Magistrlik dissertatsiyasining maqsad. Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish, bu jarayonda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rnini tahlil etish, ular oldidagi turgan vazifalarni aniqlab berishdan iborat.
Magistrlik dissertatsiyasining vazifalari. Shu bir qatorda ushbu bayon etilayotgan mavzu o‘zining umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o‘z oldiga quyudagi maqsadlarni belgilab oladi:
-
Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish va unda siyosiy partiyalar rolini tahlil etish;
-
Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi va ularning boshqa jamoat birlashmalaridan farqini ko‘rsatib berish;
-
Siyosiy partiyalarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalarini tahlil etish;
-
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga binoan siyosiy partiyalarningg markazda va joylarda ijro hokimiyati tizimini shakllantirishdagi imkoniyatlarini taxlil etish,
-
Xalq deputatlari viloyat tuman shaxar Kengashlaridagi va Qoraqolpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya guruhlarining faoliyat mexanzlarini taxlil etish va siyosiy partiyalarning xududiy bo‘linmalari ma’naviy –ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil etishga doir masalalarni o‘rganish,
-
Siyosiy partiyalarning siyosiy partiyalarning jamoatchilik funksiyasini o‘rganish va amaliyotdagi kamchiliklarini ko‘rib chiqish iborat.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangligi. Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi yangi bo‘lib keyingi yillarda bu borada magistrlik darajasida tadqiqotlar olib borilmagan. Ilmiy tadqiqot davomida quyidagilarga erishildi:
Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish va unda siyosiy partiyalar rolini tahlil etildi;
Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi va ularning boshqa jamoat birlashmalaridan farqini ko‘rsatib berildi;
Siyosiy partiyalarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalarini tahlil etildi, uni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi;
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga binoan siyosiy partiyalarningg markazda va joylarda ma’naviy –ma’rifiy ishlar ijrosi tizimini shakllantirishdagi imkoniyatlari taxlil etildi;
Xalq deputatlari viloyat tuman shaxar Kengashlaridagi va Qoraqolpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya guruhlarining faoliyat mexanizmlarini taxlil etilib va siyosiy partiyalarning xududiy bo‘linmalari ma’naviy –ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil etishga doir masalalar o‘rganildi;
Siyosiy partiyalarning siyosiy partiyalarning jamoatchilik funksiyasini o‘rganish va amaliyotdagi kamchiliklari ko‘rib chiqilib partiyalar o‘z saylov oldi dasturlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keng e’tibor berishlari lozim jihatlar ko‘rsatib berildi.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy-nazariy metodologik asoslari: tadqiqot ishiga quyidagilar metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston respublikasining Asosiy qonuni, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘riyaida» gi Qonun, O‘zbekiston respublikasi prezidentining, Vazirlar Maxkamasining O‘zbekistonda siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlariga doir farmonlari, qarorlari tadqiqot ishining ilmiy-nazariy, metodologik asosi bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. asarlarida siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari, ular faoliyatida ma’naviyat-axloq haqida bayon etilgan fikr va mulohazalari, Oliy Majlis sessiyalarining hujjatlari, mashhur ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi, shuningdek siyosatchi-huquqshunos olimlarmizning ushbu masalaga daxldor izlanishlari tadqiqot ishining metodologik asosini tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqotni o‘rganishda foydalaniladigan metodlar: kuzatish, abstraksiya, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tarixiylik va mantiqiylik va analogiya, kuzatish, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish kabilar.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish,uchta bob, to‘rtta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |