Nizomiy nomidagi toshkent davlat


II- BOB. MA’NAVIY - MA’RIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH JARAYONIDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLINI KUCHAYTIRISH



Download 0,76 Mb.
bet9/38
Sana12.01.2017
Hajmi0,76 Mb.
#369
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
II- BOB. MA’NAVIY - MA’RIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH JARAYONIDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLINI KUCHAYTIRISH.
1. Partiyalarning ijtimoiy, gumanitar, ma’naviy sohalarni yuksaltirish borasidagi vazifalari.
Inson O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarning bosh maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Partiyalar uning uyg‘un rivojlanishi, manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning amaliy tizimini yaratish, jamiyatning o‘zagi bo‘lgan oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, eskirgan bir qolipdagi fikrlash tarzi va ijtimoiy fe’l-atvorni o‘zgartirish tarafdoridir. G‘animlar o‘z harakatlari, buzg‘unchiliklaridan katta natijalarni kutgan, O‘zbekistonni parchalab, o‘zlari xoxlagan davlatni qurmoqchi edi. O‘sha davr voqealari haqida “Vek” gazetasi shunday yozgan edi. “SSSR parchalanib ketgandan so‘ng eng dahshatli voqea O‘zbekistonda bo‘lishi kerak edi. Lekin bunday bo‘lmadi. I.Karimov birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymadi”. O‘zbekistonda 80-yillardagi eng dahshatli hol ijtimoiy tizimning tizimning barbod bo‘lishi emas, balki odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchining puchga chiqishi edi. Bu haqda Leonid Levitin shunday yozgan edi: «Islom Karimovning tanglik davridagi siyosiy etakchi sifatida qilishi kerak bo‘lgan va qilgan eng katta ishi ruhan tushkun va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan millatga umidini qaytarib berdi»1. Kelajakka ishonch ruhida yashashintilish hissini tarbiyalash partiyalar e’tibor berishi lozim bo‘lgan eng nozik soha hisoblanadi. Ilk o‘rta asr buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Forobiy ma’naviy ozodlik, inson takomili, adolatli jamiyat qurishning birdan-bir sharti odamlarni ezgu-g‘oyaviy jihatdan voyaga etkazish deb bilgan va bu haqda shunday deb yozgan: «Inson baxt-saodat nimaligini tushungan bo‘lsa-yu, unga erishishni maqsad qilib olmasa, g‘oya va xohishiga aylantirmagan bo‘lsa, unga nisbatan ozgina bo‘lsa-da, shavq va zavq sezmasa, istak va mulohazasini, kuch va quvvatini boshqa narsalarga sarflasa bu qilmishlari yomon va noo‘rinlidir…»1.

Partiya davlatning ijtimoiy sohaga oid siyosatidagi strategik ustuvor yo‘nalish - insonga bo‘lgan e’tibor tashkil etishi lozim deb hisoblaydi. Partiya islohotlarning barcha bosqichlarida erishilgan natijalarni aholi farovonligining o‘sishi bilan baholaydi. Ular o‘rtasidagi birlik, kelajakka ishonch, muhim vazifalar atrofida birlashish, safarbarlikka chorlash vazifalar echimining asosini tashkil etadi. Forobiy fikriga ko‘ra, haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan jamiyat fozil jamiyatdir2.

Partiya jamiyatning ziyolilashuvi tarafdori, zero davlatning iqtisodiy taraqqiyoti faqat fan va texnikaning yangi yutuqlariga tayanishi mumkin. O‘z davrida jadidlar o‘z injeneri, shifokori, yuristi, o‘qituvchisiga ega bo‘lgan millatgina mustaqil bo‘la oladi deb hisoblashardilar3. SHunday ekan, ta’lim va fanning ustuvor rivojlanishini ta’minlash zarur. Partiyalar inson ma’naviy salohiyatining uzluksiz o‘sishini ta’minlashga intiladi. U zamonaviy ilmiy bilimlar bilan qurollangan va barkamol insonni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’limning yangi milliy modeliga to‘liq o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va unda faol ishtirok etadi. CHunki yuksak ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kishilar, davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgan taraqqiyparvar va obro‘li ilmiy maktablargina jamiyatning gullab-yashnashini ta’minlashi mumkin.

Ushbu yo‘nalishda partiya asosiy e’tiborni o‘rta ta’lim sohasidagi muammolarga, birinchi galda, o‘qitish sifati, kutubxonalar tizimi rivoji, o‘quvchilarning zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlanishi, maktablarning asbob-uskuna, kompyuter texnikasi, anjomlar bilan jihozlanishiga qaratadi. Iqtisodiy imkoniyatlar ortib borishi bilan partiya akademik litsey va kollej o‘quvchilari uchun stipendiyalar joriy etishga harakat qiladi.

Partiya tibbiyot, ta’lim, fan, madaniyat xodimlarining ijtimoiy mavqeini oshirishda faollik ko‘rsatadi. Partiya ularning shart-sharoitini yaxshilash va ish haqining sezilarli o‘sishi uchun qat’iy tadbirlar qo‘llaydi.

Partiya davlatning yaxlit va talabga javob beradigan yoshlar siyosatini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratadi. Partiyaning sa’y-harakatlari har tomonlama kamol topgan, Vatanga sodiq, rivojlangan bozor munosabatlari va fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonlarida faol ishtirok etishga tayyor yigit va qizlarni tarbiyalashga yo‘naltiriladi. Partiya yoshlar uchun sabot bilan, bosqichma-bosqich ijtimoiy ko‘tarinkilik muhitini yaratishga va ularning ijtimoiy-siyosiy istiqbolini belgilab berishga o‘z kuchini sarf etadi.

Aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirmasdan turib fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. Ongli va faol insongina barcha qiyinchiliklarni engib, mustaqil O‘zbekistonning gullab-yashnashiga va xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Partiya o‘z faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan birini O‘zbekistonda yashovchi millat va xalqlarning tili, madaniyati, urf-odati va an’analari rivojiga ko‘maklashish, jamiyatda fuqaroviy, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, e’tiqod erkinligini himoya qilishda deb hisoblaydi. Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o‘z milliy madaniy urf-odatlari, an’analari, tili, konstitutsiyaviy huquqiy tenglikka ega O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar borasidagi davlat siyosatining natijasi - demokratik taraqqiyotning hosili sifatida 100 dan ortiq milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. SHu yo‘nalishda markazlar tuzish bo‘yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O‘zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Buning ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o‘qitish ishlari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko‘rsatayotganligida ko‘rinmoqda1. Partiya diniy ekstremizm va fanatizmni keskin qoralaydi va ularning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurash olib boradi. Xalqning ma’naviy-axloqiy yuksalishiga intilgan holda partiya taraqqiyparvar milliy an’analarni rivojlantirish bilan birga jahon madaniyatining yaratuvchan salohiyatidan, umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish tarafdoridir.

Partiya o‘tish davrining murakkab sharoitida ijtimoiy loqaydlik, giyohvandlik, fohishabozlik, zo‘ravonlik, ekstremizm va shunga o‘xshash tahdid va xurujlarni muayyan ijtimoiy dasturlar yordamida tugatish ishida faol ishtirok etadi.

Partiya o‘zining ekologik siyosatini inson hayoti xavfsizligini ta’minlash, ma’nan va jismonan sog‘lom avlodni shakllantirish hamda millat genofondini asrash maqsadida zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitni yaratish asosida faoliyat yuritadi. Partiya tabiatdan foydalanuvchilarning tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish va atrof muhitni himoyalashda iqtisodiy manfaatdorlik tizimini yaratishga, ekologik muammolarni hal etish uchun respublikaning xalqaro tizimlarga uzviy kirishishini ta’minlashga intiladi.

Partiya demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xalqimizning ma’naviy taraqqiyoti, shuningdek O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvini mamlakat xavfsizligi, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqaroviy totuvlikni ta’minlashdek fundamental vazifalarni hal qilmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.

Partiya davlatning milliy manfaatlarini himoya qilishga, uning mamlakat xavfsizligi, mintaqada va umuman jahonda barqarorlik, O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar va jahon xo‘jaligi aloqalari tizimiga jadal integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosatini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak beradi.

Dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlik tamoyillarining uzviy bog‘liqligini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Afg‘onistonda amalga oshirilgan aksilterror operatsiyasi natijasida vujudga kelgan yangi geosiyosiy vaziyat jahon hamjamiyati tomonidan mintaqamizning xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini anglab etishiga olib keldi.

Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston va mintaqamizga xavf solayotgan tahdidlarga qarshi xalqaro hamjamiyat ko‘magida ishonchli to‘siq qo‘yish, shuningdek xalqaro doiralarda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida mamlakatimizning siyosiy-diplomatik tashabbuslari bilan chiqishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Shu munosabat bilan partiya davlatning tashqi siyosatida quyidagilarni o‘zining ustuvor vazifalari deb biladi:



  • dunyo hamjamiyati bilan xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkotrafik, noqonuniy qurol savdosi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa turdagi transmilliy tahdidlarga qarshi yaqindan hamkorlik qilish;

  • xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi urushdan keyingi hayotni izga solish, bu mamlakatni mintaqaviy loyihalarga jalb etish borasidagi sa’y - harakatlariga ko‘maklashish;

  • O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud yaratish borasidagi tashabbusining amalga oshishiga ko‘maklashish;

  • Markaziy Osiyo mintaqasida, eng avvalo, tabiiy resurslardan foydalanish, energetika, suv zaxiralari va ekologiya sohalarida, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini, jumladan, gaz va neft quvurlarini qurish borasida o‘zaro foydali iqtisodiy hamkorlikni har tomonlama kengaytirish;

  • jahonning etakchi davlatlari (AQSH, Evropa Ittifoqi davlatlari, YAponiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqalar) bilan, eng avvalo, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy sohalarda o‘zaro foydali aloqalarni kengaytirish;

  • O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash, dunyo jamoatchiligini respublika zaxiralari, resurslari, imkoniyatlari (jumdalan, investitsion imkoniyatlari), shuningdek mamlakatning milliy rivojlanish strategiyasi, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarini isloh qilish jarayonining borishi to‘g‘risida xabardor qilish.

Mintaqada va umuman dunyoda yuzaga kelgan vaziyat chegaralarimizning daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlaydigan, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotini kafolatlaydigan milliy xavfsizlik tizimining shakllantirilishini taqozo etadi.

Shu munosabat bilan, Qurolli Kuchlarimizni isloh qilish borasida boshlangan ishlar nihoyasiga etkazilishi zarur. Davlatimizning Qurolli Kuchlari zamonaviy talablarga javob berishi, mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni inobatga olgan holda tuzilgan bo‘lishi lozim.

Partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining professional, har tomonlama ta’minlangan, harakatchan, har qanday tashqi tajovuzni qaytarishga tayyor va mamlakat mudofaasini samarali himoya qilishga qodir bo‘lgan armiyani tuzishga qaratilgan siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi va uni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

Qurolli Kuchlar davlat va jamiyatning doimiy e’tiborida, harbiy xizmat esa etarli darajada moddiy jihatdan ta’minlanishi hamda xalq orasida alohida hurmatga sazovor bo‘lishi lozim. Partiya harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy mazmuni va mohiyatini shunda deb biladi.

Partiya ushbu vazifalarning amalga oshirilishini har bir fuqaroning, qolaversa, butun jamiyatning ishi deb biladi. Harbiy xizmatga chaqiruv, harbiy ta’lim, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish partiyaning mudofaa siyosati yo‘nalishidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Armiyada xizmat qilish har bir yigit uchun, mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun obro‘li faoliyatga, jamiyat va hayotdagi o‘rnini ongli ravishda tanlash, jasorat va vatanparvarlik maktabiga aylanishi lozim.

Partiya o‘z sa’y-harakatlarini harbiy xizmatchining aqliy va ijtimoiy-ma’naviy jihatdan kamolga etgan, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini anglaydigan, jamiyat oldida javobgarlikni his etadigan shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik va boshqa shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishga safarbar etadi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish haqida bayonot berib, yuqorida zikr etilgan siyosiy platformaga tayangan holda mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan keng siyosiy va fuqarolik harakati partiyasi bo‘lishga intiladi.

O‘zbekiston Liberal - demokratik partiyasining muhim vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va davlat hokimiyatining joylardagi vakillik organlariga ko‘ppartiyaviylik tamoyiliga asoslangan demokratik parlament saylovlarida siyosiy platformasida aks ettirilgan asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadigan qonunlar va davlat qarorlarini qabul qilishda etarli ta’sirga ega bo‘ladigan o‘rinlarni qo‘lga kiritish hisoblanadi.

SHu maqsadda partiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida faoliyat yuritib, quyidagi asosiy masalalar echimiga o‘z diqqatini qaratadi:

1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish