Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 99,33 Kb.
bet5/5
Sana02.02.2017
Hajmi99,33 Kb.
#1621
1   2   3   4   5

Maktab ishi amaliyotida darsda maxsus tashkil qilinadigan о‘yin tarzidagi о‘quv bahslarni tez-tez uchratish mumkin. Mlsalan, bunda yukori sinf о‘quvchilari о‘qituvchilarinnng topshirig‘i bilan u yoki bu badiiy asarni turli xil nuqtai nazardan tahlil qiluvchi о‘quv va ilmiy-ommabop adabiyotlarni о‘rganadilar, yangi flzlkaviy va kimyoviy kashfiyotlarga turlicha nuqtai nazarlarni muhokama qiladilar. Bunda о‘quvchilar konseitsiyalar tarafdorlari bо‘lib chiqadilar. Tabiiyki, u yoki bu nuqtai nazarning adolatligi tо‘g‘risida о‘quvchilar uzil-kesil qarorga keladilar deb bо‘lmaydi. Bu usul biron-bir masalani chuqurroq о‘rganish uchun katta qiziqish uyg‘otadi. О‘quv bahslari turli fanlarni chuqur fakultativ о‘rganishda ayniqsa keng qо‘llaniladi. Masalan, tarix darslarida о‘qituvchilar о‘quvchilar e’tiborini ijtimoiy taraqqiyotning tuman, shahar va har bir oila hayotnda aks etishnni tahlil qilpshga tortadi.

О‘qishga havasni rag‘batlantirishning ta’sirchan usullaridan biri о‘quvchilarda quvonch hissini yaratishdir. Ma’lumki, о‘quvchi muvaffaqiyat quvonchini boshdan kechlrmas ekan, о‘quv qiyinchiliklarini yengib о‘tishdagi keyingi muvaffaqiyatlarga tо‘la ishona olmaydl. Shuning uchun ham tajrlbali о‘qituvchilar о‘quvchilar uchun topshiriqlarni shunday tanlaydilarki, ular tegishli bosqichda yechilishi oson topshiriqlarga aylanadi. Bunda ikki turli topshiriqlardan foydalaniladi, ulardan birini о‘quvchi bemalol bajara oladi va nisbatan murakkab boshqa topshiriqni yechish uchun ulda intilish bazasi yaratiladi. Muvaffaklyat vaziyati bir xil murakkablikdagi о‘quv topshiriqlarini dlfflrelslyalash yо‘li bilan ham yaratiladi. Muvaffaqiyat vazlyatini yaratishda u yokl bu о‘quv topshirlg‘lnl bajarlsh uchun qulay ma’navly pslxologik muxmtni tanlash xam muxlm rol о‘ynaydi, Qulay mikro iqlim о‘qish vaqtida isholchsizlik, qо‘rqish tuyg‘usini pasaytiradi. Bunda ikkilanish holati ishonish holati bilan almashinadi.

Ta’lim jarayoni faqatgina bilishga klziqishgagina emas, balki bir kancha boshka omillarga ham tayanadi. Bu omillar о‘quvchiga о‘qishdagi muqarrar qiyinchiliklarni bartaraf etish, ularni yengishdan quvonish va qoniqish tuyg‘usini baxsh etadi.

Ma’lumki, о‘quvchilarning о‘qishdagi burch va mas’ullik asoslari butun bir gurux usullarni qо‘llash vositasida shakllanadi. О‘quvchilarga ta’limning ijtlmoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish, ularni tegishli talablarni bajarishga о‘rgatish, о‘z majburiyatlarini muvaffaqiyatli, vijdonan bajarganliklari uchun taqdirlash, bu talablar bajarilishini nazorat qilish va zarurat tug‘ilgan hollarda о‘qishga mas’uliyat bilan yondashishdagi kamchiliklarini kо‘rsatish, tanbeh berish shu usullar jumlasiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, о‘qishda burch va mas’uliyatni shakllantirish ta’lim va tarbiya jarayonnining birligini taqozo etadi.

О‘quvchilarning о‘qishning ijtimoiy ahamiyatini anglab olishlarida ularga hozirgi jamiyatda fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi rolini tushuntirish muhimdir. О‘quvchilarga ishonarli misollar asosida umumta’lim saviyasining oshishi mehnat unumdorligining sezilarli darajada oshishiga, ishlab chikarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish keng kо‘lam kasb etishiga, mehnat jarayonlari yengillashuviga, fan yutuqlarini qо‘llash esa ishlab chiqarishda inqilobiy о‘zgarishlar yasalishiga olib kelishini tushun-tirish kerak.

О‘quvchilarda hamma fanlar bо‘yicha muvaffaqiyatli о‘qishning shaxsiy ahamiyatini tushunishni shakllantirishda о‘qituvchi bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Agar о‘quvchllar bо‘lajak mutaxassisliklariga yaqin о‘quv fanlarini о‘zlashtirishning ahamiyatini tez tushunib olsalar ularga boshqa fanlarning о‘zlashtirishning ahamiyatini tushuntirish oson kechadi. Bunda о‘quvchi texnik ixtisosini tanlasa, unga gumanitar sikl fanlarining ahamiyatini tushuntirish о‘rinli bо‘ladi.

О‘quvchilarga qо‘yiladigan talablar axloq qoidalari, fanlar bо‘yicha bilimni baholash mezonlari, ichki tartib- qoidalar va о‘rta umumta’lim maktabi nizomi bilan belgilanadi. Shuni unutmaslik kerakki, о‘qish burchi va mas’uliyatini rag‘batlantirish о‘quvchilarni о‘quv ishlari va talablarini bajarishga о‘rgatish usullari bilan olib borilishi lozim, chunki bunday kо‘nikmalarning bо‘lmasligi о‘quvchilarning о‘qishdagi qoloqliklariga, shuningdek, intizomni buzishiga sabab bо‘lishi mumkin.

О‘quvchilarni taqdirlash ular xulqi va о‘quv faoliyatidagi ijobiy jihatlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida ham qо‘llaniladi. Maktabda taqdirlash doirasi nixoyatda xilma-xpldpr. О‘quv jarayonida- bu о‘kituvchining maqtovi yuqori baho qо‘yish va boshqalardir. Jazolashning tapbeh berish va boshqa turlari ta’lim asoslarini shakllantirishda istisno eiladi, odatda bu usul faqat ilojsiz vaziyatlardagina qо‘llaniladi. Rag‘batlantirishnnpg turli usullarini mohirona kо‘llash ishigina о‘quvchilarning muvaffakiyatli о‘qishini ta’minlashi mumkin.

Ta’lim jarayonida bilim, kо‘nikma va malakalarniig shakllanganlik darajasini nazorat kilish alohida ahamiyatga ega. Shu xususda og‘zaki savol-javob shakli an’anaviy usullardan biri xnsoblanadi. Og‘zakn savol-jivob о‘quvchi- talabalarni xozirjavoblikka tayyorlaydi, mantiqiy janobni tezda fikran tayyorlab sо‘zlarda ifoda kilish kо‘nikmasini hosil qiladi. Og‘zaki savol-javob yakka-yakka va yoppasiga sо‘rash orqali amalga oshiriladi. Yakka о‘quvchidan sо‘ralganida о‘qituvchi о‘quvchiga bir nechta savol beradi. О‘quvchining javoblaridan о‘quv materialining kanchalik о‘zlashtirilganligi ma’lum bо‘ladi. Butunicha snif yoppasiga sо‘ralganida о‘qituvchi о‘zaro maitiqiy bog‘langan kator savollarni tanlaydi va ularni butun sinf oldiga qо‘yadi, о‘quvchilarni javob berishda aktivlikka chakiradi.

Og‘zaki savol-javob о‘quvchilar og‘zaki nutq madaniyatini о‘stiradi. Ularnn sо‘zamollikka, ravon adabiy sо‘zlar ishlatib mantikiy javob axtarishga, shakllangan bilimlarni sо‘zlarda ifodalashga о‘rgatadi. Albatta о‘quvchilarning ba’zilarida ogzaki nutqi rivojlanmagan bо‘ladi. Pedagogning vazifasi о‘quvchilar nutkidagi bt’zi xatoliklarni ustalpk bilan tо‘g‘rilashdan iborat. Qо‘pollik bilan berilgan tanbeh о‘quvchilarda sо‘zlash ishtiyoqini kaytaradn. Maktov, dalda berish kabi pedagogik tadbirlar о‘quvchilarda о‘ziga ishonch uyg‘otadi, sinfda musobakaviy kо‘tarinkilik ruhini uyg‘otadi, sinf jamoasini yanada birlashtiradi. Ammo shunga qaramasdan og‘zaki savol-javobga barcha о‘quvchilarni yuz foiz jalb qilib bо‘lmaydi. Buning obyektiv sabab-lari ayrim tortinchoq xarakterdagi о‘quvchllar boshkalar oldida sо‘zlashga iymanadilar, xato gapirib kо‘ysam «kulgiga qolaman» qabilida ish tutadilar.



Kо‘p hollarda nazoratning yozma shakli о‘quvchilar ichki sir-asrorlarini, kechinmalarini, yashirinib yotgan iste’dodlarini ochish imkonini beradi. Bu usul yozma nazorat, insho, bayon, diktant, yozma sinov va hokazolarni 15-20 minut yoki butun dars davomida о‘tkazilishi mumkin.

Keyingi yillarda yozma ishlarning dasturlashtiriladigan shakli о‘quv-tarbiya jarayonida keng qо‘llanilayapti. Bunda о‘qituvchi savollar rо‘yxatini tuzadi, ularning har biriga mumkin bо‘lgan javoblarni taklif qiladi, bu javoblarda bittasi tо‘laroq bо‘ladi. О‘quvchilarning vazifasi javoblar ichidan nisbatan tо‘laroq va aniqrog‘ini tanlashdir. Tabiiy, tehnikaviy fanlar bо‘yicha о‘tkaziladigan yozma ishlar chizmachilik, hisoblash, grafik masalalar, muayyan jarayonlar grafigini chizish tarzida о‘tkazilishi mumkin. Maktablardagi nazoratning nisbatan yaigi usuli-bu о‘quvchilar tayyorgarligining laboratoriyaviy nazoratidir. U sinfning yarim tarkibi bilan о‘tkaziladi, ayni vaqtda sinfning ikkinchi yarmi yozma ishni bajaradi. Bu xil nazoratda о‘quvchilarning ushbu kungacha о‘rgangan nazariy bilimlari laboratoriya sharontida sinab amalga tatbiq qilib kо‘riladi. Masalan, о‘quvchilar mehnat va fizika darslarida shtangensirkul, mikrometr, ampermetr, voltmetr, termometr kabi о‘lchov asboblarining vazifalari, tuzilishlarini о‘rgangan bо‘lsalar, laboratoriya mashg‘ulotida shu asboblardan foydalanish kо‘nikmalarini egallashadi. Unga, shuningdek, tajriba о‘tkazish talab qilinadigan, nazorat vaqtida amalga oshirsa bо‘ladigan masalalarni yechish ham kiritiladi.
Download 99,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish