20
emas. O’zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati
hech qachon
jahon madaniyati, ma’naviyatidan
tamomila ayru, alohida bir yo’ldan rivojlangan
emas. Hamisha boshqa xalqlar ma’naviy boyligini
ijodiy o’zlashtirib, o’zi ham jahon madaniyatini
boyitib borgan. Shu bilan birga millatimizning o’z
mustaqil ma’naviy qiyofasi mavjud, u asrlar, balki ming yillar davomida
shakllangan, u
umuminsoniy qadriyatlarga yot emas, ammo Borliqning oliy
haqiqatiga nisbatan o’z talqinlari, o’z yondoshuvi, o’z tushunchalariga ega.
Ijtimoiy sohada asl haqiqatni anglab etish tabiiy va aniq(matematik) fanlarga
nisbatan bir necha barobar mushkulroqdir. Chunki ijtimoiy sohadagi tushunchalar
tarixan shakllanadi. Ularni anglab etish uchun millat tarixini, uning madaniy
merosini chuqur o’rganish kerak. Evropa mamlakatlari boshidan kechirgan
davlatchilik tarixini o’rganish asosida Osiyodagi ushbu soha muammolarini anglab
etish mumkin deb o’ylagan odam qattiq yanglishadi. Markschilar butun insoniyat
tarixiy takomiliga tatbiq etmoqchi bo’lgan formatsion nazariya ham ayni shu
sababdan o’zini oqlamadi.
Har bir millat, har bir xalq o’z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarining tarixiy
tajribasi asosiga quradi, hech bir xalq begona qoliplar, begona andozalar asosida
emin-erkin yashab, taraqqiy eta olmaydi. “Odamzod birovning bo’yiga qarab
o’ziga to’n bichmaydi”, deydi Yurtboshimiz
17
. Har bir xonadonning o’z tartib-
qoidalari bo’lganidek, har bir yurt hayotini tashkil etishning ham o’z andoza-
o’lchovlari, qonun-qoidalari bo’ladi. Ular o’sha yurtning tabiiy-jug’rofiy shart-
sharoiti, tarixiy tajribasi, milliy fe’l-atvori bilan bog’liq tarzda shakllanadi.
Mavhum bir shakldagi umuminsoniy madaniyat, umuminsoniy ma’naviyat
hayotda asli mavjud emas, jahon madaniyati turli o’lka va mintaqalarning o’ziga
xos madaniyatlari majmuidan iborat. Qanday millat, qanday xalq bo’lmasin,
baribir, uni muayyan insonlar tashkil etadi. Insonlarning har biri o’z qiyofasi, o’z
fe’l-atvori, fikr-andishalari, o’z hayot yo’li va orzu-niyatlariga ega. Ammo
ularning barchasi Alloh yaratgan mahluqotning bir toifasi - bani odamga mansub
bo’lgani tufayli ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan muayyan qadriyatlar
majmui ham mavjuddir. Bu qadriyatlar har bir millat, har bir inson uchun alohida
ahamiyatga ega bo’lib, ularning ko’r-ko’rona inkor etilishi, tan olinmasligi butun
bashariyat uchun halokatli bo’lishi mumkinligini jahon tarixi tajribasi ko’p marta
isbotlagan.
17
Islam Karimov.Asarlar. 1-jild, s.12
miqyos kasb etib, turli elat va
millatlar, mintaqalar madaniyati
darajasiga ko’tarilib bordi va
nihoyat Yangi davrga kelib
yaxlit bir voqelik sifatida idrok
etila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: