ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
102
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
PSIXODIAGNOSTIKA MUAMMOSINI PSIXOLOGIYA FANIDA
O‘RGANILGANLIK HOLATI
Mamasobirova D.X. – 48-maktab psixologi, Samarqand v., Payariq t., O’zbeston.
Annatatsiya: Mazkur maqolada psixodiagnostika muammosini psixologiya fanida
o‘rganilganlik holati yoritiladi. Maqolada psixodiagnostika vazifalari mazmuni bayon etiladi.
Kalit so‘zlar psixodiagnostika, muammo, psixologiya, fani, vazifalari, shaxs, psixik
jarayonlar, yosh davri.
Аннотация В данной статье раскрыется изучение психодиагностики в психологии. В
статье описывается содержание психодиагностических заданий.
Ключевые слова психодиагностика, проблема, психология, наука, функции,
личность, психические процессы, возраст.
Annatation:This article discusses the factors of achieving effectiveness in the learning
system. The content of educational technology is described in continuing education courses.
Key words: skills, improvement, system, efficiency, achievements, factors, highlighted.
education, personnel, courses, teaching practice, effective technologies.
Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan odamning amaliy faoliyatiga ta’sir qilish
imkoniga ega. Mana shunday usullardan biri, bu har xil toifadagi odamlarga psixologik yordam
ko‘rsatishdan iboratdir. Ammo, psixologiya yordam ko‘rsatish uchun avvalo ulardagi psixik
o‘zgarishlar sabablarini va unga ta’sir kiluvchi omillarni aniqlash zarurati tug‘iladi.
Psixodiagnostika — bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ yoki guruhni psixologik taraqqiyot
ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodika va metodologiyalar nazariyasi
ishlab chiqish bilan bog‘liqdir[2,34]. Psixodiagnostika baholash ob’ekti, psixologiya fani
o‘rganayotgan har qanday jarayon bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning
bir-biri bilan kechayotgan xatti-harakati va muloqotida yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan
boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayon bilan tugatish mumkin.Psixodiagnostika fani
psixologiya tarmoqlaridan biri bo‘lib, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini, aqliy
taraqqiyotini
aniqlab o‘lchash, ya’ni hisoblab chiqaruvchi metodlarini o‘rgatuvchi
fandir.Psixodiagnostika — shaxsning individual-psixologik xususiyatlari farqlarini (aniqlab
o‘lchaganda) har xil metodlar bilan aniqlab o‘lchasa-da, keyinchalik proyektiv metodlar,
so‘rovnomalar paydo bo‘lishi jarayoniga asos bo‘lib qoldi. Shu bilan birga psixodiagnostikaning
rivojlanishida
nazariy
jihatdan
metodikalarning
kamligi
ko‘rinib
qoldi[4,44]..
Psixodiagnostikaga matematik-statistik metodlar va korrelyatsiya hamda tadqiq qilish, faktorli
analiz paydo bo‘lishi va takomillashuvi, psixometrik tadqik qilishning amaliy jihatdan juda ko‘p
turlari bor. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 80 yillargacha “Pedagogik diagnostika” atamasi, asosan,
maqolalarda, turli tezislar yoki kam tirajli to‘plamlarda uchraydi. 80 yillardan boshlab esa shu
vaqtgacha pedagogika va psixologiya fanlarining hamkorlik sohasi sifatida shakllanib, rivojlanib
kelayotgan, ko‘pchilik alohida bilim va tajriba sohasi deb qaramayotgani, bu soha eng dolzarb
sohalardan biriga aylanmoqda.
Respublikamizda
psixodiagnostikaning
rivojlanishida
G.Davletshin,
B.R.Qodirov,
G‘.B.Shoumarov, E.G‘.G‘oziyev, V.A.Tokareva, R.Z Gaynutdinov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova,
Sh.R.Baratov, D.Jabbarov, Z.T.Nishanova, Sh.A.Do‘stmuhammedova, E.N.Sattorov, G.To‘laganova
kabi olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Jahon mamlakatlari amaliyotida psixodiagnostik ishlar
shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari va uning ijtimoiy hayotdagi faoliyat turlariga oid jihatlari
o‘rganilishi nazarda tutilgan edi. Bizga yaxshi ma’lumki, bugungi kunda xorijiy mamlakatlar
singari respublikamizning aksariyat oliy ta’lim muassasalarida ham psixolog mutaxassislar
tayyorlanmokda. Psixologlar faoliyatining asosini psixodiagnostik ishlar tashkil qiladi. Bunda ular
o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilot, korxona yoki muassasalardagi insonlarni guruh yoki yakka
Do'stlaringiz bilan baham: |