16
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida yana alohida Farmon bo’ldi va uning
asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Nihoyat, 1999 yilga kelib, bu markaz
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga aylantirildi.
2008 yili “Ma’naviyat” nashriyotidan O’zbekiston Prezidentining Islom Karimovning
“Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli ma’naviyat masalalariga bag’ishlangan alohida
risolasi bosilib chiqdi. Kitob 4 bobdan iborat bo’lib,
“Ma’naviyat – insonning ulg’ayish va kuch-
qudrat manbaidir” deb nomlangan birinchi bobida “ma’naviyat” tushunchasi, ma’naviyatli va
ma’naviyatsiz insonlar, ma’naviyatni shakllantiruvchi mezonlar ma’naviy va moddiy hayot
uyg’unligi kabi masalalar keng omma uchun tushunarli tilda batafsil bayon qilingan. Kitobning
ikkinchi bobi
“Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish” deb atalgan va unda avvalo milliy
g’oyaning ma’naviy hayotdagi o’rni, mustaqillik davri jamiyatimizdagi milliy-ma’naviy tiklanish
va yuksalish jarayoni, tilimiz va dinimiz, milliy va diniy bayramlarimiz mavqeining qayta
tiklanishi, islohotlarning ma’naviy ahamiyati haqida so’z boradi. Uchinchi bobga
“Ma’naviyatga
tahdid – o’zimiz va kelajagimizga tahdid” deb nom qo’yilgan bo’lib, unda ma’naviyat va
ma’naviy tarbiya masalalari bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari
sharoitida naqadar dolzarblashgani va endi bu masalalar faqat milliy hududda chegaralanib
qolmay umumbashariy muammoga aylanayotgani tahlil etiladi. Dunyodagi eng buyuk jasorat
ma’naviy jasoratdir, deb xulosa qiladi I.Karimov
“Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam
poydevori” deb nomlangan oxirgi bobda. Prezidentning chuqur ishonchiga ko’ra ma’naviy
tarbiyaning ibtidosi har bir inson qalbiga quloq tutish va ko’ngliga yo’l topishdan boshlanadi va
bu sohada ziyolilarimizning o’rni va mas’uliyati o’ta muhimdir.
Kitob muqaddimasida muallif shunday deb yozadi:
“Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan
ko’ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va
imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech
shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni,
qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka
tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan
ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy
taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.”
Do'stlaringiz bilan baham: