Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-bob.   Islom ma’rifatchiligi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

7-bob.  
Islom ma’rifatchiligi 
va ratsionalistik tafakkur rivoji 
1-fasl. Mantiqiy tafakkur ehtiyoji. 
 
Alloh  taolo  Qur’oni  karim  orqali  marhamat  etgan  mukammal  Tavhid 
ta’limotini  ahli  bashar  tomonidan  anglab  etishning  ilk  pog’onasi  bo’lmish  Sunna 
bosqichi  o’zining  inkor  etib  bo’lmaydigan  fazilat  va  yutuqlariga  ega  ekanligi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
60
oldingi  bobda  qayd  etib  o’tildi.  Bu  bosqichda  islom  ma’naviyatining  poydevori 
hisoblanuvchi  shariat  ahkomlari  va  islom  axloqi  shakllandi.  Tavhid  ta’limotining 
ilk  talqini  bo’lmish  ushbu  qadriyatlar  tizimi  umummintaqa  ma’naviyatining 
takomilida  naqadar  muhim  bo’lganligi  har  qanday  shubhadan  holidir.  Bu  bosqich 
qadriyatlarini  biroz  bo’lsa-da  inobatga  olmaslik  yomon  oqibatlarga  olib  kelishi 
mumkinligi ham tarix tajribasida necha bor sinalgan haqiqat.  
Ammo Tavhid ta’limotini butun borlig’i,  mohiyati bilan anglab olish uchun 
bo’lgan harakat bu bosqichda to’xtab qolgani yo’q. Islom mintaqa ma’naviyatining 
takomil  tarixi  yana  bir  qator  bosqichlarni  bosib  o’tdi.  IX  asrdan  boshlab  ushbu 
ma’noda yangi yo’nalishlar bo’y ko’rsata boshladi va keyingi asrlarda ular etakchi 
mavqega ko’tarildi.  
 Zamon  o’zgaruvchan,  inson  tabiati  esa  bequsur  emas.  Payg’ambarimiz 
vafotidan  so’ng  uning  eng  yaqin  sahobalari,  ul  zot  ishongan,  tayangan,  ko’ngil 
bog’lagan insonlar orasida nafaqat ichki raqobat, bahs va kelishmovchiliklar, balki 
qonli  to’qnashuvlar,  rostmana  janglar  sodir  bo’ldi.  Birgina  payg’ambarimiz 
risolatiga  birinchilardan  bo’lib  imon  keltirgan 
hazrat  Ali  bilan  boshqa  bir  guruh,  ya’ni  Talxa, 
Zubayr  kabi  sahobalar  orasida  yuz  bergan  jiddiy 
to’qnashuv,  unda  Talxa  va  Zubayrning  halok 
bo’lishi  bilan  aloqador  hodisalarni  misol  keltirsak, 
shuning  o’ziyoq  voqelikning  naqadar  murakkab 
ekanligiga 
guvohlik 
beradi. 
Buning 
ustiga 
Payg’ambarimiz  hayotlik  davrlariga  nisbatan  keyingi  asrlarda  mintaqa  xalqlari 
ijtimoiy  takomilida  katta  o’zgarishlar  yuz  berdi,  ularni  inkor  etish,  Rasululloh 
davridagi  muslimlar  ummasining  hayot  tarziga  to’liq  qaytish,  ijtimoiy-iqtisodiy 
o’zgarishlar  taqozosini  tan  olmaslik  keyingi  asrlar  mintaqa  ahli  uchun  imkondan 
tashqari  edi.  Bundan  tashqari  Sunna  bosqichida  Rasululloh  ibrati  ko’pgina 
savollarga bevosita javob topish  
imkonini  bergan  bo’lsa,  keyinroq  borib,  birmuncha  murakkabroq,  jiddiy  fikr 
yuritishni  talab  qiladigan  muammolar  paydo  bo’la  boshladi.  Natijada  aql  bilan, 
aniqrog’i  mantiqiy  tafakkur  bilan  ish  olib  borishga  ehtiyoj  kuchaydi.  Masalaning 
yana boshqa jihati ham borki, Sunna bosqichi - ibrat yo’li. Agar ilm bo’lmasa, ibrat 
taqlidga  aylanish  xavfi  bor.  Taqlidchilik  esa  islomda  doim  qoralanadi.  Shunday 
ekan, ma’rifatchilik davr taqozosi, hayotiy ehtiyojdir. 
Asli  bu  ehtiyoj  payg’ambar  hadislarini 
to’plash jarayonidan ularni 
mavzular 
bo’yicha 
tasniflash 
jarayoniga 
o’tishdayoq,  ya’ni  Malik  ibn  Anas,  Imom 
Muhammad  ash-Shaybon,  keyincha  Imom  al-
Buxoriy,  Imom  at-Termiziy  kabi  muhaddis 
ulamolar faoliyatida ayon bo’la boshlagan edi. Ammo muhaddislar faoliyati baribir 
ularning  tafakkur  qudrati  natijalarini  yordamchi  mavqeda  ushlab  turar,  mazmun 
jihati  asosan  hadislarning  o’zida  mujassam  edi.  Shu  bilan  birga  islomda  sof  diniy 
maqsadlarda  ham  mantiqiy  tafakkurga  tayanish  ehtiyoji  avval  boshdanoq  mavjud 
bo’lgan. Buning sabablaridan yana biriga to’xtalib o’tsak. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish