Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zamonaviy uzluksiz ta


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 8,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet747/759
Sana25.02.2022
Hajmi8,89 Mb.
#289267
1   ...   743   744   745   746   747   748   749   750   ...   759
Bog'liq
2584-Текст статьи-6976-1-10-20200711

 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
674 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ 
bobo-momolaring ust-boshlarini bilishi, turli xil rasmlarga tikilib o’zicha gapirishi, rasm chizishga 
intilishi, o’yinchoq hamda qo’g’irchoqlar bilan erkin o’ynashi, “muloqot”ga kirishishi, sakrashi, 
baqirishi, yugurishi, suv o’ynashga, cho’milishga qiziqishi, uyalish va tortinish hissining paydo 
bo’lishi kabilar dastlabki hayotiy ko’nikmalarga turtki bo’la oladi, ya’ni motivatsiya vazifasini 
o’taydi. Chunki birgina uyalish hissining shakllanishi ahloqiy tarbiyadan dalolatdir. 
To’rtinchi qadam- bolani xovlidan ko’chaga chiqishi. Zinalardan erkin tushib va 
ko’tarilishi, bu jarayonda ba’zan qoqilib-surunib yiqilishi, ba’zi joylari lat yeyishi hamda o’zini o’zi 
ehtiyot qilishga intilishi, issiq, sovuq va qaynoq narsalardan, elektr va boshqa hatarlardan 
saqlanishni tushunib borishi asnosida turli mashg’ulotlarni yoshiga mos ravishda bajarishi. Bolani 
maktabgacha ta’limga jalb etilishi orqali muloqot maydonining kengayishi, o’yin faoliyati orqali 
aqliy rivojlanishi, assalomu aleykum, marhamat, rahmat va xayr ning mohiyatini anglashi va 
hokazo.
Beshinchi qadam- bolani o’yin faoliyati orqali maktabga kirib kelishi. Aqliy tarbiyaga 
e’tiborini kuchayishi. Yangi bilim, ko’nikma va malakalarni egallash davri. Turli kasb-hunarga 
qiziqishlarini ortishi kabilar. Bu o’rinda shuni ta’kidlash lozimki, ozmi-ko’pmi kattalarni pedagogik 
ma’lumotga ega bo’lishlari, bola faoliyati bilan yaqindan qiziqib borishlari lozim. Ota-onalar 
farzandlarini yaxshi inson bo’lishlarini orzu qilishadi. Yaxshi inson avvalo halol, pok, adolatli va 
mehnatsevar bo’ladi. Demak farzandi kim va qanday amal mavqeida bo’lishidan qat’iy nazar, chin 
inson bo’lishi lozim degani. Halol insonlar ayni paytda vatanparvar insonlar hamdir. 
Ota-ona farzandini yaxshi tilaklar bilan ishga, o’qishga kuzatar ekan, yaxshi ishlab va 
yaxshi o’qib kelishini ham intizorlik bilan kutishadi. “Yaxshi keldingmi bolam?” deb kutib 
olishadi. Ba’zi ota-onalar “qayerda yuribsan? nega kech qolding?gapingga ishonmayman,”-deb 
do’q po’pisa bilan bolani qarshi olishadi. Bu jarayonda oilaviy sog’lom muhit buzulishi mumkin. 
Bolada o’z xonadoniga bo’lgan illiq tuyg’u so’na boshlaydi. Shuning uchun kattalar bilib-bilmay 
bolani noxaq jazolab qo’yadigan holatlar uchrab turadiki, bundan ehtiyot bo’lish kerak. Ayniqsa, 
ichkilikga ro’ju qoygan otalar farzand tarbiyasiga mas’uliyatsiz bo’lishadi. Bolalar oilada ruhan 
ezilib, siqilib katta bo’lishadi. Dilidagini tiliga chiqara olmay ezilishadi.
Inson vijdoni oldida qiynalsa, yoki o’zining vijdoni o’zini jazolay olsa, nohush ishlarga 
qo’l urilmaydi, or-nomus shakillanadi, inson irodali, o’z-o’ziga talabchan bo’ladi. Bilaks, vijdonsiz 
inson irodasiz ham bo’ladi. Bunday oilada o’sayotgan bola otasi yoki onasining qilmishlarini ko’rib 
azoblanadi. Ayniqsa, o’rtoqlari va sinfdoshlari “Seni otang ichuvchi!” yoki “Sening otang yomon 
odam!” deyishidan or qilishadi. Bu o’rinda oila va maktabning yaqin hamkorligi, ayniqsa, 
tarbiyachilarning bolajonligi, mehrli bo’lishi talab etiladi.
Barcha o’qituvchi-murabbiylar ham bola haqida to’liq ma’lumotga ega deb ayta olmaymiz. 
Bu o’rinda o’qituvchi-murabbiylarning bola qalbiga yo’l topishi, uning muammoli tomonlarini 
ko’ra olishlari lozim. Bolani tinglash, u bilan do’stona munosabatga kirishish, o’zaro ishonch 
tuyg’usini shakllantiradi. Buning uchun ustoz-murabbiylar o’z kasbiga sadoqatli bo’lishlari lozim. 
O’qituvchi-murabbiylar o’rtasida o’tkazgan sotsiologik so’rovnomaga ko’ra oltmish uch 
foiz o’qituvchi-murabbiylar “Agar menga qaytadan kasb tanlash imkoni tug’ulganda yana albatta 
o’qituvchi-murabbiylik kasbini tanlagan bo’lar edim”,-deb ko’rsatishgan. Yigirma to’rt foiz 
o’qituvchi-murabbiylar bevosita kasbga aloqador bo’lmagan ishlar, majlis va qogoz bilan 
ishlashning ko’payib borayotganini qayd etishgan. O’n uch foiz o’qituvchi-murabbiylar (ayniqsa 
yosh o’qituvchilar) imkon bo’lsa boshqa ishga o’tib ketish istagi yo’q emasligini bildirishgan.
Har qanday o’qituvchi ayni paytda o’quvchi hamdir. O’qituvchi o’z ustida ishlamasa, 
izlanmasa, o’zining yangi bilim va dunyo qarashini boyitib bormasa, ichi bo’sh ko’zaga o’xshab 
qolishi muqarrar. 
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o’qituvchining muntazam ravishda fan bilan 
shug’ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “O’qituvchi muntazam ravishda fan bilan 
shug’ullanmog’i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o’xshab qoladi. Qurigan daraxt va 
tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o’qituvchidan hech qanday natija kutib bo’lmaydi. 



Download 8,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   743   744   745   746   747   748   749   750   ...   759




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish