Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

11-bob.
 
 
Islom mintaqa madaniyatining Evropaga ta’siri. Shayboniylar va 
Ashtarxoniylar davri ma’naviyati. 
 
1-fasl. Islom mintaqa ma’naviyatining Evropa madaniyatiga ta’siri. 
 
XV-XVI  asrlar  jahon  tarixida  Yangi  davrning  boshlanishi  hisoblanadi.  Shu 
davrdan  Evropa  mintaqasida  ma’naviy  yangilanishlar  pallasi  boshlandi.  Asli  bu 
yangilanish islom mintaqa madaniyatining ta’siridan xoli emas edi. 
Islom  mintaqa  madaniyati  Volgabo’yi, Sharqiy Turkiston  va Indoneziyadan 
to  Shimoliy  Afrika  va  Ispaniyagacha  yoyilganligi  ma’lum.  Ispaniyada  arab 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
164 
xalifaligi to XIV asrgacha davom etdi. IX asrdan boshlab rivoj ola boshlagan arab-
ispan  musulmon  madaniyati  XI-XIV  asrlarda  Evropa  madaniyatiga  ayricha  ta’sir 
ko’rsatdi. Ispaniya va Shimoliy Afrika hududlarida Ibn Tufayl (vafoti 1185y), Ibn 
Ro’shd  (1126-1198)  Ibn  al-Arabiy  (1165-1240),  Ibn  Xaldun  (1332-1406)  kabi 
islom  olamining  buyuk  allomalari  etishib  chikdiki,  ularning  ijodiy  merosisiz 
mintaqa ma’naviyatini mukammal anglab bo’lmaydi. 
XI  asrdan  boshlab  Al-Xorazmiy,  Al-Farg’oniy,  Ibn  Sino,  G’azzoliy  va 
boshqa  ulug’  islom  mutafakkirlarining  asarlari  lotin  tiliga  tarjima  qilinib,  xristian 
madaniyati  rivojiga  hissa  qo’sha  boshladi.  Shu  davrdan  e’tiboran,  yagona  islom 
mintaqa  ma’naviyati  doirasida,  ikki  tamoyil  shakllana  borganligini  bir  qator 
hozirgi zamon sharqshunoslari qayd etadilar. Bu tamoyillarning birinchisi Abu Ali 
ibn  Sino  nomi  bilan  bog’liq  bo’lib,  Xuroson-Movarounnahr  yoki  sharqiy  falsafa 
maktabi  hisoblansa,  ikkinchisi  Ibn  Ro’shd  ijodida  yorqin  namoyon  bo’luvchi 
g’arbiy  falsafa  maktabidir.  Bu  ikki  tamoyil  islom  ma’naviyati  doirasida  o’zaro 
chambarchas  bog’liq  va  qat’iy  chegaralar  bilan  bir-biridan  ajralgan  emas.  Ammo 
ularning keyingi ta’sir doirasi turlicha kechdi. Mavjud voqelik hamisha turli narsa 
va  hodisalar,  jihatlar  va  tamoyillardan  iborat  bo’lib,  ular  orasida  o’zaro  ziddiyat 
ham, uyg’unlik ham mavjud. Ibn Sino va G’azzoliylar ko’proq taraflarining o’zaro 
uyg’unligiga urg’u berishsa, Ibn Ro’shd oradagi farqlarga e’tibor qaratdi. 
Uning  qarashlari  XIII-XVI  asrlarda  Evropada  «averroizm»  nomi  bilan
114
 
katta  bir  falsafiy  an’ana  hosil  qildi.  Ibn  Ro’shdning  Aristotelь  asarlariga  yozgan 
sharhlari  Frantsiya,  Italiya  va  boshqa  Evropa  davlatlarining  yirik  universitetlarida 
o’qitildi.  Arab  tilidagi  falsafiy  meros  Siger  Brabantskiy  (1235-1282),  Piko  della 
Mirandola  (1463-1494),  Pьetro  Pomponatstsi  (1462-1525),  Jordano  Bruno(1548-
1600)  kabi  O’rta  asrlar  va  Uyg’onish  davrining  yirik  faylasuflariga  sezilarli  ta’sir 
ko’rsatdi. Siger  Brabantskiy  Ibn Ro’shd  g’oyalarini  Evropaning o’sha davr o’ziga 
xos  ma’naviy  muhitiga  tadbiq  etib,  «ikki  haqiqat  nazariyasi»ni  ishlab  chiqdi.  Shu 
bilan  birga  arab  falsafasi  ta’sirida  qadim  Yunon-Rim  merosi  bilan  bevosita 
tanishishga  intilish  kuchaydi.  Bu  harakat  diniy  va  falsafiy  qarashlarning  o’zaro 
jiddiy  to’qnashuviga  olib  keldi  va  natijada  «averroizm»  namoyandalari  xristian 
cherkovi (Rim papasi) tomonidan qattiq ta’qibga duchor bo’ldi. Siger Brabantskiy 
o’ldirildi.  Jordano  Bruno  o’tda  kuydirildi.  Ammo  yangi  kuchlar  quvvat  kasb  etib 
bordi. Neoplatonizmning arab-islom  madaniyatidagi talqini ta’sirida  xristian diniy 
qarashlarida  yangicha  yondoshuvlar  shakllanib,  XV  asrda  Reformatsiya  zarurati 
paydo  bo’ldi.  Katolik  va  pravoslav  mazhablari  qatoriga  protestantizmning  turli 
oqimlari (kalvinizm, lyuteranlik, anglikan cherkovi va boshqalar) qo’shildi. Badiiy 
va  falsafiy  tafakkur  mustaqil  rivoj  olib,  Renessans  yoki  Evropa  Uyg’onishi 
vujudga  keldi.  XVII  asrdan  adabiyotda  klassitsizm  yo’nalishi,  XVIII  asrdan  esa 
Evropa  ma’rifatchiligi  shakllandi.  Niderlandiya  va  Buyuk  Britaniya  burjua 
inqiloblari  Evropadagi  ijtimoiy-ma’naviy  vaziyatni  tubdan  o’zgartirib  yubordi. 
Amerika kashf etildi. Sharqqa yurish boshlandi. 
XIX-XX  asrlar  davomida  fan  va  madaniyat  taraqqiyoti  jihatidan  Evropa 
mintaqasi  boshqalardan  uzil-kesil  ilgarilab  ketdi  va  natijada  «jahon  fani», 
                                         
114
 
Ibn Ro’shd nomi lotincha tarjimalarda Averroes bo’lib jaranglagan.
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
165 
«umuminsoniy  qadriyatlar»  deganda  birinchi  navbatda  Evropa  madaniyati 
unsurlari  tasavvur  etila  boshlandi.  Yangi  davrdagi  bu  mintaqaning  yutuqlari  ko’p 
jihatdan madaniy integratsiya jarayonlari bilan bog’liq. Bu davrda Evropa xalqlari 
(inglizlar,  nemislar,  frantsuzlar  va  h.k.)  mintaqa  miqyosidagi  o’zaro  madaniy 
axborot  almashinuv  doirasidan  chiqib,  o’zga  mintaqalarda  yaralgan  boyliklarni 
o’zlashtira  boshladilar.  Sharqshunoslik  keng  rivoj  oldi.  Turli  fan  sohalari 
sharqshunoslarning  yutuqlaridan  ijodiy  foydalana  boshladilar.  Islom  mintaqasida 
esa  XVI  asrdan  boshlab  madaniy-ma’naviy  yaxlitlikka  rahna  soluvchi  jarayonlar 
yuz bera boshladi. 
Yangi davr Evropa ma’naviy muhitiga xos qarama-qarshiliklar kurashi keyin 
ham  davom  etdi.  XVIII  asr  frantsuz  ma’rifatchiligi  zaminida  shakllangan  ateizm 
yo’nalishi  Gelьvetsiy  (1715-1771),  Golьbax(1723-1789),  Didro(1713-1784) 
qarashlaridan  nemis  mumtoz  falsafasiga  o’tib,  Feyerbax  (1804-1872)  orqali  Karl 
Marks  va  F.  Engelьsning  murosasiz  sinfiy  kurash  targ’ibiga  qaratilgan 
kommunistik utopiyaga olib keldi. 
Islom  mintaqa  ma’naviyatida  bunday  ziddiyatli  holat  yuz  bergan  emas. 
Alisher  Navoiy  va  Mirzo  Bedil  talqinlaridagi  Tavhid  ta’limoti  ma’rifatchilik  va 
irfon  bosqichlarida  ba’zan  ko’zga  tashlanadigan  ziddiyatli  o’rinlarni  engib  o’tib, 
Oliy  uyg’unlikka  erisha  bildi.  Islom  mintaqa  ma’naviyatida  «ikki  haqiqat»  tazodi 
emas,  «ayni  haqiqatdir  majoz»,»al-majozu  qantaratul  haqiqa»  (majoz  haqiqatning 
ko’prigidir),  degan  jumlalarda  o’z  yorqin  aksini  topgan  uyg’unlik,  «qarama-
qarshiliklar  kurashi»  emas,  «birligi»  ko’proq  ustunlikni  saqladi.  Ammo  bu 
mulohazalarni  mutlaq  haqiqat  ma’nosida  tushunish  noo’rin  bo’lardi.  Yangi 
davrning  o’ziga  xosligi  shundaki,  ichki  ziddiyatlar  ba’zan  juda  keskin  yuzaga 
qalqib chiqa boshladi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish