Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


Ergashtiruvchi bog‘lovchilar



Download 366 Kb.
bet2/5
Sana17.03.2017
Hajmi366 Kb.
#4749
1   2   3   4   5

1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘lanadi:

2. Ergashgan qo‘shma gapdagi qismlarni bir-biriga tutashtiruvchi so‘z shakllari — affiks tusidagi yordamchilar (ravishdosh, sifatdosh shakllari yoki shart fe’li affiksi -sa va boshqalar) ergash gapning kesimi tarkibida qo‘llanib, uni bosh gapga bog‘laydi.

3. So‘roq va ko‘rsatish olmoshlari. Ergashgan qo‘shma gaplarni tuzishda va uning qismlari orasida ma’lum semantik munosabatlarning belgilanishida olmoshlarning, asosan, ko‘rsatish olmoshlarining alohida roli bor. Ergash gapni bosh gapga nisbiy so‘z vazifasida kelgan olmoshlar ham bog‘laydi. Nisbiy olmoshlar odatda ergash gap tarkibida ham, bosh gap tarkibida ham yoki ulardan birining tarkibida qo‘llanishi mumkin.Masalan:

4. Tobelanish intonatsiyasi esa ergashgan qo‘shma gapning ko‘pchilik turlarida uchraydi. Ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ergashtiruvchi bog‘lovchilar asosiy grammatik vosita sanalsa ham, intonatsiyaning ma’lum darajada roli bor. Aniqlov yoki izoh intonatsiyasi ko‘pincha tarkibida izohlanuvchi so‘zlar ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gaplarda keladi va shu gapning keyinidan boshqa gap kelayotganligini ko‘rsatadi: SHuni bilgilki, ular sen uchun o‘limga ham tayyor turadilar. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 155-bet.)

5. Qo‘shma gap qismlarining tartibi ham qismlarni biriktiruvchi sintaktik vositalarning biridir. Ergashgan qo‘shma gap qismlarining tartibini, o‘rnini o‘zgartish uning mazmuniga putur yetkazadi. Shuning uchun ularning o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi.

”O‘zbek tili grammatikasi”da ergashgan qo‘shma gaplarda ayrim yordamchilar orqali birikkanda gaplarning tartibini o‘zgartib qo‘llash mumkin bo‘lmasligi quyidagi punktlarda ifoda etilgan:

a) nisbiy so‘zlar ishtirok etgan qo‘shma gap qismlarining o‘rnini o‘zgartish natijasqda qo‘shma gapning mazmun va tuzilishiga putur yetadi;

b) tarkibida izohlanuvchi so‘zlar bo‘lgan va -ki yordamchisi orqali birikkan qo‘shma gap qismlarining tartibini o‘zgartib qo‘llash qiyin;

d) ayrim ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali birikkan qo‘shma gap qismlarining o‘rnini o‘zgartib bo‘lmaydi.

e) qismlari ravishdosh, sifatdosh formalari orqali birikkan ayrim ergash gaplarning o‘rnini o‘zgartish gapning mazmuniga bir oz ta’sir etadi28.

Ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibidagi gaplarning mazmun munosabati, etgash gapning bosh gapni izohlashi va bosh gapga bog‘lanishiga ko‘ra yuqoridagi kabi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgani uchun, ular alohida qo‘shma gap turi sifatida o‘rganiladi.

I BOB. BOSH BO‘LAKLARNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLAR
Gapning bosh bo`laklari ikki turga ajratiladi: ega va kesim. Ergash gaplar bosh gapdagi bosh bo`laklarni, egani yoki kesimni izohlab kelishi mumkin. Shunga ko`ra ular ega ergash gapli qo`shma gaplar, kesim ergash gapli qo`shma gaplarga ajratiladi. Ega ergash gapli qo`shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan eganing ma`nosini, kesim ergash gapli qo`shma gaplar esa bosh gapdagi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan kesimning ma`nosini izohlab keladi.
1.1 Bosh gapdagi egani izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari
Bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplardan biri ega ergash gaplardir. Ega ergash gap bosh gapda olmosh bilan ifodalangan eganing ma’nosini izohlab, aniqlashtirib keladi. Masalan: Dadamning qo‘llariga nimaiki ilinsa, ular buvimniki bo‘lib ko‘rinaverdi. (Ergash Raimov. ”Ajab qishloq”. 66-bet.) Mazkur qo‘shma gaplarning ”Dadamning qo‘llariga nimaiki ilinsa” ega ergash gapi ”ular buvimniki bo‘lib ko‘rinaverdi” bosh gapidagi ”ular” ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan eganing ma’nosini izohlagan. Ega ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan. Bu gapda ega qo‘llangan.

Quyidagi gapda bosh gap tarkibida kelishi kerak bo‘lgan ega tushib qolgan: Turmushimizdagi nimalar buvimga og‘irlik qilsa, ... dadam uchun arzimas narsalar edi. (Ergash Raimov. Ajab qishloq.73-bet) Birinchi gap ergash gap, ikkinchi gap bosh gap. Bosh gapdagi ”ular” olmoshi bilan ifodalanishi kerak bo‘lgan ega tushib qolgan. Ergash gap tushib qolgan eganing ma`nosini izohlab kelgan.

”O‘zbek tili grammatikasi”da egani izohlaydigan ergash gaplarga quyidagicha ta’rif berilgan: “Ega ergash gap bosh gapda olmosh orqali ifodalangan eganing konkret ma’nosini ochish uchun xizmat qiladi yoki bosh gapda qo‘llanmagan eganing funktsiyasini bajarib keladi. Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap egasi bo‘lmagan — bir bosh bo‘lakli bosh gapning kesimiga nisbatan ega funktsiyasini bajarib keladi yoki olmosh orqali ifodalangan bosh gapning egasini izohlaydi, uning ma’nosini konkretlashtirib beradi: Shunisi hayajonliki, men uning ko‘zlarida zarracha ham yosh ko‘rmadim (P. Tursun). Hayot qaysi biriga qattiq tegib ketsa, o‘shanisi kuchliroq tovush beradi (P. Qodirov)”29.

Professor M. Asqarovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida ham ega ergash gapga aynan shunday ta’rif berilgan30.

N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida ega ergash gapga quyidagicha ta’rif berilgan: ” Bosh gap tarkibidagi ega vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi”31.

“O‘zbek tili grammatikasi”da ega ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar va eganing ifodalanishi haqida quyidagi fikrlar bayon qilingan: ”Ega ergash gap bosh gapga fe’lning shart formasi -(a) r ekan shakli, -ki bog‘lovchisi va ba’zan -mi, -ku yuklamalari orqali birikadi. Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap sostavida kim, har kimki olmoshlari, bosh gapda shularga mos ravishda u kisilik olmoshi, o‘sha, shu kabi ko‘rsatish olmoshlari qo‘llanadi. Bu so‘zlar har ikki komponentda ham ega vazifasida keladi”32 .

M. Hamrayevning “O‘zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi” darsligida “Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlagan ergash gapdir”33 deb ta’rif beriladi. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash gapli qo‘shma gapni tashkil qilishi, ega ergash gap -ki bog‘lovchisi va fe’lning shart mayli qo‘shimchasi -sa hamda so‘roq va ko‘rsatish olmoshlari (kimki – u, kimki – o‘sha, kimki- o‘zi, nima – o‘sha, nimaiki – hammasi) yordamida bog‘lanishi misollar bilan izohlangan.

Ergash gapning kesimi shart mayli shaklida bo‘lganda, bosh gapning egasi ”u, o‘sha, o‘zi” kabi olmoshlari bilan (Kimki birovning payini qirqsa, o‘ziniki ham qirqiladi. («Ajoyib nasihatlar».) Kimki o‘tmishni yaxshi bilsa, u hozirgi zamon qadriga etadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur».); ergash gapning kesimi aniqlik maylida bo‘lishi (Kim o‘zini hurmat qilar ekan, u boshqalarni ham hurmat qiladi.), ega ergash gap bosh gapdan keyin kelib, bosh gapga ki aniqlov bog‘lovchisi orqali birikishi ( Shu narsa ravshanki, o‘tmishni bilmasdan turib, hozirgi zamon qadriga yetib bo‘lmaydi.); ba’zan ega ergash gap bosh gapdagi shakllanmagan egani izohlashi ( Bizga(shu narsa) ayonki, xalq o‘z taqdirini o‘zi yaratadi.) bayon qilingan34.

Bu kitobda ega ergash gap bosh gapga bog‘lovchi vazifasidagi –mi yuklamasi bilan bog‘lanishi haqida fikr bildirilmagan.

N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.SH.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida ”Ega ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar (kim-o‘sha, nima- o‘sha) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo‘llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi. Gap qismlari nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.

Gap qismlari –ki yordamida bog‘langanda, esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi”35 degan ma’lumotlar berilgan.

Ega ergash gapning bosh gapga –ki yuklamasi yordamida bog‘lanishi haqidagi fikrni –ku, - mi yuklamalari bilan qiyoslaganda yuklama deyish mumkin, lekin tilda omonimlik hodisasini hisobga olsak, “-ki” yuklamasi bilan “-ki ergashtiruvchi bog‘lovchisi o‘zaro omonim qo‘shimchalar deyishimizga asos bo‘ladi.


1.1.1“Bosh gap + ergash gap” qolipidagi ega ergash gapli qo‘shma gaplar
“Bosh gap + ergash gap” qolipidagi ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog`lovchisi vositasida bog`lanadi.

”O‘qish kitobi” darsligidagi matnlarda ega ergash gapning bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog`lovchisi vositasida bog‘langan turi ham qo‘llangan. Masalan: Menga shu narsa ayonki, Qodir sinfdoshlarini hurmat qilmaydi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 22-bet.) Bu gapda ega ergash gap bosh gap tarkibidagi “shu” ko‘rsatish olmoshi va “narsa” so‘zi (ot) bilan ifodalangan eganing ma’nosini aniqlashtirgan. Shu narsa – ”Qodir sinfdoshlarini hurmat qilmasligi”dir. Ega ergash gap bosh gapga -ki –ergashtiruvchi bog`lovchisi vositasida bog‘langan.

Bosh gapning egasi ko‘rsatish olmoshining egalik qo‘shimchasini olgan shunisi” kabi grammatik shaklida ham ifodalangan. Masalan: Shunisi achinarliki, Bahrom qo‘rqoq emas edi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 62-bet.)”Bahrom qo‘rqoq emas edi” ergash gapi bosh gapdashunisi” ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan eganing ma’nosini aniqlashtirgan. Bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog`lovchisi vositasida bog‘langan.

Yana misol: Shunisi quvonchliki, dunyoga o‘z ezgu-qadriyatlari bilan mashhur bo‘lgan xalqlar ichida biz ham Vatan deb e’zozlayotgan shu qadim yurtning, ajdodlarimizning ham o‘z o‘rni bor. (M. Mirzo.)

Ba’zi –ki ergashtiruvchi bog`lovchisi bilan bog‘langan ega ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin: Sizga (shu narsa) ayonki, bolangiz sog‘-salomat. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 45-bet.) Bosh gapda “shu narsa” so‘zi bilan ifodalanishi kerak bo‘lgan ega tushib qolgan.
1.1.2. “Ergash gap+ bosh gap” qolipidagi ega ergash gapli qo‘shma gaplar

“Ergash gap+ bosh gap” qolipidagi ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapga “–sa” shart mayli qo`shimchasi vositasida bog`lanadi.

“O‘qish kitobi” darsliklarida ega ergash gapli qo‘shma gaplarning “ergash gap+bosh gap” qolipidagi ko‘rinishlari ko`p uchradi. Masalan: Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p narsani biladi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 20-bet.) Kim aqlli va donishmand bo‘lsa, u menga merosxo‘r bo‘ladi. ( ”Aql va boylik”, 28-bet) Bu misollarda ergash gapning egasi “kim” so‘roq olmoshi bilan ifodalangan. Ergash gap bosh gap tarkibidagi “u” olmoshining ma’nosini izohlab kelgan36.

Yana misollar: Kimki berilgan topshiriqni o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarsa, u sinfimiz a’lochilari safida. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 145-bet.) Bu gapda ergash gapning egasi ”kimki” so‘roq olmoshi bilan ifodalangan, bosh gapning egasi esa ”u” kishilik olmoshi bilan ifodalangan. Ega ergash gap bosh gapga -sa –shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan. Gapda ifodalangan ma’noni kuchaytirish uchun, diqqatni shunga qaratish uchun ergash gapning egasiga –ki kuchaytiruvchi yuklama qo‘shilib kelgan.

Ergash gapning egasi ma’noni kuchaytirish uchun “kim” olmoshi kimda-kim” tarzida takrorolanib ham qo‘llangan. Masalan: Kimda-kim mening ruxsatimsiz maktabning yerini fermaga in’om qilib yuborsa, o‘sha jazosini oladi. ( X.To‘xtaboyev. Omonboy va Davronboy sarguzashti. 61- bet.) Bu misolda ergash gap bosh gapdagi otlashgan o‘sha ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan egani izohlab kelgan.

“Ona tili grammatyikasi”da “Ergash gapda ega bo‘lib kelgan kim” olmoshi o‘rnida qaysi kishi” so‘zi qo‘llanib, bosh gapdagi egani izohlab kelishi ham mumkin. Bu so‘z asli «aniqlovchi-aniqlanmish» birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra aniqlovchi ergash gapga bir oz o‘xshasa ham, bosh gapning egasini izohlab kelgani uchun ega ergash gap sanaladi” deyilgan. Mana shunday shaklda ifodalangan ega bolalar adabiyotida ham uchraydi: Qaysi kishi Erkin ikkovlarini ajratmoqchi bo‘lsa, u do‘stlikning kuchini bilmaydi.



( X.To‘xtaboyev. Omonboy va Davronboy sarguzashti. 61- bet.)

Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda nisbiy so‘zlar deyarli hamma vaqt har ikki gapning oldida keladi. Lekin ayrim vaqtda gapdagi boshqa bo‘laklarga ahamiyat berilib aytilsa, o‘sha so‘zlar oldin kelib, ega keyin kelishi mumkin deyiladi “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida. Bunday holatlar “O‘qish kitobi”dagi matnlarda uchramadi, lekin bolalar adabiyotida uchradi. Masalan: Masalan: Qaysi o‘quvchi fanlarni a’loga o‘zlashtirsa, ”Faxriy yorliq”ni o‘sha oladi (X.To‘xtaboyev, 26-bet).

Ergash gapning egasi har kim” belgilash olmoshi bilan ham ifodalangan. Masalan: Har kim o‘zining tiliga ehtiyot bo‘lsa, u birovdan dakki eshitmaydi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 20-bet.) Bu holatda bosh gapning egasi ”u” olmoshi bilan ifodalangan. Ba’zan ergash gapdagi kim, har kim” kabi so‘zlar bilan ifodalangan egani ta’kidlab ko‘rsatish uchun unga -ki yuklamasi qo‘shilib kelgan. Ergash gap bosh gapga –sa shart mayli vositasida bog‘langan. Masalan : Kimki yolg‘onni ko‘p gapirsa, u o‘rtoqlarining ishonchini yo‘qotadi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 167-bet.)

Ergash gapning egasi predmetga nisbatan qo‘llanuvchi nima” so‘roq olmoshi bilan ifodalangan gaplarda, bosh gapning egasi shu, o‘sha, o‘shalar” yoki shu narsa, o‘sha narsa” kabi ko‘rsatish olmoshlari bilan ifodalangan. Masalan: Samad nima ish qilsa, Rasulning ham shu narsa e’tiborini tortardi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 20-bet.) Ko‘ziga nima ko‘rinsa, shu uning g‘ashiga tegardi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 146-bet.) Bu gapda ergash gapning egasi ”nima”so‘roq olmoshi bilan ifodalangan, bosh gapning egasi esa ”shu” ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan. Ega ergash gap bosh gapga -sa shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan.



Yana shu narsa ma’lumingiz bo‘lsinkim, siz yashirib olib qolmoqqa jazm etgan yumushingiz nechog‘li xatarli ekanini mulohaza qilib ko‘rdingizmu? (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 39-bet) Bu ega ergash gapli qo‘shma gap. ”Yana shu narsa ma’lumingiz bo‘lsinkim” – bosh gap, ” siz yashirib olib qolmoqqa jazm etgan yumushingiz nechog‘li xatarli ekanini mulohaza qilib ko‘rdingizmu” – ega ergash. Ega ergash gap bosh gapdagi ”shu narsa” so‘zi bilan ifodalangan eganing ma’nosini izohlab kelgan.

Ergash gapning egasi “nimaikiso‘roq olmoshi bilan ifodalangan gaplarda bosh gapning egasi “hammasi, o‘shalar” kabi belgilash va ko‘rsatish olmoshlari bilan ifodalangan. Masalan: Nimaiki boshlaridan o‘tgan bo‘lsa, hammasi Davronboy bilan Omonboyning sarguzashtlari edi. (X.To‘xtaboyev. “Omonboy va Davronboy sarguzashti”. 91- bet.) Nimaiki orzuim bo‘lsa, o‘shalar ro‘yobga chiqa boshladi. (X.To‘xtaboyev. 44-bet.)37

Ergash gapning egasi “qaysi, qaysi narsa” so‘roq olmoshlari bilan ham ifodalangan. Masalan: Qaysi bola sport bilan shug‘ullansa, u kuchli va sog‘lom bo‘ladi. (“O‘qish kitobi” 2-sinf. 46-bet.) Bu gapda ergash gapning egasi ”qaysi” so‘roq olmoshi bilan ifodalangan, bosh gapning egasi esa ”u” kishilik olmoshi bilan ifodalangan. Ega ergash gap bosh gapga -sa –shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan.

Ega ergash gapning egasi “qaysi narsa” so‘zi bilan ham ifodalanib, bosh gapning “o‘sha olmoshi bilan ifodalangan egasini izohlagan: Qaysi narsa Zokirjon Yo‘ldoshevni qiziqtirsa, o‘sha majlisning asosiy masalasiga aylanardi. (X.To‘xtaboyev. Omonboy va Davronboy sarguzashti. 64- bet.)

Yuqoridagi misollarda ergash gap tarkibida kelgan “kimki, nima, nimaiki, qaysi, qaysi narsa, qaysi kishi, har kim”; bosh gap tarkibida kelgan “o‘sha, o‘zi, u, hammasi” so‘zlari ham ergash gapni bosh gapga yanada zichroq bog‘lanishini ta’minlagan va ergash gap bosh gapga –sa bog‘lovchisi yordamida bog‘langan.

Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning ergash gapi va bosh gapi tarkibida kelgan egalar bir xil grammatik shaklda – bosh kelishik shaklida kelgan. Ega ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langani uchun ularning kesimlari fe’l orqali ifodalangan. Bunday fe’l kesimlar har ikki gapda ham zamon, shaxs va songa ko‘ra moslashgan. Masalan: Kimki Navoiy asarlarini o‘qigan bo‘lsa, u Navoiyning banday talantga ega ekanligini faxmlaydi.

Ega ergash gap bosh gapga –sa yordamida bog‘langanda ham ega ergash gapning kesimi ot kesim bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Kimki bo‘lsa inson, bo‘lsa odam, xaloyiqning g‘amini yeydi damodam (Navoiy. “O‘qish kitobi”, 3-sinf, 97-bet). Bu misolda bosh gapning egasi (u) tushib qolgan. Bosh gapning kesimi fe’l bilan ifodalangan.

“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida “Ergash gapning kesimi sifatdoshning



-(a) r formasi ekan to‘liqsiz fe’li bilan birga kelib, shart mazmunini ifodalaydi. Bunday holda bosh gapdagi olmosh egani izohlab kela olishi ham mumkin”38 deyiladi va quyidagi misol keltiriladi: Kimki birovni xurmat qilar ekan, u albatta hurmat ko‘radi. Kim sening kamchiliklaringni ochiq ko‘rsatmas ekan, u sening haqiqiy do‘sting emas (Maqol).

“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida ega ergash gap bosh gapga so‘roq yuklamasi (-mi) va ta’kid yuklamasi (-ku) yordami bilan birikadi, bunday gaplar mazmunan kirish gapga yaqin bo‘ladi” degan fikr bildirilib, “(shu narsa) Esingizda bormi, yozgan xatlarimning birida sizdan hisob so‘rayman degan edim (A. Qahhor). Ko‘nglingizga kelmasin-ku, odam har xil bo‘lar ekan (A. Qahhor) misoli keltirilgan. M.Hamrayevning kitobida bunday gaplar ega ergash gapli qo‘shma gapga kiritilmaydi.

Badiiy matnda ega ergash gapning bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langan turi ko‘p qo‘llangan.
1.2. Bosh gapdagi kesimni izohlaydigan ergash gaplarning xususiyatlari
Bosh gapdagi biror bo‘likni izohlaydigan ergashgan qo‘shma gaplardan biri – kesim ergash gap sanaladi. Bosh gapda ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan kesimning ma’nosini aniqlashtirib keladigan ergash gap kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gap bilan birgalikda kesim ergash gapli qo‘shma gapni tashkil qiladi. Kesim ergash gapli qoshma gapning bosh gapi tarkibidagi kesim doim qo‘llanadi. Masalan: Maqsadim shuki, men ham taqa taqib taqillatib yursam. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 90-bet.) Bu misolda birinchi gap – bosh gap, ikkinchi gap ergash gap. Ergash gap bosh gapga –ki bog‘lovchi vazifasidagi yuklama vositasida bog‘langan. Bosh gapning kesimi “shu” ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan. “men ham taqa taqib taqillatib yursam” ergash gapi “shu” ko‘rsatish olmoshining – kesimning ma’nosini aniqlashtirib beryapti.

“Hozirgi o‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar” monografiyasida professor M. Asqarova kesim ergash gap haqida shunday deydi: “Bosh gapda kesim vazifasida kelgan ko‘rsatish-so‘roq olmoshlari kesim ergash gap tomonidan izohlanadi: kesim ergash gap shaxs yoki predmet ma’nosini ko‘rsatuvchi kesimning belgisini, xususiyatini ko‘rsatadi”39 deydi.

“O‘zbek tili grammatikasi”da ham xuddi shunday fikr bildirilgan40.

M. Hamrayevning “O‘zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi” da “Kesim ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlagan ergash gap…”41 deb ta’rif beriladi.

N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.SH.Sobirovlarning “Ona tili” darsligida “Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi.

Kesim ergash gap bosh gapga ko‘rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi”42 deyiladi.

M.Asqarova kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapkesimining ifodalanishi haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: “Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi faqat ot kesim shaklida ifodalangan bo‘ladi. Ot kesim esa sodda yoki sostavli holatlarda uchraydi”43.

M.Asqarovaning ko‘rsatishicha, hamma ko‘rsatish yoki so‘roq olmoshlari ham bosh gapda kesim bo‘lib kela olmaydi. Ko‘proq shu va kim so‘zlari kesim vazifasida qo‘llanadi. Otang kimki, menga do‘q-po‘pisa bilan buyruq beradi (Oqiljon Husanov. “Tog‘da o‘sgan bola”, 201-bet) Bizning niyatimiz shuki, sen tog‘ni ardoqlabsan, tog‘ ham seni ardoqlasin. (Oqiljon Husanov. “Tog‘da o‘sgan bola”, 203-bet)

Professor M.Asqarovaning “Hozirgi o‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar” monografiyasida kesim ergash gap ham ega ergash gapga o‘xshash ba’zan bosh gapda qo‘llanmagan kesim - “shuki”ning vazifasini bajarishi, bosh gap tarkibida “zarur, muhim, yaxshisi, sababi” kabi so‘zlar ega vazifasida kelishi qayd etilgan.44 “O‘qish kitobi”dagi matnlarda ham bosh gap tarkibida kesim tushib qolgan gap qo‘llangan. Bunday bosh gapga “shuki” so‘zini kesim qilib kiritish mumkin bo‘lgani uchun biz ham uni kesim ergash gap sirasiga kiritishni lozim topdik. Masalan: Sinf majlisiga sening masalangni qo‘yishimizning sababi (shuki), yaxshi-yaxshi she’rlaring bilan maktabimiz o‘quvchilariga o‘rnak bo‘lasan demoqchiman. (“O‘qish kitobi”, 4-sinf, 142-bet) Sobirning o‘qishdan kechikishining sababi (shuki), u yo‘lda uchragan itlarga tosh otib qochar edi. (“O‘qish kitobi”, 4-sinf, 137-bet)

Ba’zan kesim ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tarkibida so‘roq yuklamasi kelgan. Bunda kesim “shu edi” shaklida bo‘ladi va –mi unga ritorik so‘roq ma’nosini qo‘shadi. Masalan: Sendan umidimiz shumidiki, sinfdoshlaringning bir she’ring tufayli mensimay, topshiriqlarini bajarmay qo‘yyapsan. (“O‘qish kitobi”, 4-sinf, 142-bet) Bosh gapning kesimi kesimi o‘rin va chiqish kelishiklari shaklida ham qo‘llangan. Masalan: Gap shundaki, Bahrom aslida qo‘rqoq emas. (“O‘qish kitobi”, 4-sinf, 142-bet) Mening iltimosim shundan iboratki, unga sovxoz pechatini bostirib qo‘yaylik.. (Oqiljon Husanov. “Tog‘da o‘sgan bola”, 157-bet)

M. Hamrayevning “Ona tili” kitobida kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning bosh gapning kesimi vazifasida ”shu, shunday, shu bo‘ldi, shundan iborat” so‘zlari kelib, ergash gap shu so‘zlarni izohlagani holda, bosh gapga ”–ki” bog‘lovchisi yordamida birikadi, deb misollar keltirilgan”45, degan ma’lumotlar berilgan.

M. Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldoshevaning “Ona tili” darsligida kesim ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi, o‘rin-payt yoki bosh kelishikdagi shu olmoshi yordamida bog‘lanishi haqida ma’lumot berilgan.

Ergash gap yuqoridagicha bosh gapday tuzilgan kirish ibora xarakteridagi komponentlar bilan birga kelishi mumkin. Bunday gaplarni kesim ergash gapli qo‘shma gap deb to‘la aytib bo‘lmaydi. Chunki «bosh gap»day ifodalangan komponentning ega-kesimlik munosabati va ergash gap shu kesimning ma’nosini izohlab kelayotgani aniq ko‘rinmaydi: Avvali shuki, shuncha yo‘ldan «bolam» deb kelgan onasiga nega bugun «yotib qol» demadi (A. Qahhor).

“O‘qish kitobi”dagi matnlarda kesim ergash gapning bosh gapi kesimi “shu” ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan holatlari ko‘p qo‘llangan: Dombirachiligi shuki, u lunjini pufak qilib olib,ikki barmog‘i bilan “taka-tum”ni chalib yuboradi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 135-bet.)

U lunjini pufak qilib olib, ikki barmog‘i bilan “taka-tum”ni chalib yuboradi” kesim ergash gapi bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimning ma’nosini izohlagan. Bosh gapga –ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan. Ergash gap bosh gapdan keyin kelgan.

“O‘qish kitobi”da kesim ergash gaplarning kesimi “shunda, shunday, shu bo‘ldi, shundan iborat” so‘zlari bilan ifodalangan shakliga qaraganda, kesimi “shu” olmoshi bilan ifodalangan shakli nisbatan ko‘p uchadi. Kesim ergash gapli qo`shma gapning bosh gapi kesimi ko`rsatish olmoshining bosh kelishikdagi shakli bilan ifodalanadi. Masalan: Zo`ravonligi shuki, u yurgan yo`lida va o`tirgan yerida yon-veridagilarni turtib-netib, tegajog`lik qilaveradi. (“O`qish kitobi” 4-sinf. 135-bet.) Bu misolda “Zo`ravonligi shuki” – bosh gap,u yurgan yo`lida va o`tirgan yerida yon-veridagilarni turtib-netib, tegajog`lik qilaveradi” – ergash gap. Ergash bosh gapdagi “shu” olmoshi bilan ifodalangan kesimning ma`nosini izohlab kelgan.

Quyidagi misollar ham xuddi shu ko`rinishda: Hurmatli padarim, sizga javobim shuki, ilm degani qo`lga ilinmaydi. (“O`qish kitobi” 4-sinf. 56-bet.)

Savolingizga javobim shuki, davlat yaxshi. (“O`qish kitobi” 4-sinf. 56-bet.)

Kattalar uchun yozilgan badiiy adabiyotlarda ham kesim ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapi kesimi ”shuki, shundaki” bilan ifodalangan turi ko‘p qo‘llangan. Masalan: Adib biografiyasiga, hayot tajribasiga oid bu faktlarni eslatishdan maqsad shuki, ular muallif asarlariga hayotiy zamin bo’lib xizmat etdi. (Odil Yoqubov.) Bundan ham muhimi shundaki, romanni o’qirkanman, ko’nglimda turkiy xalqlarimiz tarixi uchun iftixor tuyg’usi jo’sh urdi. (Odil Yoqubov.)

M. Asqarova ta’kidlaganidek, yuqoridagi kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi faqat ot kesim shaklida ifodalangan.

Ushbu misolda ergash gap bosh gapdagi “shundaki” shaklidagi olmoshning ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Masalan: Hayratlanarlisi shundaki, u yerda na guvillagan, na g‘uvillagan tovush eshitiladi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 7-bet.) Alam qiladigan joyi shundaki, Muhabbat Tohirni ham tug‘ilgan kuniga taklif qilmadi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 143-bet.)

“O‘qish kitobi”dagi matnlarda kesim ergash gapning bosh gapi kesimi shunday ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan holati bitta uchradi. Masalan: Bo‘tam, gap shundayki, salomlashish shart bo‘lmagan vaziyatlar ham uchrab turadi. (“O‘qish kitobi”, 4-sinf, 131-bet)

Bosh gap kesimi shunday ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan kesim ergash gapli qo‘shma gaplar bolalar uchun yozilgan adabiyotlarda qo‘llangan bo‘lishi mumkin. Masalan: Ammo hodisalar silsilasi shundaykim, buni ilm ahli idrok etishdan ojizdir. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 13-bet) Bu gap kesim ergash gapli qo‘shma gap. “Ammo hodisalar silsilasi shundaykim” – bosh gap,buni ilm ahli idrok etishdan ojizdir” – kesim ergash gap. Kesim ergash bosh gapdagi shunday olmoshi bilan ifodalangan kesimning ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Bu gapni sodda gapga aylantirganimizda ergash gapni shunday kesim o‘rniga qo‘yamiz: Hodisalar silsilasini ilm ahli idrok etishdan ojizdir.

Bosh gap kesimi “shu bo‘ldiki birikmasi bilan ifodalangan kesim ergash gapli qo‘shma gaplarga misol: …o‘shanda uni bu mudhish tushdan ham ko‘ra ko‘proq hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, tong paytida olis Yassidan uning huzuriga o‘n nafar yigit arz qilib keldi. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 50-bet) Bu gap kesim ergash gapli qo‘shma gap. “o‘shanda uni bu mudhish tushdan ham ko‘ra ko‘proq hayratga slogan narsa shu bo‘ldiki” bosh gap,tong paytida olis Yassidan uning huzuriga o‘n nafar yigit arz qilib keldi” – kesim ergash gap. Kesim ergash gap bosh gapdagi “shu bo‘ldikiso‘zlari bilan ifodalangan kesimning ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Bu gapni sodda gapga aylantirganimizda, ergash gapni “shu bo‘ldiki” kesim o‘rniga qo‘yamiz: …o‘shanda uni bu mudhish tushdan ham ko‘ra ko‘proq tong paytida olis Yassidan uning huzuriga arz qilib kelgan o‘n nafar yigit hayratga soldi. Sodda gapga aylantirganimizda bosh gapdagi “hayratga solgan narsa” – aniqlovchi+aniqlanmish munosabatidagi birikmadagi aniqlovchi sodda gapning kesimiga “hayratga soldi” aylandi. Bosh gapning egasi - “narsa” va kesimi -“shu bo`ldiki” tushib qoldi. Ergash gapning kesimi - ” arz qilib keldi” shu gapdagi eganing - “o‘n nafar yigit”ning aniqlovchiga aylandi.

Quyidagi kesim ergash gapli qo‘shma gapda bosh gapning kesimi “bul erurki” so‘zi bilan ifodalangan: Bandai ojizingizning maslahati bul erurki, bir-ikki tuman lashkarni ishonchli amirlarga topshirib, qolgan lashkar bilan Samarqandga qaytmoq maqbul. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 50-bet) Bu gap kesim ergash gapli qo‘shma gap. “Bandai ojizingizning maslahati bul erurki” – bosh gap,bir-ikki tuman lashkarni ishonchli amirlarga topshirib, qolgan lashkar bilan Samarqandga qaytmoq maqbul” – kesim ergash gap. Kesim ergash bosh gapdagi “bul erurki” fe’l kesimning ma’nosini aniqlashtirib kelgan. Bu gapni sodda gapga aylantirganimizda, ergash gapni “bul erurki” kesim o‘rniga qo‘yamiz: Bandai ojizingizning maslahati bir-ikki tuman lashkarni ishonchli amirlarga topshirib, qolgan lashkar bilan Samarqandga qaytmoq maqbul.

Yuqoridagi misollar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, kesim ergash gap har doim bosh gapdan keyin kelgan. Bosh gapga –ki, -kim ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langan.


Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish