xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni
tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi,
millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z
san’atkoridir... Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,
mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning
sultonidir”
7
. Muallif buyuk ajdodimizning bebaho merosidan “xalqimizni,
ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni
yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda
shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz” deb qat’iy ishonch bildiradi.
Alisher Navoiy ijodi turkiy tilda badiiy tafakkur qudratini mislsiz
yuksaklikda namoyon etuvchi jozibali bir timsol. Shunga bog’liq ravishda
5
I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., “Ma’naviyat”,2008. S.44.
6
O’sha kitob, s.100
7
Shu kitob,s. 47.
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
masalaning yana bir jihatiga qisqacha izoh berib ketish zarur. Sobiq totalitar
mafkura ta’sirida yaqin-yaqinlargacha bizdagi ijtimoiy fanlar sohasida
adabiyotshunoslikka, umuman filologiyaga ma’lum darajada mensimay qarash
mavjud edi. Bunga, albatta, yaqin o’tmishdagi adabiyotshunosligimizning qusurlari
ham ancha-muncha sabab bo’lgan. Chunki marksizm mafkurasi hukmron bo’lgan
zamonda adabiyotshunoslarimizning aksariyati milliy ma’naviyatimizga butkul yot
bo’lgan va hatto dunyo tsivilizatsiyasi ham mohiyatan inkor etgan «sotsialistik
realizm» deb nomlanuvchi soxta «nazariya» domiga tushib, XX asrda yaratilgan
barcha adabiy merosni ushbu qolipga moslashtirish yo’lidan bordilar. Bu haqda
jild-jild «ilmiy tadqiqotlar» yaratildi, odamlar doktor, professor, xatto
akademiklikgacha daraja va unvonlarga sazovor bo’lishdi. Mumtoz adabiyotimiz
bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarda bu illat bevosita va ochiq namoyon bo’lmasa-
da, marksistik mafkura ta’siriga berilish bu sohada ham sezilarli edi.
Aslida agar masalaga xolis yondoshilsa, ilmiy adabiyotlarga nisbatan badiiy
adabiyotda Borliq haqiqatini uyg’un his etish tamoyili ustun turadi. Ayniqsa, bu
holat Navoiy she’riyati darajasidagi falsafiy teranlikda ham bikr bo’lgan badiiyat
namunalarida yaqqol o’zini namoyon etadi. Shu sababli ham Alisher Navoiy badiiy
olami millatimiz ma’naviyati uchun doimo hal qiluvchi mezon, o’sha davr tili bilan
aytsak, mahak toshi
8
, vazifasini bajarib kelgan va kelgusida ham shunday bo’lib
qoladi.
Prezident o’z asarida XX asr boshlarida el-yurt manfaati uchun jonlarini
tikkan ma’rifatparvarlarimiz Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla
Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurrauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid
Cho’lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab fidoiy insonlarning ma’naviy jasoratini,
ulardan keyin xalq orasida nom qozongan Qori Niyoziy, Toshmuhammad
Sarimsoqov, Habib Abdullaev, Sa’di Sirojiddinov, Obid Sodiqov, Yahyo
G’ulomov, Ozod Sharafiddinov kabi ilm-fan arboblari, Oybek, G’afur G’ulom,
Abdulla Qahhor, Zulfiya, Said Ahmad singari shoir va adiblar, Lutfixonim
Sarimsoqova, Halima Nosirova, Olim Xo’jaev, Razzoq Hamroev va boshqa atoqli
san’atkorlarning xizmatlarini minnatdorlik bilan eslab o’tadi. Shu bilan birga
Yangi Davr, ya’ni XVII – XX asrlarda ona zaminimiz – Turkistonda yuz bergan
siyosiy parokandalik, hukmron kuchlarning uzoqni ko’rolmasligi va ma’naviy
zaifligi, bularning oqibatida xalq boshiga tushgan baloyu kulfatlarni ham taassuf
bilan qayd etishni unutmaydi. Kitobning ushbu faslida yana asosiy tarbiya
maskanlari – oila, mahalla va ta’lim-tarbiya muassasalari haqida ham mufassal
mulohaza yuritiladi.
Shunday qilib, yosh avlod ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar,
yoki ma’naviy hayot mezonlari deganda nimani tushunish kerakligi haqida
Prezidentimizning yangi kitobida aniq ko’rsatmalar berilgan. “Mezon” tarozu
degani, ya’ni aniq o’lchov, meyor, Evropa terminologiyasida “kriteriy”. Demak,
biz yoshlarning ma’naviy tarbiyasida nimalarga tayanishimiz kerak, yoshlarga
kimlarni ibrat qilib ko’rsatishimiz durust bo’ladi, qaysi o’lchov, qanday meyorlarni
8
Qimmatbaho metallarning saraligini aniqlovchi mineral jism «mahak toshi» deb ataladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
asos qilib olishimiz lozim – bular, yuqorida ko’rib o’tganimizdek, hammasi
kitobda aniq ko’rsatib, nomma-nom sanab berilgan. Bular – ulug’ ajdodlarimiz
yaratgan ulkan va qutlug’ ma’naviy (ilmiy, badiiy, falsafiy) meros, ularning ibratli
hayotlari, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |