Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


“Usuli  jadid”  maktablari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

“Usuli  jadid”  maktablari  - 
Yangi 
davr 
ma’rifatchilari 
(jadidlar)  ishlab  chiqqan  usuli 
savtiya, 
ya’ni 
savod 
chiqarishning 
tovush 
tizimi 
asosidagi yangicha maktablar. 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
174 
 1901  yildan  Qo’qon  va  Toshkentda,  1903  yildan  Samarqanda  G’aspirali 
Ismoil-bek  ishlab  chiqqan  «usuli  jadid»  (yoki  usuli  savtiya,  ya’ni  savod 
chiqarishning  tovush  tizimi)  asosidagi  yangicha  maktablar  ish  boshladilar. 
Mahmudxo’ja  Behbudiy,  Abduqodir  Shakuriy,  Siddiqiy  Ajziy,  Ashurali  Zohidiy, 
Lutfulla 
Olimiy, 
Abdurrauf 
Fitrat, 
Munavvarqori 
Abdurashidxonov 
kabi 
ma’rifat  fidoiylari  maydonga  kirib  keldi. 
Yangicha 
tizimdagi 
maktablar 
uchun 
Ismoilbekning  «Xo’jayi  sibyon»  (Bolalar 
muallimi)  asaridan  ibrat  olib,  Saidrasul 
Saidaziziy  «Ustodi  avval»,  Munavvarqori 
«Adibi  avval»,  Abdulla  Avloniy  «Birinchi 
muallim»,  «Ikkinchi  muallim»  kabi  o’quv 
qo’llanmalarini  yaratdilar.  Behbudiy,  Fitrat, 
Ashurali 
Zohidiylar 
hisob, 
jug’rofiya, 
adabiyot,  tarix  fanlaridan  darsliklar  yoza 
boshladilar.  
1906  yildan  «Taraqqiy»,  «Xurshid», 
1914  yildan  «Sadoyi  Turkiston»,  «Sadoyi 
Farg’ona»  va  boshqa  qator  gazetalar,  1913 
yildan 
muntazam 
ravishda 
Behbudiy 
muharrirligida  «Oyina»  jurnali  nashr  etila 
boshladi.  Yangi  ma’rifatchilar  tomonidan 
Buxoroda  1908  yilda  «Tarbiyat  ul-atfol», 
Toshkentda  1911  yilda  «Turon»  jamiyati 
tuzildi.  Shu  yili  yangicha  tafakkurli  islom 
ulamosi,  mufti  Behbudiy  yangi  davr  o’zbek 
adabiyoti  tarixida  birinchi  bo’lib  «Padarkush  yoxud  o’qimagan  bolaning  holi» 
milliy fojiasini yaratdi va 1914 yilda Samarqand va Toshkentda bu ibratli tomosha 
sahna  yuzini  ko’rdi.  Teatr  tomoshasi  yangi  davr  ma’rifatchilari  tomonidan  xalq 
ma’rifatini  yuksaltirishning  eng  samarali  usuli  –  ibrat  maktabi  sifatida  hayotga 
keng  joriy  etila  boshladi.  1914-1916  yillar  orasida  o’ndan  oshiq  dramatik  asarlar 
Samarqand,  Toshkent,  Qo’qon  shaharlaridagi  teatr  truppalari  tomonidan  sahnaga 
qo’yildi  va  xalq  orasida  shuhrat  qozondi.  Xoji  Muin,  Abdulla  Badriy,  Hamza, 
Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabi yangi-yangi dramaturglar 
bu ishga bosh qo’shdilar.  
 Turkistonda  Milliy  Uyg’onish  harakatining  ulug’  etakchisi  va  bayroqdori 
bo’lgan  Mahmudxo’ja  Behbudiy  faqat  birinchi  dramaturg  bo’libgina  qolmay, 
milliy  teatr  san’ati  nazariyasining  ham  ilk  asoschilaridan  hisoblanadi.  U  o’z 
vaqtida  Saidahmad  Vasliy,  Fazlulvahhob  qori  kabi  teatr  san’atini  shar’an  harom 
deb  isbot  qilmoqchi  bo’lgan  eski  ulamolarning  chiqishlariga  javoban  islomiy 
manbalar  va  mantiqiy  dalillarga  tayanib,  teatr  san’atining  «darsxonai  ibrat»  va 
shar’an savob ekanligini isbot qilib berdi. 
Rossiya  imperatori  Nikolay  IIning  mustamlaka  o’lkalar  mahalliy  aholisini 
mardikorlikka  jalb  qilish  haqidagi  1916  yil  25  iyunda  chiqargan  farmoni  butun 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish