ziyoli, ya’ni darvesh elga faqat ma’rifat, ilm nurini tarqatish bilan
kifoyalanmaydi, insonlar diliga poklik, mehr-oqibat, ezgulikka intiqlik, o’z-
o’zini anglash tuyg’ularini singdiradi: “Ichi tashi bilan muvofiq, balki arig’roq
(pokroq), botini zohir bila musoviy (teng muvozanatda), balki yorug’roq...”
Albatta, moddiy va ma’naviy qiyofa doim mutanosib bo’lavermaydi: “Darvesh
to’ni yirtuq, andoq turur kim, ganj (xazina) makoni buzuq”.
102
Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar hukmdorni faylasuf bo’lishga da’vat qilgan
bo’lsalar, Navoiy o’z asarlarida Husayn Boyqoroni “darvesh-shoh“ bo’lishga
undagan. O’sha zamonda darveshlar deganda ko’proq so’fiylar, tasavvuf ahli
tushunilgan. Ularning yaratuvchiligi, avvalo ruhiy ogohlik,
Do'stlaringiz bilan baham: |