Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 99,33 Kb.
bet3/5
Sana02.02.2017
Hajmi99,33 Kb.
#1621
1   2   3   4   5

Eslatma: guruhlar faoliyatini baholash uchun yuqoridagi jadvalning birinchi ustuniga “guruhlar royxati” jumlasi qoyiladi. Biroq guruhning to’plagan ballari talabalarning reyting bali hisobiga kiritilmaydi. Siz talabaga hamkorlikda ishlash uning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilishini tushuntirishga tayyor bo’ling.


5-ilova

O’quv metodik hujjatlar


Ta`lim metodi deganda o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyat yo’llari tushuniladi. Bularning yordamida o’quvchilar bilim,malaka ko’nikma, kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, aqliy va jismoniy kuch va ijodiy qobiliyat rivojlanadi.

Model” tushunchasi ilm-fanning ko’p sohalarida qo’llaniladi. Model – sxema, fizik konstruktsiyalar, belgili shakllar va formulalar ko’rinishida sun`iy hosil qilingan ob`ekt bo’lib, u tadqiq qilinayotgan ob`ektga o’xshash bo’ladi, uning tuzilishini, xususiyatlarini, ob`ektning elementlari orasidagi o’zaro aloqalar va munosabatlarni sodda va tushunarli tarzda aks ettiradi

Modellashtirish tadqiqotchilik faoliyatining yaxlit turkumini aks ettirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchi turkum mohiyatini sinchiklab o’rganib chiqadi. Zero, u yakuniy model sifatida nazariyani xulosa va g’oyalar bilan boyitadi. Demak, modellashtirish tanlangan ob`ekt turkum ko’rinishida tasavvur etishga imkon beradi

Og’zaki metodlarga o’quv materialining o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon qilinishiga, hikoya, tushuntirish, suhbat o’quvchilarning texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlashi yozma instruktsiya berish, ovoz yozuvchi televidenie kabilar kiradi.


Materialni og’zaki bayon qilish - kasb ta`limida hikoya qilish, tushuntirish, ma`ruza, suhbat, o’quv materialini og’zaki bayon qilishning asosiy metodlari hisoblanadi.

Hikoya - o’kituvchi tomonidan o’quv materialini tartibli, mantiqiy, izchil, nisbatan kengroq bayon qilishda foydalaniladi. U puxta reja asosida tuzilishi, materialni bayon qilishda noaniqlikka yo’l qoymaslik uchun barcha detallari bilan tayyorlanishi lozim.

Tushuntirish - hikoyaga yaqin bo’lgan ta`lim metodi hisoblanadi. Kasb ta`limida hikoya va tushuntirishdan alohida holda kam foydalaniladi. Masalalarni bayon qilishda, masalan: mashinalar, mexanizmlar tuzilishi yoki texnologik jarayonlarning borishini bayon qilishda ko’pincha hikoya va tushuntirish birga qo’shib olib boriladi. Hikoya tushuntirish muvaffaqiyatli o’tkazilishi uchun o’qituvchi o’quvchilarning amaliy tayyorgarligini hisobga olgan holda etkaziladigan materialni qabul qila olishlarini tasavvur qilish kerak.

6-ilova


1. Azizxо‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - TDPU. Toshkent., 2003. - 176 b.

2. Davlatov K., Vorobyov A., Karimov I. Mehnat va kasb ta’limi nazariyasi hamda metodikasi. - Toshkent., О‘qituvchi, 1992. - 320 b.

3. Kasb ta’limi uslubiyoti / Olimov Q.T., O. Abduqudusov, L. Uzoqova, M. Ahmedjonov, D. Jalolova. - Toshkent., Iqtisod moliya, 2006. - 192 b.

4. SH.S.Sharipov, A.I.Vorobyov, N.A.Muslimov, M.Ismoilova Kasbiy ta’lim pedagogikasi. - Toshkent., 2005. - 58 b.

5. Tolipov О‘.Q., M.Barakayev, SH.S. Sharipov Kasbiy pedagogika. – Toshkent.: 2003. – 88b.

6. Yо‘ldoshev G‘.J., S.A. Usmonov Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent., О‘qituvchi. 2004. – 104b.

7. Haydarov B., B.Nuridinov va boshqalar Ta’lim samaradorligini oshirish yо‘llari. – О‘MKHTRI. Toshkent.: 2002.- 184b.



Asosiy adabiyotlar



MA’RUZA MATBI
MAVZU: KASB-HUNAR TA`LIMINI AMALGA OSHIRISH METODLARI

1. Kasb-hunar ta’lim metodlarining umumiy tavsifnomasi. Kasb ta’lim metodalri deganda о‘qituvchi, o’quv ustasi va о‘quvchilarning birgalikda bajaradigan faoliyat usullari tushuniladi va bu usullar о‘quvchilarning texnik-texnologik bilimlar, kо‘nikma va malakalarni egallashlariga, mustaqil ravishda bilim olish va bu bilimlardan amalda foydalanish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bо‘ladi.

Ta’lim metodlaridan unumli foydalanishimiz uchun ularni bir tizimga keltirib olishimiz zarur.

Pedagogik amaliyotda kasb-hunar ta’limida quyidagi metodlar – og‘zaki metodlar (og‘zaki bayon, tushuntirish, suhbat), (instruktiv materiallar), kо‘rgazmali metod (kо‘rgazmalar, kino, videofilm, slaydalar, kuzatuv…), amaliy metod (kitob bilan ishlash, mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlar)lardan keng foydalaniladi.

Didaktik vazifalarga bog‘liq holda quyidagi metodlar qо‘llaniladi – bilimlarni hosil qilish, kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni qо‘llash, mustahkamlash, bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish.

Ta’lim oluvchilarning о‘quv faoliyatiga mos ravishda ikki metod ajratiladi va ular 2 guruhga birlashtiriladi: reproduktiv va muammoli izlanish metodlari.

Ta’lim metodini 3 ta asosiy guruxga bо‘lishimiz mumkin:



  1. О‘quv bilish va о‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodi.

  2. О‘quv faoliyatiga qiziqtirish va rag‘batlantirish metodi.

  3. О‘quvchilar о‘quv faoliyatini samaradorligini nazorat qilish va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodi.

Metodning har bir guruhi ham о‘z navbatida kichik guruhlarga bо‘linadi, ularning alohida metodlari bо‘lib, ular ta’lim jarayonining quroli hisoblanadi.

О‘quv bilish va о‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodiga quyidagilar – suhbat, kо‘rgazmali va amaliy metod, о‘qituvchi boshchiligida induktiv yoki deduktiv reproduktiv yoki produktiv yо‘nalishlardagi metodlar kiradi.

О‘quv faoliyatiga qiziqtirish va rag‘batlantirish metodiga – о‘quv bilish va о‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish hamda о‘qish faoliyatiga qiziqtirish metodlari kiritilgan.

О‘quv faoliyati samaradorligini va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodiga – og‘zaki, yozma va amaliy nazorat о‘z-о‘zini nazorat, hamda bilim darajalari bо‘yicha testlar о‘tkazish kabi metodlar kiritiladi.

Ta’lim metodi – kо‘p manoli tushuncha hisoblanadi. Bu metodlarni bir-biriga qarama-qarshi qо‘yib bо‘lmaydi, balki ulardan kerakli о‘rinda unumli foydalanish zarurdir. Har doim metodlar bir-birini tо‘ldirib keladi, о‘qituvchi va ta’lim oluvchilar о‘rtasidagi faoliyatda keng qо‘llaniladi. Agar aniq bir metod muayyan vaqtda keng qо‘llanilayotgan bо‘lsa, bu metod shu vaqt (jarayon)da didaktik vazifalarni yechish uchun juda muhim va qulaydir.

Har bir metod boshqa bir metod yordami bilan qо‘llaniladi. Masalan, reproduktiv va muammoli-izlanish metodi suhbat, kо‘rgazmalar, amaliy faoliyat yordamida qо‘llaniladi. Shu navbatda suhbat, kо‘rgazmali va amaliy faoliyat metodlari ham reproduktiv yoki izlanish metodlari orqali qо‘llanilishi mumkin.

Metodlarning nomlaridan ham shuni kо‘rishimiz mumkin: muammoli bayon, evristik suhbat, izlanish, tajribaviy-amaliy ishlar, kuzatuv va hokazolar.

Mazkur metodlar nomlari о‘zida ularning yо‘nalishlari mazmuni hamda qо‘llanilish maqsadini ham ifoda etadi.

О‘quv jarayonining eng muhim jihati ushbu metodlarning turlarga bо‘linishi emas, balki о‘qituvchining chuqur bilimga ega bо‘lishi, metodlardan unumli foydalana olishi, ta’lim oluvchilarga о‘quv hamda о‘quv ishlab chiqarish faoliyatida mazkur metodlarni tо‘g‘ri qо‘llay olishga о‘rgatishdan iboratdir.

Ta’lim metodlari о‘quv jarayonini samarali tashkil qilishga yordam beradi. Shunga kо‘ra ularning uch jihatini kо‘rishimiz mumkin: umumdidaktik va xususiy metodik.

Umumiy didaktik jihat – о‘zida obyektiv mohiyatni, didaktik metodning imkoniyat va talablarini aks ettiradi, bu esa о‘quv jarayoni davriga bog‘liq bо‘lmagan holda amalga oshiriladi.

Xususiy didaktik jihat – metodning ta’lim jarayoni davrlarida qо‘llash sharoiti hamda ta’lim mazmunining о‘ziga xos xususiyatini ifoda etadi.

Xususiy metodik jihat – metodlarning umum didaktik va xususiy – didaktik tavsifiga asoslanadi va alohida predmetlarni xususiy metodik jihatdan о‘rganilishini ifoda etadi.

2. Nazariy ta’lim metodlari. О‘quv muassasalarida boshlang‘ich kasbiy ta’limni о‘qitishning nazariy asoslari quyidagi bosqichlarda о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtiriladi: umumiy ta’lim, umumiy texnik ta’lim va kasbiy ta’lim.

Umumiy ta’lim fanlari bо‘yicha ta’lim metodlarining umumiy didaktik, xususiy didaktik va xususiy metodik jihatlari pedagogik adabiyotlarda chuqur bayon qilib berilgan.

Umumtexnika va kasb fanlarini о‘qitish metodlari aksariyat xalqlarda о‘ziga xos mazmuniga kо‘ra aniqlanadi, ya’ni:


  • kо‘p xususiyatli tuzilma, obyektlarni turli xil yо‘nalishlarda о‘rganish;

  • materialning keng qamrovligini, ta’lim oluvchining turli xil usullar asosida bilimlarni qabul qilishi;

  • ta’lim oluvchilarning ishlab chiqarish ta’limi jarayoni bilan mustahkam aloqadorligi;

  • materialning keng qamrovligi, tajribaviy izlanish soni va sifati jihatidan, xizmat kо‘rsatish usullarini amaliy о‘rganish.

  • о‘quv materiali mazmunida yangi texnika va texnologiyalar va imkoniyati mahalliy shart-sharoitlarning aks ettirish.

Ta’lim metodlaridan foydalanishda bularni inobatga olish zarur.

О‘quv (bilish) faoliyatini tashkil qilish metodlari.

Suhbat metodi. Og‘zaki bayon. Umumtexnika va kasbiy fanlarni о‘rganish о‘quv materialini og‘zaki bayon etish, gapirib berish va tushuntirish orqali amalga oshiriladi, bunda mavzuni tо‘liq taqqoslaniladi, isbotlanib, misollar asosida tushuntiriladi.

- Bayon qilinayotgan material ta’lim oluvchilarning tushunishlari uchun qiyin bо‘lgan, yangi ma’lumotlar berilayotgan, mehnat faoliyatini bajarilish yо‘llarining tushuntirilib berilishi talab qilingan xollarda og‘zaki bayon qilish metodidan foydalaniladi.

Umumiy talablardan quyidagilarni ajratib olamiz:


  • aniq ilmiy – texnik mazmun;

  • mantiqiylik va ketma-ketlik;

  • ta’lim oluvchilarga tushunarli va oson yetib boradigan;

  • har bir bosqichda fikrni aniq va ravshanligi;

  • о‘quvchilarning ehtiborligini, faolligini oshirish;

Suhbat. Bu kasb ta’limining shunday usulidirki, unda о‘qituvchi savollar yordamida ta’lim oluvchilarning ilgari о‘qlashtirilgan bilimlari asosida ularni esga tushiradi hamda mustaqil ravishda yangi bilimlar xosil qilishga undaydi.

Ta’lim oluvchilarning о‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish savol-javob metodi orqali ham amalga oshiriladi. Bunday suhbat evristik suhbat deyiladi.

Suhbatning didaktik mohiyati о‘qituvchi ta’lim oluvchilar oldiga savol-javoblar qо‘yib, ularning mantiqiy manolari yechiladi va о‘quvchilarda о‘quv materiali bо‘yicha aniq fikrlar hosil qilinadi. Bu orqali о‘qituvchi о‘quvchilarga oldin egallagan bilimlaridan, kuzatuvlaridan, hayotiy va ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanishga, ularni taqqoslashga, mantiqiy xulosalar chiqarishga yordam beradi.

О‘tkazilgan umumiy suhbatlar ta’lim oluvchilarning qiziqishi va diqqati oshishiga, bilimlarni yaxshi egallanishi olib keladi. Lekin suhbat metodi og‘zaki bayon metodidan kо‘ra murakkabroqdir. Mazkur metod о‘qituvchidan darsga puxta tayyorlanishni talab qiladi.

Umumtexnik va kasb fanlarini о‘rganishda evristik suhbatning quyidagi shartlariga amal qilish talab etiladi:


  • о‘quv materialining mazmuni mantiqiy tо‘g‘ri tuzilgan bо‘lishi shart;

  • yangi о‘quv materialini о‘rganish jarayonida kо‘proq texnik va texnologik xujjatlar mazmunini muhokama qilish maqsadga muvofiq;

  • suhbatni boshqa metodlar va о‘quv ishlar turlari bilan qо‘shib о‘tkazish kerak (tushuntirish, kitob bilan ishlash, kuzatuv).

Evristik suhbatda savollar keng qamrovli tuzilgan bо‘lishi lozim. О‘uyidagi savollarni kо‘rsatish mumkin:

  • fanlarni qarama-qarshi qо‘yish, ularning mazmuni, о‘qitish jarayoni, dalillar va boshqalar;

  • ta’lim oluvchilarning turli vaziyatlarda о‘z bilimlaridan foydalana olishlarini aniqlash;

  • mavzu mohiyatini tashhizli tushuntirish;

  • istotlash «ha» yoki «qarshi»ga dalil qilish;

  • fanlararo bog‘liqlikni о‘rnatish.

Suhbat о‘tkazishda uning mantiqiy rejasiga qathiy rioya qilish kerak, savol-javoblarning ketma-ketligi shunday tuzilgan bо‘lishi kerakki, unda mavzu murakkablashib, rivojlanib borishini о‘quvchi sezishi lozim.

О‘qituvchi suhbatni xulosa bilan tugatishi kerakdir.



Ta’lim oluvchilarning kitob bilan ishlashi. Ilmiy va amaliy pedagogikada ta’lim oluvchilarning kitob bilan ishlashlarini bir qator metodik turlari kо‘rsatilgan: tez о‘qitish, konspekt olish, asosiy ularning aniqlash va reja tuzish; misollar muhokamasi, nazorat savollariga javob va hokazolar.

Biroq texnika va texnologik kitoblar bilan ishlaganda mazkur usullarni tо‘liq qо‘llash mumkin emas.

Texnik fanlar yuzasidan ta’lim oluvchilarning kitob bilan ishlashlari jarayonida texnika va texnologiya bо‘yicha materialni, vazifani yaxshilab о‘rganish kerak bо‘ladi. Bu vazifalarni tabliо‘a tо‘ldirish orqali ham о‘rganish mumkin. Jadvalda quyidagi grafiklar bо‘lishi kerak: mashinaning ahamiyati, mexanizmlari, qismlari, qismlarning vazifalari.

Kо‘rgazmali metod.

Insondagi tashqi olmni sezishining eng muhim organi – kо‘zdir. Olimlarning fikricha, 80% axborot miyaga kо‘z orqali uzatiladi. Ish operatsiyalarining 80% kо‘z orqali bajariladi. Ushbu dalillardan kо‘rishimiz mumkinki, ta’lim jarayonida kо‘rgazmali metod katta ahamiyatga egaligini.

Umumtexnik va kasb ta’limi fanlari bо‘yicha kо‘rgazmali metod tabiiy (asbob, dastgoh, detall, jihoz, material namunalari) va tasviriy (plakatlar, model, maket, sxema, kino-videofilm, slayda, kinoproyeksiya, kompyuter, meltimedia…) jihozlar vositasiga qо‘llaniladi. Kо‘rgazmali metodning vazifalari turlicha bо‘lishi mumkin. О‘qituvchi mavzu tushuntirishda yoki bir xil xollarda о‘rganilayotgan fan bо‘yicha aniq kо‘rgazma sifatida, yangi axborotlarni berishda kо‘rgazmali metoddan samarali foydalanish mumkin.

О‘quv jarayonida kо‘rgazmali metodning qо‘llanilishi didaktik qonunlarga muvofiq bо‘lishi darkor, kо‘rsatmali metodni qо‘llash bu maqsad emas, balki maqsadga erishishi yо‘lidir.

Ta’lim oluvchilarga savollar berilib, kо‘rgazmali metod orqali kino-videofilmni yoki о‘quv telefilmni qо‘yiladi, shundan sо‘ng ta’lim oluvchilar о‘zlari chiqargan xulosa asosida turli vazifalarni bajarishadi.

Mehnat va hunar usullarini kо‘rsatish vaqtida о‘qituvchi о‘quvchilarning diqqati va qiziqishini kо‘rsatilayotgan narsaga qaratishi, ularning mehnat harakatlarini faol va ongli ravishda zlashtirishga undashi zarur.



3. Amaliy ta’lim metodlari. Mashq amaliy metodning asosiy metodlaridan biri hisoblanadi. Mashq о‘tkazishning asosiy maqsadi о‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilar texnika va kasbiy fanlar bо‘yicha egallagan bilimlarini amaliyotda qо‘llay olish borasidagi kо‘nikmalarga bо‘lishlari taminlashdan iboratdir. Tlim oluvchilarning bilimlarini mustahkamlashda ham mashqlarning о‘rni katta. Barcha mashqlarni 3 ta asosiy tipga ajratish mumkin: reproduktiv badiiy, izlanuvchanlik.

Reproduktiv mashq - bu tipdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar qurilmaning tuzilishi, materiali, asbob-uskunalar, yozma vazifalarini о‘rganishadi. Reproduktiv mashqda chizma, sxema, grafik va diagrammalar muhokama qilinadi hamda ta’lim oluvchilar tomonidan ular bajaradi. Kasbiy fanlar bо‘yicha texnik xujjatlar – stanok pasportlari va texnologik kartalarni о‘rganish mumkin.

Bu mashqda berilgan mazmundagi bilimlarni qо‘llashilgandir.

Badiiy mashq. Ta’lim oluvchilar bu turdagi mashqlarni bajarishda egallagan bilim va malakalaridan turli xil kombinatsiyalarda foydalanishadi, yahni oldiga qо‘yilgan vazifalar yuzasidan mustaqil ravishda original javoblarini topishadi. Badiiy mashq turlaridan biri produktiv masalalarni hal qilishdir, ya’ni, tanlash (asbob, ishlov berish turi, sozlovchi mexanizm), taqqoslash va baholash (ishning bajarilish yо‘li, asboblarning qо‘llanilishi, jarayonlar) aniqlashga bog‘liq bо‘lgan (texnik talab, aloqadorlik), turli xil texnik jarayonlarni tushuntirish. Bu turdagi mashqlar orqali о‘rganilayotgan mashina, mexanizm, qurilmalarining sxemalari tuziladi. Ta’lim oluvchilar bu orqali ikkinchi darajalisidan asosiysini, keraklisini ajratib olishadi.

Izlanish mashqi – bu ham egallangan bilimlarni mashqlarda badiiy qо‘llash usuli bо‘lib, ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini о‘stirishga yordam beradi. Izlanish metodining texnika va kasbiy fanlarga tegishlik bо‘lgan turlari.

Tashhisli mashqlar. Ular 3 ta bosqichda yо‘lga qо‘yiladi. Birinchi bosqichda о‘quvchilar – nuqsonlarning buzilish sabablarini о‘rganishadi, buzilishlar bо‘yicha jadvallar, vazifalar – kartochkalar tuziladi. Ikkinchi bosqichda esa – ta’lim oluvchilar turli vaziyatlardan chiqa olishni о‘rganishadi.

Tashhisli о‘qitishning oxirgi bosqichida – tashhisli masalalarning yechilishini о‘rganishadi.

Izlanish mashqlar sirasiga yana konstruktorlikni ham kiritish mumkin. Ular kо‘pincha bir tizimda olib borilib, sekin-astalik bilan ta’lim oluvchining mustaqil va texnik fikrlash qobiliyatini oshirib boriladi.


  • konstruksiyaga о‘zgarishlar kiritilganda masalani hal qilish;

  • konstruksiyada yetishmaydigan bо‘g‘in kamchiliklarini masalani hal etish orqali tо‘ldirish;

  • sxema bо‘yicha konstruksiya loyihasini tuzish;

  • texnik talabga kо‘ra obyektni mustaqil konstruksiyalash.

Laboratoriya-amaliy ishlar ta’lim metodining asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Kasbiy ta’limda laboratoriya-amaliy ishlar nazariya va amaliy ta’limni tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan ta’lim oluvchilarning bilimlari mustahkamlanadi, ikkinchi tomondan esa kasbiy bilish, kо‘nikma va malaka shakllanadi, keyin ular ishlab chiqarish ta’limida ham о‘z bilimlarini qо‘llay olishiga yordam beradi. Laboratoriya-amaliy ishlarning turlari:

  • kuzatish va talil qilish, ya’ni jarayonlar va mehnat predmetini (materialning xossasi, mahsulotlar) kuzatish va tahlil qilish;

  • kuzatish va tahlil asbobini о‘rnatish va ishlatish, mehnat turi (mashina, mexanizm, apparat, qо‘rilma, asboblar).

4. Ta’limda faollik metodi. Hozirgi kunda ilmiy va amaliy pedagogikada ta’lim metodlari katta ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim oluvchilarning ichki va tashqi faolligini oshirish uchun turli xil о‘yinlardan foydalaniladi. Bulardan keng, kо‘p qо‘llniluvchisi – didaktik о‘yinlardir.

Kasb ta’limida qо‘llaniladigan didaktik о‘yinlar: texnik «diktant», kichik tanlovlar, «kim epchilu», «kim chaqqon», «texnik kurashlar», savollar, «texnik loto», «texnik domino» va hakazolardan iboratdir.

Faollik metodi sirasiga seminar darslari ham kiradi. U uch bosqichda tashkil etiladi: seminar bо‘yicha о‘qituvchining ma’ruzasi, ta’lim oluvchilar tomonidan seminar mavzusi bо‘yicha mustaqil ravishda uy vazifalarining tayyorlanib kelinishi va seminarning о‘tkazilishi bunda ta’lim oluvchi tayyorlab kelgan matnlari bilan chiqadi va kо‘rgazmalari qurollar, asboblar va jihozlardan foydalanib tushuntirib beradi. Ishlash jarayoni, tuzilishi, kamchiligi, boshqarishni amaliy о‘rganish uchun praktikumlar о‘tkaziladi. Praktikumlar bо‘yicha xulosalar evristik yakuniy suhbat orqali chiqariladi.

Ta’limning faollik metodi sirasiga muammoli metodni ham kiritish mumkin. Pedagogik adabiyotlarda muammoli о‘qitishni nazariy va amaliy tomonlari yoritilib berilgan. Shuning uchun biz texnik va kasbiy fanlarni о‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan muammoli vaziyatlarni kо‘rib chiqamiz. Bunday vaziyatlar fanlarning real materiallari va ishlab chiqarish ta’limi mohiyati asosida yaratiladi:



  • ta’lim oluvchilar egallagan bilimlarni о‘zlariga notanish bо‘lgan sharoitlarda amaliy qо‘llaydilar;

  • ta’lim oluvchilar shunday sharoitda ishlaydilarki, egallagan bilimlari oldiga qо‘yilgan masalani yechishi uchun ham yetarli emasligini ongli tushunadilar.

Kasbiy ta’lim muassasalarida amaliy ishlar jarayonida integrativ darslar ham keng qо‘llanilmoqda. Ushbu darslarda ikki yoki bir necha fanlarning mavzulari о‘rtasidagi aloqadorlik о‘rganiladi. Masalan, matematika va informatika, fizika va ximiya, kasbiy texnologiya va ishlab chiqarish ta’limi va boshqalar. Bunday darslarda ayrim xollarda mavzular fanlar о‘rtasidagi bog‘liqlik orqali tushuntiriladi va ta’lim oluvchilarning fanni, mavzuni о‘rganish bо‘yicha qiziqishlarini ortadi.

Fanlar о‘rtasidagi integratsion bog‘liqlik 3 darajada amalga oshiriladi:

I daraja. Yuqori – butun daraja, fanlar о‘rtasidagi integratsiY. Masalan «elektrotexnika va elektronika asoslari».

II daraja. – Didaktik sintez, har bir fan saqlanib, integratsiya ularning birida qо‘llaniladi. Umumiy obyekt integratsiya shakli sifatida о‘rganiladi.

III daraja. Fanlararo aloqadorlik, integratsiya shakli bо‘lib, fanlar mazmunidagi umumiy unsurlarlar hisoblanadi.

Didaktik sintez ularning ichida eng muhimi hisoblanadi. Integratsiya darslari: ishlab chiqarish ta’limining ustasi va о‘qituvchi yoki ikki о‘qituvchi bir vazifani birgalikda hal etishlari asosida tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarning о‘quv bilish faoliyati faolligi darsdan tashqari ishlarda texnik kashfiyotchiligini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Darsdan tashqari ishlar – kasbiy ta’lim ustasi tanlovlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, ratsionalizator va kashfiyotchilar bilan uchrashuv, ilmiy va texnik olimlar bilan uchrashuv, namunali ishlar kо‘rgazmasi, mehnatni ilmiy tashkil guruhlari, texnik tо‘garaklardir.



5. Ishlab chiqarish ta’limi metodi. Avvalo ishlab chiqarish ta’limining maqsadi ustida tо‘xtalib utish lozim. Ishlab chiqarish ta’limining asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarda muayyan kasb, soha bо‘yicha ustachilikni shakllantirishdir. Ishlab chiqarish ta’limida asosiy maqsadga bosqichma-bosqich erishiladi. Quyida «kasb ustasi» tushunchasini ochib beruvchi mezon kо‘rsatkichlari keltirilgan:

  • bajarilayotgan ishning sifati – texnik talablarni bajarish, meyor va kо‘rsatkichlarga mos kelishi, ijobiy natijalar olish;

  • mehnatni tashkil qilish – belgilangan vaqtda bajarish; vaqtdan tо‘g‘ri foydalanish, ish vaqtida tejamkorlik;

  • kasbiy mustaqillik – mustaqil ish turini tanlashni bilish, ishlab chiqarishning yuqori sifatini taminlash, tо‘g‘ri xulosalar chiqarish ish jarayonida о‘z-о‘zini boshqarish mehnat madaniyati – о‘z mehnati, ishini rejalashtirish, yangi texnika va texnologiya asosida ishlay olish, yuqori texnologik intizom, kasbiy bilimlarni ishda qо‘llay bilish, mehnat faoliyati va ish joyini tashkil qilish, mehnat xavfsizligi texnikasi qoidalariga rioya qilish.

Mehnatga badiiy munosabat – ratsionalizatorlik va kashfiyotchilikka intilish, qobiliyatini о‘stirishdir.

Iqtisodiy mehnat faoliyati mehnat jarayonini iqtisodiy jihatdan tahlil qilish sanaladi.

Ishlab chiqarish ta’limi metodi bilan nazariy ta’lim metodlari о‘rtasid boqliqlik, о‘xshashlik bor. Ishlab chiqarish metodlari sirasiga: mehnat faoliyati harakatlarini kо‘rsatish, mashqlar,mustaqil kuzatish, yozma instruksiya berish va faollik metodlari kiradi.

Mehnat faoliyati harakatlarini kо‘rsatish metodi

Bu metod yordamida ta’lim oluvchilar mehnat faoliyatini aniq va ravshan kо‘rishadi hamda ish jarayonida mashqlar о‘tkazish bilan о‘zlarining mehnat faoliyatlari bilan taqqoslay oladilar. Ta’lim oluvchilarda mehnat faoliyati tо‘g‘risidagi tо‘liq tushuncha bir lahzada paydo bо‘ladi, avvval umumiy holda saqlanib qoladi, keyin sekinlik bilan detallar aniqlanadi. Ta’lim oluvchilar tomonidan kо‘rsatilayotgan narsalarni о‘rgani olish, ularni tо‘liq tushunish, detallar va mexanizmlarni о‘rganish uchun yetarli vaqt ajratilishi kerak. Shuning uchun usta mehnat faoliyatini sekinlik bilan kо‘rsatib, detallarni bо‘laklarga bо‘lib, har biri haqida alohida ma’lumot berishi, kо‘rsatishi kerak. Ta’lim oluvchining diqqati harakatning yakuniy qismiga emas, balki oraliqdagi xarakatlarga ham jalb qilish zarur. Ta’lim oluvchilar nafaqat tushunishlari, balki shu bilan birga detallarni esda olib qolishlari lozim. Buning uchun xarakat turlarini takrorlab turib, uni qayta-qayta kо‘rsatish kerak.



Download 99,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish