Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 99,33 Kb.
bet4/5
Sana02.02.2017
Hajmi99,33 Kb.
#1621
1   2   3   4   5

Mashqlar. Kо‘nikma va malaka mashqlar orqali hosil qilinadi. Mashq - bu xarakatlarning kо‘p marotaba takrorlanishidir.

Mashq tizimi. Ishlab chiqarish ta’limi mashqlar bir tizimda olib borilishi zarur. Mashqlar tizimida aloqadorlik mavjud masalan, о‘rganilayotgan mehnat faoliyatini tо‘g‘ri bajarish, uning aniqligi, ishda aniq bir tezlikka ega bо‘lish, kasbiy mustaqillikni shakllantirish, mehnatga badiiy yondashish. Mashqlar tizimiga ikki tomonlama yondashish mumkin.



Birinchidan, didaktik maqsad: kasb malakasini shakllantirish bо‘yicha mashqlar, boshlang‘ich kо‘nikmalarni shakllantiruvchi mashqlar.

Ikkinchidan, mazmun: mehnat xarakatlarini bajarish, mehnat operatsiyalari va mehnat jarayonlarini boshqarish bо‘yicha mashqlar texnologik jarayonni boshqarish bо‘yicha mashqlar о‘tkazish.

Haqiqatdan ham kasb mahoratini egallash orqali yangi о‘quv ishlab chiqarish vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish asosida yangi maqsadlarga ham erishish mumkin. Bu esa – mashq о‘tkazishning muhim shartidir. Mehnat usullarini bajarish sohasidagi mashqlar mehnat va kasb kо‘nikmalari, malakalarni tarkib toptirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan harakatlarni kо‘p marta takrorlash bilan ajralib turadi.



Mashqlar va mustaqil ishlash. Mashq metodida «mashq» va «mustaqil ishlash» terminlari kо‘pincha birgalikda ifodalanadi. Mustaqil ishlash о‘quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishdan о‘quvchilarning mashqlar jarayonida hosil qilingan mehnat va kasb kо‘nikma va malakalarini tо‘la-tо‘kis shakllantirish, yanada takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. Didaktik maqsad-ishlab chiqarish, kasbiy mustaqillikka erishishga xizmat qiladi.

Ta’lim oluvchilarning mustaqil kuzatuvi. Bu metod, asosan, ta’lim oluvchilarning ishlab chiqarish ta’limi mehnat korxonalarida, murakkab jihozlar bilan ishlaganda qо‘llaniladi. Ta’lim oluvchilar usta rahbarligida о‘quvchilar berilgan vazifalar bо‘yicha mustaqil kuzatuvlar о‘tkazishadi. Vazifada mustaqil kuzatishning maqsadi belgilanadi, uni olib borish ketma-ketligi kо‘rsatiladi.

Ishlab chiqarish ta’limi bо‘yicha usta ta’lim oluvchilarga quyidagilarni tushuntirib beradi: vazifa, savollar, mohiyati kuzatuv ketma-ketligi, kelib chiqishi mumkin bо‘lgan qiyinchiliklar va ularni yechish yо‘llari, kimga murojat qilish, xulosalarni qanday tо‘ldirish kerakligi va hokazolar.



Yozma yо‘riqnoma. Bu metod ishlab chiqarish ta’limi darslari uchun turli instruktiv о‘quv xujjatlar, mustaqil axborot manbai bо‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarish ta’limida yо‘riqnomalar, texnologik kartalar, о‘quv algoritmi kо‘p qо‘llaniladi. О‘quv operatsiyalarini о‘rganishda instruksion kartalar (qoidalar, yо‘l-yо‘riq, bajarish, nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilish qoidalari) qо‘llaniladi. Texnologik karta kompleks tavsifdagi ishlarni bajarishda qо‘llaniladi – mehyorlar, texnik talab, о‘quv ishlab chiqarish ishlarini tashkil etish mohiyatini ochib beradi.

Instruktiv texnologik kartalar esa kompleks ishlarning boshlang‘ich bosqichda qanday bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar beradi.

Ta’lim oluvchilarga о‘quv algoritmini о‘rgatish - xizmat kо‘rsatish, buzilish holatini bartaraf etish, qiyin jihozlarni boshqarish ishni bajarishda aniq qoidalarga rioya qilish kabi talablarni о‘zida ifoda etadi.

Yozma yо‘riqnoma xujjatlari har bir joyida bо‘lsa mehnat unumdorligi oshadi.



Ishlab chiqarishning faollik metodi. О‘quv ishlab chiqarish ishlarida faollik aqliy, bilim, badiiy faolliklar sanaladi. Ular ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyatida, faoliyat turini mustaqil va maqsadni tanlashlarida va ularni ijobiy natijalarga olib kelish, mehnatni rejalashtirish, tahlil va xatoliklarga yо‘l qо‘ymaslikda kо‘rinadi. Ta’lim oluvchilarning о‘quv ishlab chiqarish ta’limidagi faollik – mashinalar, agregatlarni ishlatishdagi qobiliyati, ichki jarayonni bilish va qilingan tahlillar asosida maqsadli yechimlarga kelishlaridir.

Ishlab chiqarish ta’limidagi faollik metodiga – ishlab chiqarishda texnik masalalarni yechish kiradi: ishlov berish, tuzatish, boshqarish meyorini xisoblash, avtomatlashtirilgan jihozlar uchun boshqaruv dasturini ishlab chiqish (masalan, sonni dasturli boshqaruv stanoklari), jadval, ma’lumotlar va diagrammalardan kerakli ma’lumotlarni topish. О‘quv ishlab chiqarish ishlarida mashina, qurilma, agregatlarning kinetik sxemalari yordamida meyorlari, kо‘rsatkichlarini aniqlash, montaj tuzilmalarini ishlab chiqish.

Texnik masalalarni yechishning yuqori darajasi badiiy xarakterdagi masalalarni bajarish hisoblanadi.

Sifatni oshirish va ishlab chiqarish mehnati: о‘quv ishlab chiqarish faoliyatida о‘qituvchi yoki mustaqil ta’lim oluvchilar tavsiya etilgan tayyorlagan bir necha texnologik jarayonlar ichidan eng mukammalini topish, ish vaqti sarfi, materiallar va energetik tejash yо‘llarini ishlab chiqish, kabilarni amalga oshiradilar, shuningdek, ishlab chiqarish ta’limini о‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilar mahsulotga ishlov berish tayyorlan, yig‘ish, jihozlarni tekshirishni og‘zaki yoki yozma orqali о‘rganishadi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim oluvchilarda texnologik jarayon tо‘g‘risida tushunchalar hosil qiladi.

Ta’lim oluvchilar kо‘nikmasi oshgani sari ularga qiyinroq vazifalar topshiriladi hamda texnologik jarayon obyektlari muntazam ravishda о‘zgartirib turiladi.

Ishlab chiqarish ta’limining faollik metodi sirasiga mashqlar ham kiradi. Mashqlar ishlab chiqarsh jarayonida hosil bо‘ladigan masalalarni yechish uchun qо‘llaniladi. Bunday mashqlar ta’lim oluvchilarni ishlab chiqarish jarayonida sodir bо‘ladigan vaziyatlariga tayyorlaydi. Mashqlarni о‘tkazish uchun muayyan jarayon hosil qilinadi. Masalan, agregatlarni sozlash, texnologik meyorlarning buzilishi, ish joyida buzilish holatlarining sodir bо‘lishi. Bunday jarayonlarni ijobiy hal etish texnologik vazifa sifatida ham berilishi mumkin. Ta’lim oluvchi berilgan vazifani о‘rganib, uning aniq yoki nima sababdan buzilgani, buzilish sabablari, xatolarni tо‘g‘rilashi va yechimini topishi kerak bо‘ladi. Bunday vazifalar ta’lim oluvchilarga ikki usulda: savol va javoblar savollarning asosida berilishi mumkin. Birinchi usuldagi mashqda aniq jarayonning muhokamasi va texnologik jarayonlar mohiyati о‘rganiladi. Bu kabi vazifalar о‘qitishning boshlang‘ich bosqichlarida qо‘llaniladi. Ta’lim oluvchilar kо‘nikmasi oshgani sari mustaqil ishlab chiqarishda hosil bо‘ladigan jarayonlarni о‘rganishga qaratish lozim. Bunda 2 - usuldagi vazifalardan foydalanish kerak bо‘ladi.



6. Ta’lim oluvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini nazorat qilish. Nazorat qilishning 2 turi mavjud. Birinchidan, ta’lim oluvchilarning о‘quv faoliyatini doimiy kuzatish, ikkinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimlari va malakalarini tekshirish.

Nazariy ta’lim jarayonida nazorat qilishning asosiy metodlari, ta’lim oluvchilarning bilimlarini og‘zaki hamda yozma tekshirish, nazorat ishlari, texnik diktant о‘tkazish, texnik hujjatlar mazmuni muhokama qilish. Nazariy ta’limda ta’lim oluvchilarning bilimlarini amaliyotda qо‘llay olishini nazorat qilish, sxemalarni yig‘ish, о‘lchash, mexanizmlarni tuzatish, buzilish sabablarini aniqlash va boshqalar. Bu metodga yana laboratoriya – amaliy ishlar orqali tekshirishni ham kiritish lozim.

Ishlab chiqarish ta’limi jarayonida ta’lim oluvchilarning о‘quv ishlab chiqarishda bajargan va bajarayotgan nazorat qilishning asosiy metodlari joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar sanaladi.

Pedagogik adabiyotlarda ta’lim oluvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini nazorat qilish metodlari, turlari va shakllari tо‘liq kо‘rsatib berilgan. Shu bois yangi turdagi nazorat turlari tо‘g‘risidagina tо‘xtalib о‘tamiz.

Tashhisli nazorat turlaridan biri – test о‘tkazish. Testli nazoratning asosi test hisoblanadi, u ikki unsurdan iborat: vazifa va etalon – vazifani tо‘g‘ri, sifatli bajarish uchun namuna, ta’lim oluvchilar bilimlarini taqqoslash.

Nazariy ta’lim jarayonida test 2 usulda о‘tkaziladi.

Birinchisi – tashkil qiluvchi sifatida, dasturlashtirilgan ta’lim, nazorat (dasturiy nazorat), qayta aloqa tizimi. «Ta’lim oluvchi – texnikada dasturli ta’lim – о‘qituvchi», «ta’lim oluvchi – dasturli ta’lim – о‘qituvchi»

Ikkinchi usul – mustaqil nazorat qilish metodi. Ishlab chiqarish ta’limida test о‘z-о‘zini mustaqil nazorat qilish metodi hisoblanadi. Ishlab chiqarish ta’limi о‘quv jarayonining har bir bosqichda testlar о‘tkazish mumkin.



Nazariy ta’limda ta’lim oluvchilarning bilim va kо‘nikmalarini test orqali tekshirish

Ta’lim oluvchilarning bilim va kо‘nikmalari ularning faoliyatlarida kо‘rinadi, foydalanilgan axborotlar reproduktiv va produktiv bо‘lishi mumkin. Qar bir tur о‘quv faoliyatda mustaqil yoki muayyan yordam bilan bajarilishi mumkin.

Reproduktiv faoliyatda aytib berish orqali о‘qituvchilar tomonidan aniqlik kiritish, yо‘riqnoma, ma’lumotnoma, kitob va boshqa axborot manbalari asosida faoliyatni tо‘g‘ri bajarilishiga yordam beradi.

Produktiv faoliyatda yordam berishning asosi – algoritm va faoliyat turlari, ularning vazifalar bо‘yicha yangi algoritmlar olishdir. Mustaqil produktiv о‘quv faoliyatida – izlanish unsurlari, о‘quv ijodiyoti, mustaqil faoliyat yuritish, ta’lim oluvchilarda yangi bilim va kо‘nikmalarni subyektiv shakllantirish.

Ta’lim oluvchi qobiliyatiga kо‘ra ta’lim faoliyatini turli darajalarga jalb etilishi mumkin, ularning har birini о‘z maqsadlari bor. Qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan 4 darajani kо‘rsatish mumkin.

1. Tanib olish.

2. Tipovoy.

3. Evristik.

4. Ijodiy.

I - darajadagi testlar ta’lim oluvchilarga obyekt tо‘g‘risida ma’lumotlar berish xarakatlarni bajara olishlarini tekshirish uchun mо‘ljallangan. Bunday testlarga: tanib olish testlari, turli xil testlar misol bо‘ladi.

II-darajadagi testlar – ta’lim oluvchilar mustaqil bilimni aqlan qabul qilishlari va avval egallangan bilimlarni qо‘llashlari uchun mо‘ljallangan. Ularga – tipovoy mashq testlari, javoblarni loyihalash testlari, tipovoy vazifa testlari.

III-darajadagi testlar – ta’lim oluvchilar qobiliyatini evristik tipdagi produktiv xarakat orqali aniqlash, ularga tipovoy bо‘lmagan vazifa va tipovoy bо‘lmagan masalalarni hal qilish.

IV-darajadagi testlar – egallagan bilimlardan ijodiy foydalanish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, ularga – muammoli testlar kiradi.


О‘zlashtirish darajalari

О‘zlashtirish darajalarining tavsifi

Ishlab chiqarish ta’limi

I reproduktiv. Mustaqil emas

Faoliyat usta-kuzatuvchi bilan birga amalga oshiriladi, о‘qituvchi bergan instruktiv kо‘rsatmalar, taklif, hujjatlar asosida yozma yо‘riqnoma instruktiv texnologik kartalar, о‘quv algoritmi, ishlab chiqarish yо‘riqnomasi, tipovoy qoidalar. olib boriladi.

Mehnat, ish operatsiyalari va harakatlari, qiyin bо‘lmagan ishlarni bajarishni о‘rganish, о‘zlashtirish

II reproduktiv. Mustaqil

Tipovoy algoritmlar asosida mustaqil о‘qlashtirish tashkil etiladi. (ishning texnologik ketma-ketligi, bosqichlari, unsurlari)

О‘rtacha og‘irlikdagi kompleks tavsifdagi ishlarni bajarish: harakatlar, yangi asbob va jihozlarni qо‘llab ishlash turlari hamda yangi texnologiyalarni о‘rganish.

III produktiv mustaqil

Mustaqil tayyorlangan algoritmlar asosida о‘zlashtirish olib boriladi. Tipovoy bо‘lmagan xollarda ta’lim oluvchilar о‘zlari mustaqil xulos chiqarishadi.


Ta’lim oluvchilarning malakasini oshirish uchun attestatsiya: kasbiy bilimi va kasbiy mahoratining shakllanganligini tekshirish

IV mustaqil ijodiy

Ijodiy faoliyat jarayonida bilim va malakalaridan foydalaniladi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ratsionalizatorlik ishlarini olib borishadi.




7. Ta’lim metodlarini tanlash. Ta’lim metodining umumiy tavsifida kо‘rsatilganidek, har bir metodning ta’lim jarayonida aniq vazifalari bor. Ta’lim jarayonida bir necha metodlar qо‘llaniladi. Bu metodlar bir-biriga bog‘liq bо‘lib, о‘qituvchi-ta’lim oluvchi о‘rtasidagi о‘zaro faoliyat mohiyatini tavsiflaydi. О‘qitish jarayonida metodlarning о‘rni va vazifalari belgilab olinganda ularni tanlash onson bо‘ladi.

Metodlarni tanlashda ularning mezonlarini kо‘rib chiqish kerak bо‘ladi. Mezonlardan biri - metodlarning didaktik qoidalarga mos kelishi shartidir.

Keyingi mezon esa – metodlar mazmunining ta’lim maqsad va vazifalarini ta’lim oluvchilarni tarbiyalash va о‘stirish bilan mosligi uchun xizmat qilishidir.

Jadvalda metodlarni tanlash uchun yordam beradigan ta’lim metodlarining о‘zaro taqqoslanishi kо‘rsatilgan.

Ta’lim metodlarini tanlashning uchinchi mezoni – metodlar mazmuni ta’lim mazmuniga mos kelishidir. Mazmunlardan biri induktiv metod orqali yaxshi yoritib berilishi, boshqasi esa – deduktiv metod yordamida yoritib berilishi mumkin. Muayyan dars jarayonida muammoli izlanish metodini qо‘llash, boshqa bir dars jarayoni uchun tо‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Metod tanlashning mezonlaridan biri о‘quv jarayonini tashkil qilish shakllari, umumiy guruh, guruh (brigada) va yakka tartibdagi ishlar uchun ta’limning turli metodlaridan foydalanishning zarurligidir. Ta’lim metodini tanlashda о‘qituvchi о‘zi imkoniyatlari va pedagogik bilim darajasiga asoslangan holda ta’lim metodini tanlasa, bu orqali yuqori darajadagi о‘quv tarbiya natijalariga erishishi mumkin bо‘ladi.


Ta’lim metodlari


Yutuqli (+) yoki yengil (-) masalalarni yechish

shakllantirish

rivojlantirish

Nazariy bilim-lar

Amaliy bilim-lar

Ama-liy malaka

Abstra-kt fikr-lash

Kо‘r-gazma-li

Mus-ta qil

Nutq

sо‘z


Qizi-quv-chanlik

1

Suhbat

+

+

-

+

-

+

+

+

2

Kо‘rsatish

-

+

+

-

+

+

+

+

3

Amaliy

-

+

+

-

+

+

-

+

4

Reproduktiv

+

+

+

-

-

-

-

+

5

Muammoli izlanuvchan

+

-

-

+

-

+

+

-


6

Induktiv

+

+

+

+

+

+

+

+

7

Dedutiv

+

-

-

+

+

+

+

+

8

О‘qituvchi boshchiligida

+

+

+

+

+

-

-


+

9

О‘quvchilarni mustaqil ishlashi

+

+

+

+

+

+

+

+


8. Kasb ta’limida о‘quvchilarning о‘quv faoliyatini aktivlashtirishning noan’anaviy metodlari. Agar ta’lim jarayoni о‘quvchida faol harakat, bilim va kо‘nikmalar orttirish ishtiyoqini uyg‘otsagina samarali kechadi va sifatli natijalar beradi.

О‘quv faoliyatini bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullari - og‘zaki, kо‘rgazmali va amaliy, reproduktiv, qidiruv, induktiv hamda diduktiv, shuningdek, mustaqil ish usullaridan foydalaniladi. Ta’lim jarayonida rag‘batlantirishning asoslash vazifasini о‘taydigan bu usullarni shartli ravishda ikki guruhga, о‘quvchilarning bilish ishtiyoqini uyg‘otuvchi hamda ta’limda burch va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantiruvchi usullardan iborat guruhga ajratish mumkin.

Bu jarayonda о‘quv faoliyati, uning mazmuni, shakli va amalga oshirish usullariga munosabatda ijobiy hissiyotning yuzaga kelishini ta’minlash muhimdir. Qissiy holat, doimo ruhiy tо‘lqin iztirobi bilan hozirjavoblik, xamdardlik, quvonch, g‘azab, hayratlanish о‘zaro bog‘liqdir. Shuning uchun ham diqqat, eslab qolish, anglash jarayonlariga bunday holatda о‘quvchining chuqur ichki kechinmalari qо‘shiladiki, bu jarayonni qizg‘in kechadigan qiladi va maqsadga erishish ma’nosida ancha samarali bо‘ladi.

Masalan, tajribali о‘qituvchilar о‘quvchilar bilan urush mavzuini о‘rganishda shunday material va faktlarni tanlaydilarki, ular о‘z badiiyligi, yorqinligi hamda hissiyligi vositasida ularda fashizmga nafrat kechinmalarini, jonajon xalqidan faxrlanish, bu murosasiz jangdagi buyuk g‘alabadan shodlanish tuyg‘usini uyg‘otadi.

Ta’limni hissiy rag‘batlantirish usullaridan biri, darsda qiziqarli vaziyatni yaratishdir. Bunda gap о‘quv jarayoniga qiziqarli misollarni, tajribalarni, faktlarni kiritish ustida boradi. Masalan, fizika kursida «fizika rо‘zg‘orda», «fizika ertaklarda» kabi misollar bо‘lishi mumkin. Bunday qiziqarli faktlarni tanlash о‘quvchilarda hozirjavoblikni shakllantiradi. Bu ish kо‘pincha о‘quvchilarning о‘ziga topshiriladi.

Tajribali о‘qituvchilar о‘qishga qiziqishni oshirish uchun ulug‘ olimlar va jamoat arboblari hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy adabiyot dan parchalarni tahlil qilishdan foydalanadilar.

Qissiy kechinmalar hayratlanish usulini qо‘llash yо‘li bilan ham hosil qilinadi. Qeltirilgan faktning odatdagiday emasligi, darsda namoyish qilingan tajribaning favquloddaligi, ma’lumotlarni mohirona qiyoslash, misollarning ishonarli bо‘lishi о‘quvchilarda chuqur hissiy kechinmalarni tug‘diradi.

Rag‘batlantirishning usullaridan biri ayrim tabiat hodisalarini ilm-fan nuqtai nazaridan kelib chiqib tushuntirishdir. Masalan, bunda о‘quvchilarga vaznsizlik holati, erkin tushish va suzish qonunlarining ilmiy hamda hayotiy talqinlarini taqqoslash taklif qilinadi.

Dars davomida hissiy vaziyatnn yaratish uchun о‘qituvchi nutqining badiiyligi va yorqinligi katta ahamiyat kasb etadl. О‘qituvchining nutqi bularsiz ham axborot sifatida foydali bо‘lsa-da, lekin u о‘quvchining о‘quv - bilish faoliyatini rag‘batlantirish vazifasini keraklicha oshirolmaydi. Qiziqishni shakllantirish usullari nutqning badiiyligi, obrazliligi va yorqinliligini ta’minlash bilan birga о‘z navbatida о‘quv faoliyatiga ijobiy munosabatni uyg‘otishi hamda bilishga qiziqishni shakllantirishda dastlabki qadam bо‘lib xizmat qilishi ham kerak.

О‘quv faoliyatiga qizikishning asosiy manbai, avvalo, uning mazmunidir. Bu mazmun kuchli rag‘batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatish uchun ta’lim prinsiplari qator talablarga javob berishi lozim. Bunda ta’lim mazmunining rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshiradigan ayrim maxsus usullari ham mavjuddir. Ularga birinchi navbatda yangilik va dolzarblik vaziyatlarini yaratuvchilik mazmunini, fan hamda texnikaning eng muhim kashfiyotlarini zamonaviy madaniyat, san’at, adabiyot yutuqlariga, ijtimoiy-siyosiy va xalkaro hayot hodisalariga yaqinlashtirishni kiritish mumkin. Ana shu maqsadda о‘qituvchi mamlakat jamoatchiligida alohida qiziqish uyg‘otayotgan, vaqtli matbuotda e’lon qilinayotgan, televideniye va radio orqali berilayotgan faktlar, rasmlarni maxsus tanlaydi. Ana shundagina о‘quvchilar darsda о‘rganilayotgan masalalarning muhimligini yorqin va chuqur his qiladilar va shunga asosan unga katta qiziqish bilan yondashadilar.

О‘qishga qiziqishni rag‘batlantirishning muhim usuli sifatida bilishga doir о‘ynnlarni aytish mumkin. U о‘quv jarayonida о‘yin vaziyatini yaratadi. О‘yin о‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi vosita sifatida allaqachon tan olingan. Masalan, sayohat, elektroviktorina kabi о‘yinlar yordamida muayyan tumanlarning hayvonot dunyosi, samolyot va kemalar о‘rganiladi.

Ta’limni rag‘batlantirish va asoslash usullariga bilish bahsi ham kiradi. Ma’lumki, haqiqat bahslarda tug‘iladi. Bahs mavzuga katta qiziqnshni ham uyg‘otadi. Ba’zi о‘qituvchilar ta’limning bu faollashtirish usulidan mohirona foydalanadilar. Ular avvalo u yoki bu muammo yuzasidan turli ilmiy nuqtai-nazarlar kurashining tarixiy faktlarini taqqoslaydilar. Masalan, «Tarbiyadagi bо‘shliqdan qо‘rqish» tarafdorlari bilan atmosfera bosimi tо‘g‘risidagi ta’limot tarafdorlari о‘rtasidagi kurash tо‘g‘risida hikoya qiladilar. Natijada atmosfera bosimi hodisasini о‘quvchilar qiziqish bilan о‘rganishadi. Ilmiy baxslar fan rivojining hozirgi bosqichida ham davom etyapti. Mana shuning uchun ham yuqori sinf о‘quvchilari fizikadagi elementar bо‘laklarning jadvalini tuzishga turlicha yondashish, yerdagi iqlimning о‘zgarishi sabablariga oid turlicha fikrlarni solishtiradilar. О‘quvchilarni ilmiy bahslar vaziyatiga jalb qilish ularning bilimni tegishli masala bо‘yicha chuqurlashtiribgina qolmasdan, ularning diqqatini ixtiyorsiz ravishda mavzuga ham jalb etadi. Mana shu asnoda ularni ta’limga intilishga olib keladi. Buning uchun, masalan, о‘quvchilarga u yoki bu xodisaning sababi tо‘g‘risida о‘z fikrlarini aytishlari u yoki bu nuqtai nazarni asoslashlari taklif qilinadi. Bunda «Kim boshqacha о‘ylaydi?» kabi savollar an’anaviy bо‘lib qolgan. Agar bunday usul bahs qо‘zg‘asa, о‘quvchilar beixtiyor u yoki bu izohlarning tarafdorlari yoki raqiblariga aylanadilar va о‘qituvchilardan asoslangan xulosani kiziqish bilan kutadilar. Shunday kilib, о‘quv bahsi о‘qishga qiziqishni rag‘batlantiruvchi usul rolini о‘ynaydi.


Download 99,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish