuqoridagi misollarda to‘ldiryvchi tushub qolgan, uni tiklaganimizda uning ma’nosi no‘aniqligi seziladi. Ergash gap uning ma`nosini aniqlashtirib kelyapti. Shuning uchun ularni to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapga kiritish mumkin. Lekin bolalar adabiyoti asarlarini o`qiganimizda bu tipdagi to`ldiruvchi ergash gaplar uchramadi.


2.1.2 “Ergash gap + bosh gap” qolipidagi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar
To‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga –sa shart mayli vositasida bog`langanda, to`ldiruvchi ergash gaplar oldin, bosh gap keyin keladi. Masalan: Nima istasangiz, shuni muhayyo qilaman. (“O‘qish kitobi” 2-sinf. 37-bet.) Bu misolda ” Nima istasangiz” ergash gapi bosh gapdagi shuni ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langan va bu gapga nimani? so‘rog‘i beriladi. Ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langani uchun bosh gapdan oldin kelyapti.

Keltirilgan misollarda ergash gap bosh gapda qo‘llangan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosini izohlab kelgan.

Vositali to‘ldiruvchisi izohlanadigan qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi obyektsiz fe’llar, o‘timsiz fe’llar bilan ifodalanadi.

Vositali to‘ldiruvchisi izohlanadigan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘lansa, ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Bunday gaplarning bosh gapi tarkibida ”shunga, unga, undan, shundan, o‘shanga, o‘shanda” olmoshlari keladi. Masalan: Kimki kitobni yaxshi saqlasa, o‘quv yili oxirida o‘shanga mukifot ham beramiz. (“O‘qish kitobi” 2-sinf. 37-bet.) Bu misolda ” Kimki kitobni yaxshi saqlasa” ergash gapi bosh gapdagio‘shanga” ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan vositali to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langan va bu gapga kimga? so‘rog‘i beriladi (Kitobni yaxshi saqlagan odamga). Ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langani uchun bosh gapdan oldin kelyapti.



Kim o‘z fikrini o‘zbek tilida erkin ifodalay olsa, shunga kelajak kulib boqadi. (“O‘qish kitobi” 2-sinf. 32-bet.) Bu to‘ldituvchi ergash gapli qo‘shma gap. To‘ldituvchi ergash gap bosh gapda “shunga” jo‘nalish kelishigidagi olmosh bilan ifodalangan. To‘ldituvchi ergash gap bosh gapga –ki ertgashtiruvchi bog‘lovchisi vositasida bog‘langan. To‘ldituvchi ergash gap bosh gapga –ki ertgashtiruvchi bog‘lovchisi vositasida bog‘langani uchun bosh gapdan keyin kelgan.

Nimani buyursalar, shuni bajardim, Gavhar muhabbat haqida yozishdan tortingan bo‘liish mumkin, deb sira o‘ylamadi (P. Q o d i r o v) gapida ergash gapning tarkibida “nimani” nisbiy so`zi qo`llangan. Bosh gapning tarkibida “shuni” vositasiz to`ldiruvchisi unga javoban qo`llangan.
2.2. Bosh gapdagi aniqlovchini izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari
Bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarning yana bir turi aniqlovchi ergash gaplardir. Bosh gapdagi aniqlovchini izohlaydigan ergash gaplar aniqlovchi ergash gap deb yuritiladi. Ergash gap izohlayotgan gap bosh gap sanaladi. Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gaplar quyidagi qolipda bo`ladi:

1. “Bosh gap + ergash gap” qolipidagi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar.

2. “Ergash gap + bosh gap” qolipidagi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar
2.2.1 “Bosh gap + ergash gap” qolipidagi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar

Aniqlovchi ergash gap bosh gapda olmosh orqali ifodalangan aniqlovchining ma’nosini konkretlab, izohlab keladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi ot bilan va otlashgan so‘z bilan ifodalangan so‘zga nisbatan aniqlovchilik vazifasini bajaradi. Ergash gap bosh gapdagi ”shunday, shunaqa, bunaqa” olmoshlari bilan ifodalalangan aniqlovchini, shuningdek, qaratqich kelishigi bilan shakllangan aniqlovchini izohlab kelishi mumkin. Har ikki holatda ham ular aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap deb yuritiladi. Bosh gap tarkibida qaratqich kelishigi bilan shakllangan aniqlovchi “uning, o‘shaning” kabi so‘zlar tushirilgan bo‘lishi mumkin. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar badiiy adabiyotda ko‘p qo‘llanadi. Ularga misollar keltiramiz: Oshpazimiz shunday taomlar tayyorladiki, uning ta`mi hali-hanuz og`zimizdan ketmaydi. (Odil Yoqubov. “Muzqaymoq”, 12-bet). Bu aniqlovchi ergash gap. “Oshpazimiz shunday taomlar tayyorladiki” – bosh gap,” uning ta`mi hali-hanuz og`zimizdan ketmaydi” – aniqlovchi ergash gap. Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi “shunday” olmoshi bilan ifodalangan aniqlovchini izohlab kelgan. “Shunday” aniqlovchisi “taomlar” ot bilan ifodalangan to`ldiruvchining belgisini bildirib kelgan.

“O‘zbek tili grammatikasi”da “Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi aniqlovchi vazifasida qo‘llangan (yoki qo‘llanmagan) so‘zning ma’nosini izohlaydi”50 deb ta’rif beriladi.

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarga N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida “Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi”51 deb ta’rif berilgan. Unda ba’zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan “shunday, shunaqa” kabi so‘zlar qo‘llanmasligi mumkin, ammo uning o‘rni gap mazmunidan bilinib turadi deyiladi.

Mazkur darslikda aniqlovchi ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanishi haqidagi fikrga ko‘ra aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar yoki bosh gap kesimi tarkibibida qo‘llanuvchi –ki ergashtiruvchi bog`lovchi yordamida bog‘lanadi, birinchi holatda ergash gap bosh gapdan oldin, ikkinchi holatda keyin keladi.

“O‘zbek tili grammatikasi”da aniqlovchi ergash gap bosh gapga birikishi haqida quyidagicha fikr bildirilgan:

1.Ergash gap tarkibida kim, kimki, kimning kabi olmoshlar qatnashib, kesim shart mayli shaklida bo‘ladi. Masalan: Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi.

2. Ergash gap bosh gapga –ki bog‘lovchisi yordamida birikadi. Bunda bosh gap tarkibida ”shunday, shunaqa” so‘zlari keladi, ergash gap tarkibida esa bunday, bunaqa so‘zlari qatnashadi. Masalan: Hali shunday bir xarita chizayki, bunday xaritadan g‘zingiz ochilib qolsin. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 20-bet.) Qalb shunday ummonki, uning bag‘rida dahshatli dolg‘alar silsilasi bor. (E.Vohidov.)

Ayrim hollarda olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi bosh gapda tushirilgan bo‘ladi. Masalan: Shoirlar bo‘ladiki, ularni bir kishi yolg‘iz o‘zi kechasi o‘qiydi. (E.Vohidov.)52.

Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi predmet belgisini uning harakati va holatiga ko‘ra aniqlaydi. Bosh gapdagi aniqlanayotgan so‘zning harakati yoki holatiga ko‘ra belgisini ko‘rsatadi. Bu narsa ergash gapni birikmali aniqlovchiga aylantirganimizda aniqroq ko‘rinadi: Sinfimizda shunday o‘quvchilar borki, ular bir soatlik vaqtini ham bekorchi ishlarga sarflamaydi Sinfimizda bir soatlik vaqtini ham bekorchi ishlarga sarflamaydigan o‘quvchilar bor.

“O‘qish kitobi”dagi matnlarda va bolalar uchun yozilgan badiiy asarlarda aniqlovchi ergash gap bosh gapda ot orqali ifodalangan turli gap bo‘laklarini izohlab kelgan. Masalan:

1. Bosh gapda ega vazifasida kelgan so‘zning aniqlovchisi bo‘lib kelgan: Tajribalarda juda ko‘p marta tasdiqlangan shunday hikmat borki, yomonlarning omadi hech qachon kelmaydi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 34-bet.) Bu gap aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. ” Tajribalarda juda ko‘p marta tasdiqlangan shunday hikmat borki” bosh gap, unda ”shunday” olmoshi aniqlovchi bo‘lib kelgan, eganing belgisini bildirib kelgan: qanday hikmat?; yomonlarning omadi hech qachon kelmaydi”gapi ergash gap, uni bosh gapdagi ”shunday” olmoshi o‘rniga qo‘yib o‘qisak, ergash gap eganing belgisini bildirayotgani seziladi. Bosh gapda ega vazifasida kelgan so‘zning aniqlovchisi bo‘lib kelgan: Tajribalarda yomonlarning omadi hech qachon kelmaydi degan hikmat bor.

2. Bosh gapda kesim vazifasida kelgan so‘zning aniqlovchisi bo‘lib kelgan: Bu qanday kulfatki, bu joyda ham tinch qo‘ymaydi olomon. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 134-bet.) Bu gap aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap, ”bu joyda ham tinch qo‘ymaydi olomonergash gap, bosh gapda ”qanday” olmoshi aniqlovchi bo‘lib kelgan, kesimning belgisini bildirib kelgan: qandaykulfat?, bosh gap Bu qanday kulfatki”, ergash gapni bosh gapdagi ”qanday” olmoshi o‘rniga qo‘yib o‘qisak, ergash gap kesimning belgisini bildirayotgani seziladi: Bosh gapda kesim vazifasida kelgan so‘zning aniqlovchisi bo‘lib kelgan: Bu – bu joyda ham tinch qo‘ymaydi olomonday kulfat. Quyidagi gapda aniqlovchi vazifasida olmosh emas, balki “bir” so‘zi kelgan. Bu so‘z olmosh turkumiga kirmaydi, u son turkumiga kiradi, “bir” so‘zi miqdor tushunchasidan tashqari gap ichida “noaniqlik” ma’nosini ham bildirib keladi. Shu vazifasidan kelib chiqib, olmosh kabi vazifada kelgan. Masalan: Aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 156-bet.) Bu gapda ham bosh gapdagi aniqlovchi kesimning belgisini bildirib kelgan. ”Bir” so‘zini “shunday” so‘zi bilan almashtirish mumkin, chunki “bir” so‘zining ham ma’nosi aniq emas, uni keyingi gap aniqlashtirib kelgan. Shuning uchun biz uni aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapga kiritishni ma’qul ko‘rdik.

Bu ne holki, bir necha daqiqa orasida har ikkala oshuq-ma’shuqni ham ko‘rsa! (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 35-bet) Bu aniqlovchi ergash gap. “Bu ne holki” – bosh gap, “ bir necha daqiqa orasida har ikkala oshuq-ma’shuqni ham ko‘rsa” – aniqlovchi ergash gap. Aniqlovchi ergash gap bosh gapda “ne” so‘roq olmoshi bilan ifodalangan, “nima” olmoshining qisqa “ne” shaklining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. “ne” (qanday olmoshining ma`nosini ifodalab kelgan aniqlovchisi “holki” kesimning belgisini bildirib kelgan.

3. Bosh gapdagi to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zning ma’nosini aniqlashtirib keladi: Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mu’tabar bo‘lsin (Oybek). Men siz bilan shunday ishlarni orzu istaymanki, To‘g‘onbek janoblari, unday ishlar dunyoda hech bir tojdorga muyassar bo‘lmagandir (Oybek). Bu gap ham aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. “Biz shunday kutubxona bino qilaylikki”, “Men siz bilan shunday ishlarni orzu istaymankigaplari bosh gap, “butun el qoshida manzur va mu’tabar bo‘lsin”, “butun el qoshida manzur va mu’tabar bo‘lsin” gaplari aniqlovchi ergash gap.

Bu gaplarda “shunday” olmoshi “kutubxona”(“kutubxona” to‘ldiruvchisi gapda belgisiz qo‘llangan), “ishlarni” to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zga bog‘lanib kelgan.

Haq taolo sizlarga shunday poklik ato etgankim, shohlar hayotining mislsiz razolatini idrok etishdan ojizdursiz. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 12-bet) Bu aniqlovchi ergash gap. “Haq taolo sizlarga shunday poklik ato etgankim” – bosh gap, “ shohlar hayotining mislsiz razolatini idrok etishdan ojizdursiz” – aniqlovchi ergash gap. Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi “shunday” olmoshi bilan ifodalangan aniqlovchining ma’nosini izohlagan. “Shunday” aniqlovchisi “poklik(ni)” belgisiz qo‘llangan to‘ldiruvchining belgisini bildirib kelgan.

4. Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi holni aniqlab kelgan: Bashoratning nazarida Sofya Borisovna shunday odam bo‘lib gavdalandiki, u stol yig‘shitirshi emas, balki butun xalqning, butun mamlakatning kattakon ishlarini bajargan va faqat shunday ishlarnigina bajaradigan qudratli aziz kishi edi. (A. Muxtor).

Bu gapda “gavdalandi” kesimidan anglashilgan harakatning qaytarzda bajarilganini “odam bo‘lib“ so‘zi anglatib kelyapti. “Shunday” olmoshi “odam bo‘lib“ holining belgisini bildirib kelgan.

5. Ayrim aniqlovchi ergash gaplar bosh gapdagi belgini aniqlab kelgan so‘zning ma’nosini konkretlashtirib keladi. Bosh gapda izohlanayotgan aniqlovchi bilan aniqlanayotgan predmet orasida, yana bir aniqlovchi qo‘llangan bo‘lib, ergash gap shu so‘zini izohlaydi: Kishi hayotida shunday hayajonli daqiqalar bo‘ladiki, na til, na biroq harakat bilan bu holatni ifodalab bo‘ladi (Said Ahmad).

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ayrim turlarida bosh gapdagi aniqlanayotgan so‘z ergash gapda ham takrorlanishi yoki ayrim olmoshlar bilan almashinishi mumkin. Bu xildagi so‘zlarning shakllari ba’zan bir xil bo‘lishi, ayrim hollarda har xil bo‘lishi mumkin. “O‘qish kitobi”dagi matnlarda aniqlanayotgan so‘z ergash gapda ham takrorlangan holat uchramadi. Lekin “shunday” olmoshi bosh gap tarkibida qo‘llangan va ergash gap tarkibida bunaqa, bular“ olmoshlari qo‘llangan. Masalan: Sinfimizda shunday bolalar borki, bunaqasi hech bir sinfda yo‘q. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 166-bet.) Bu aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. ” Sinfimizda shunday bolalar borki’ – bosh gap. ” bunaqasi hech bir sinfda yo‘q” – ergash gap. Ergash gap bosh gapdagi ”shunday” aniqlovchisining ma’nosini izohlab kelgan.

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ayrim turlarida bosh gapdagi aniqlovchi “nechuk” so‘zi bilan ifodalangan. Masalan: Bular nechuk bandalarki, erkak birla xotun kishi sharob ichib o‘lturg‘ay? (”Kibrdan saqlaning”, 16-bet)

Bosh gapda ega vazifasida kelgan otlar, ergash gapda olmosh bilan almashinib yoki almashinmay boshqa gap bo‘lagi vazifasida keladi—ergash gapdagi fikr bosh gapdagi o‘sha ega haqida boradi: Mamlakatimizda shunday maktablar borki, ulardagi o‘quvchilar obodonlashtirishga katta hissa qo‘shmoqdalar. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 169-bet.) Yer yuzida shunday tarbiya borki, bu tarbiyani ko‘rgan o‘quvchi kuch va umrini samarasiz bo‘lgan ishlarga sarf qilmaydi . (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 169-bet.)

Quyidagi misolda bosh gap tarkibida “shunday” so`zi kelgan, ergash gap tarkibida “uning” olmoshi kelgan: Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so‘zi gavhardir.


Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish