Ahli futuvva, yoki javonmardlar –
IX-XV asrlarda islom mintaqasida
keng tarqalgan ijtimoiy-ma’naviy
oqim namoyandalari, asosan shahar
kosib-hunarmandlaridan
iborat
bo’lib, piri komil rahbarligida ham
jismoniy, ham ma’naviy kamolot sari
intilishni halol rizq topish harakati
bilan uyg’unlikda olib borgan yuksak
ma’naviyatli
shaxslar
jamoasi.
Navoiyning
ustozi
Pahlavon
Muhammad
XV
asr
Hirot
javonmardlarining piri bo’lgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
154
umumbashariy miqyosda o’zaro bir-biriga nisbatini mukammal anglab etishi uchun
ne-ne zamonlar kerak bo’ldi.
XIV-XV asrlarga kelib tavhid ta’limotini tushunish eng yuksak bosqichga
ko’tarildi. Shu asrda Evropa xristian dunyosi bilan bizning mintaqa orasida ham
tarixiy-siyosiy, ham ruhiy-ma’naviy yaqinlashuv kuzatiladi. Siyosiy jihatdan bu
hodisa Amir Temur davlatining xalqaro aloqalarida ko’zga tashlansa, ma’naviy
jihatdan Sharqda Alisher Navoiy, G’arbda Piko della Mirandola (1463-1494) kabi
buyuk siymolar ijodida yorqin namoyon bo’ldi.
Shu jihatdan Alisher Navoiy ijodiy kamolotining uchinchi, eng yuksak
bosqichi haqida yana biroz to’xtashga to’g’ri keladi. 1497 yilda temuriyzoda
o’smir, 14 yoshli Mo’’min Mirzo xoinona qatl etildi. Bu hodisa VIII-XV asrlarda
mintaqa miqyosida erishilgan buyuk ma’naviy kamolot bilan siyosiy hayot
sohasidagi hanuz saqlanib kelayotgan xurofiy an’analar orasida borgan sari
chuqurlashib borayotgan ziddiyatning halokatli tus ola boshlaganiga yana bir jiddiy
ishora bo’ldi.
Mastlik g’aflatida o’z sevimli nabirasi qatliga imzo chekkan Sulton Husayn
dinu imon nimaligini bilmagan johil va mutakabbir, xudbin va mustabid shaxs
emas, balki Forobiy va Yusuf Xos Hojib tavsif etgan ma’rifatli hukmdor, Navoiy
orzusidagi darvesh-shoh timsoli edi.
Bu fojia ortidagi teran mohiyatni butun ko’lami bilan Alisher Navoiy
tushunib etdi. Navoiyning vasiyatnomasi hisoblanuvchi so’nggi uch asari: «Lison
ut tayr» (1498), «Muhokamat ul -lug’atayn» (1499) va «Mahbub ul-qulub»(1500)
o’z mazmun-mohiyati bilan, bir jihatdan,VIII-XV asrlar islom mintaqa ma’naviyati
takomiliga yakun yasasa, ikkinchi jihatdan, ham millatimiz, ham umumbashariyat
ma’naviy takomilida uchinchi - Yangi davrni boshlab beradi. Alohida jiddiy tahlil
talab qiluvchi bu masalani har tomonlama yoritishga intilmagan holda bir necha
muhim nuqtalariga to’xtalib o’tamiz.
Alisher Navoiy butun ijodida salaflar an’anasiga tayandi. Ammo ushbu
an’analar chegarasida turgan holda ularga o’z ijodida shunday nazmu tartib baxsh
etdiki, buning natijasida mutlaqo yangi mohiyatlar kashf etildi. Birinchidan,
«Lison ut-tayr»da «majoz tariqi» vositasida insoniyatning yaxlitligi va buni anglab
etish har bir insonning ma’naviy kamolot sari cheksiz intilishi orqali yuz berishi
mumkin ekanligi yana bir karra ta’kidlandi. Shu bilan birga bashariyat miqyosidagi
mukammal ijtimoiy tizim shakllanishi undagi har bir shaxsning ma’naviy
barkamolligi bilan bog’liq ekanligi, bu barkamollik bashariyatning har bir a’zosiga
(uzviga) nisbatan beg’araz va samimiy mehr mas’uliyati bilan o’lchanishi yorqin
timsollarda ochildi. Ayniqsa, Shayx San’on qissasida bu g’oya muhim va muayyan
bir muammoni - har ikkisi ham «ahli kitob» bo’lmish islom va xristian dunyosi
kishilarining o’z ichki ruhiyatidagi turli xurofotlarni engib o’tib, beg’araz va fidoyi
mehr asosida o’zaro yaqinlashuvlari mumkinligini ko’rsatish bilan ifodalandi. Endi
insoniyatning yaxlit mohiyat sifatida birlashuvi zo’rlik va bosqin asosida emas,
o’zaro mehr va bir-birini tushunishga intilish, har bir shaxsning ma’naviy kamoloti
orqali erishiladigan voqelik ekani - Yangi davrning bu buyuk haqiqati - 500 yil
ilgari shunday bashorat etildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
155
Ikkinchidan, «Muhokamat ul- lug’atayn»da Alisher Navoiy davr taqozosi
bilan mintaqa bo’ylab sochilib ketgan turkiy qavm vakillarining yaxlit ma’naviy
qiyofasini tugal saqlab qolish yo’lidagi barakali faoliyatiga nazariy yakun yasadi.
Amir Temur yaratgan siyosiy-hududiy yaxlitlik oxirgi urinish ekanligini dildan
sezgan ulug’ shoir Yangi davr sharoitida ma’naviy umumiylikka intilish xayrli
ekanligini anglab etdi va shuni aniq nazariy asosladi.
Uchinchidan, «Mahbub ul-qulub»da o’sha davr jamiyatidagi turli toifalar o’z
salbiy va ijobiy xislatlari bilan to’liq ta’rif etilib, ularning har biri jamiyat
taraqqiyoti va davlat tizimida qanday o’ziga xos vazifa egasi ekanliklari
tushuntirildi. Bu jihatdan, Alisher Navoiy Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va
boshqalarning siyosiy-ijtimoiy qarashlarini ijodiy rivojlantirdi. Agar «Qutadg’u
bilig» muallifi birinchi o’ringa «xos ahli»ning to’rt etakchi namoyandasi –elik,
ya’ni hukmdor (Kuntug’di - adolat timsoli), vazir (Oyto’ldi - baxt, davlat
timsoli), uning o’g’li va o’rinbosari (O’gdulmish - aql, bilim timsoli) va zohid
(O’zg’urmish- qanoat timsoli)ni chiqarib, qolgan ijtimoiy toifalarni ularga tobe
tarzda tasvirlagan bo’lsa, Alisher Navoiy 40 bobda barcha toifalarga teng o’rin
ajratibgina qolmay, asosiy moddiy boylik yaratuvchi kuch - dehqonlar va
ma’naviyat ahli - ziyolilar timsoli - darveshlarni alohida mehr bilan tasvirladi.
Yana alohida qismlarda eng muhim ijtimoiy-axloqiy xislatlar mohiyati va shaxs
tarbiyasiga oid ibratli tanbehlar joy oldi. «Mahbub ul-qulub» mundarijasi, «Lison
ut-tayr» dostonidagi ijtimoiy-siyosiy talqin qatlami bilan birgalikda, yangicha
ijtimoiy tizim - fuqarolik jamiyati ma’naviy talablariga ishora etuvchi ilk
kurtaklardan bo’lib chiqdi.
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy «vasiyatnomasi» Yangi davr
ma’naviyatining o’zak tomirlarni o’ziga xos badiiy va ilmiy shakllarda ilk bor
izchil ifoda etish bilan islom mintaqa ma’naviyati va Yangi davr o’rtasida
mustahkam ko’prik bo’lib xizmat qildi.
Alisher Navoiy ijodining bu «ko’prik»lik xususiyati yaxlit olganda shoir
ilmiy izohlab bergan «majoz tariqi» tushunchasida mukammal ifodasini topdi.
Birinchi navbatda badiiy ijod sifatida mujassamlashgan bu tushuncha mohiyat
jihatidan badiiy tafakkur doirasi bilan cheklanmas, balki «Al-majozu qantarat ul-
haqiqa» (Majoz haqiqatning ko’prigidir) hadisiga tayanuvchi alohida dunyoqarash
tizimi sifatida inson hayotining barcha jabhalariga taalluqli edi. «Majoz tariqi»
namoyandalari Haqiqat asrorini majozdan izladilar, «majoz»da Haqiqat izlarini
ko’rdilar va fano orqali baqoga intildilar. «Majoz tariqi»da Tavhid mohiyati Yangi
davr qadriyatlariga muvofiq keluvchi yangicha talqin oldi. Bu olamshumul
kashfiyot edi.
Sunna ibrat orqali e’tiqod bo’lib, Borliqning yagona Oliy Haqiqati
mavjudligini tan olish va unga chin dildan e’tiqod qilishni taqozo etgan,
ma’rifatchilik - insoniyat anglab etgan barcha mavjud bilimlar mohiyatan Tavhid
e’tiqodiga muvofiq ekanligini ilm va mantiqiy tahlil vositasida isbot qilishga
qaratilgan, Irfon Haqiqat ishqi alangasiga tik kirib borib, nafsni xudbinlik zangidan
poklash va shu orqali shaxsning Oliy Haqiqatga daxldorligini amalda ta’minlash
yo’li sifatida o’zini ko’rsatgan bo’lsa, «Majoz tariqi» Haqiqat izlovchilarni yana
baqodan fanoga yuzlantirdi. O’zligini anglab etganlar endi o’zgalarni anglashga
www.ziyouz.com kutubxonasi
156
intilib, o’z qalbiga sayqal berib, unda Haqiqat nurining aks etishiga erishganlar.
Endi o’zgalar qalbiga ziyo baxsh etishni hayot mazmuniga aylantirmoqlari asosiy
maqsad yo’nalishi qilib belgilandi. Navoiy aqidasiga binoan etakchi qoida
Do'stlaringiz bilan baham: |