ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
174
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
oʼquvchilar uchun hech narsaga tenglashmaydigan oʼquv materiali hisoblanadi. Shuning uchun xam
koʼplab muzeylar oʼz zallarida bolalar uchun eksponatlarning nusxalarini yasab, ularga
predmetlarni vazni, razmeri, shakli, ishlatish usulini sinab koʼrishga imkon yaratadi. Yoki boʼlmasa
tarixiy shaxslarning kiyimini kiyib koʼrish, yoki zodagon ayolning taqinchoklarini taqib koʼrish,
kulolchilik charxida V asrdagi koʼzalarini yasab koʼrish oʼquvchida katta taassurot uygʼotadi.
Hozirgi kunda koʼplab xorijiy muzeylar teatrlashtirilgan sahnalardan foydalanmoqdalar. Bu
ayniqsa tarix va texnika muzeylarida samarali natija beradi. Bu namoyishlar bir guruh muzey
xodimlarining maʼlum bir davrni oʼzida aks ettiruvchi qahramonlar obraziga kirishi yoki boʼlmasa
ekskursovodlarning mavzu boʼyicha libos kiyishi bilan namoyon boʼladi. Bu sahnalar bolalarni
oʼziga jalb qilish bilan birga, aynan shu mavzuga katta qiziqish uygʼotadi. Tarixga ixtisoslashgan
muzeylarni turli loyihalar bilan ishlash imkoni juda keng. Umuman olganda hozirgi zamonaviy
muzeylar bolalar bilan ishlashning turli usullarini ishlab chiqmoqdalar. Ularning soni va masshtabi
juda keng boʼlib, xar bir muzey oʼzining xususiyati va faoliyatining mazmun mohiyatidan kelib
chiqqan holda ish tutishi lozim. Barcha yangi yoʼnalishdagi loyihalar va usullar bolalarni muzeyga
nisbatan boʼlgan qiziqishini orttiradi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Muzey predmeti tomoshabinlarda qiziqish emotsiyasini, zavqlanish, u haqida yanada koʼproq
maʼlumot olishga hohishni orttiradi. Аgarda eksponat mashgʼulot vaqti foydalanilsa va bolalar uni
ushlab koʼrib, his qilish imkoniga ega boʼlsalar, ularning tushunishlari osonroq boʼladi va
muzeyning tomoshabinlari ortadi. Eksponatlar bolaning emotsional muhiti, intelekti, tafakkuri,
nutqining rivojlanishi uchun turli mashgʼulotlarda qoʼllaniladi.
Muntazam ravishda fan asoslarini oʼrganish davri oʼquvchilardan obʼektlarning murakkab
va abstrakt munosabatlarini tushunishda yuqori darajadagi dunyoqarashni talab etadi. Oʼquv
faoliyati jarayonida ularning dunyoqarashi analitik xarakterga ega boʼladi, faol va mustaqil ravishda
fikrlash, chuqur muhokama, tahlil va xulosa qilishga oʼrgatadi. Shu sababli, ularga koʼproq dialog
shaklidagi tushuntirishlar, didaktik oʼyinlar, ijodiy vazifalar va rivojlantiruvchi mashqlar asosida
ekskursiyalar tashkil etish lozim.
Maslan, birgina “Oʼzbekiston tarixi” fanining dasturi bilan tanishganda quyidagilar
namoyon boʼldi: avvalo, “Oʼzbekiston tarixi”ni oʼqitishda nazarda tutilgan vazifalarda “Yoshlarda
xalqning madaniy-maʼrifiy merosi, ilgʼor anʼanalari, milliy qadriyatlar, ahloqiy fazilatlarga hurmat,
otashin vatanparvarlik tuygʼusini, buyuk allomalarning jahon taraqqiyoti, sivilizatsiyasiga qoʼshgan
hissasini yuksaltirish, buyuk merosning munosib davomchilari hamda vorislarini tarbiyalash”ga
ham asosiy eʼtibor qaratiladi. Shu maʼnoda 5-sinfda “Vatan tarixidan hikoyalar”da eng qadimgi
davrlarga xos boʼlgan yozuvlar va hozirgi Oʼrta Osiyo hududida xorazmiylar, sugʼdiylar, saklar,
massagetlar
va
boshqa
elatlar
yashab,
binokorlik,
rassomlik,
xaykaltaroshlik
bilan
shugʼullanganliklari, hozirgi Oʼrta Osiyo xalqlarining eng qadimgi ota-bobolari boʼlib, yodgorliklar
xalqning umumiy merosi ekanligi haqida maʼlumot beriladi. Shuningdek, Toʼmaris va Shiroq
jasorati, makedoniyalik Аleksandrning yurishlari, Turk xalqlari hayoti va qahramonliklarining
bitiktoshlarda ifodalanishi, arablarning Oʼrta Osiyoga yurishlari, Chingizxon hujumi, Jaloliddin
Manguberdi va Mahmud Torobiylar qoʼzgʼolonlari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Eng muhimi, sohibqiron Аmir Temur faoliyatiga doir lavhalar Fransiya, Аngliya, Ispaniya,
Misr va boshqa mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, XVII-
XVIII asrlarda oʼzbek xonliklari davridagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy ishlar va bu borada
yaratilgan xalq amaliy sanʼati namunalari XIX asrga doir voqealar; Dukchi Eshon qoʼzgʼoloni, XX
asr boshidagi qirgʼin-qatagʼonlar; ikkinchi jahon urushi va unda Oʼzbekistonning baynalminallik va
insonparvarlik faoliyatiga doir lavhalar, hikoyalar muzeylardagi materiallar bilan bogʼlanishi
maqsadga muvofiqdir.
Dastur yakunida oʼquvchilarda shakllantiriladigan asosiy koʼnikma va malakalar keltiriladi,
lekin sanab oʼtilgan talablardan birortasi muzeylar materiallaridan foydalanish haqida xatto eslatib
oʼtilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |