uyg’unlik masalasini benihoya teran tahlil qilib berdi va bu tahlil Alisher Navoiy
ijodiga kelib aytish mumkinki, bir millat yoki mintaqa emas, xatto jahon ahli
ma’naviyati rivojida butkul yangi, yuksak kamolot bosqichini mukammal
namoyon qildi. Navoiyning butun merosi - devonlaridagi g’azal, qit’a, qasida,
tarje’band va soqiynomalar, dostonlari va nasriy asarlari, ilmiy ijodi - barchasi
yaxlit bir manzara - Navoiy davridan bir necha asrlar keyin - bizning zamonamizda
voqelikka aylanishi mumkin bo’lgan Yangi bir ijtimoiy - ma’naviy uyg’unlikdan
bashorat qiladi. Qonun ustuvorligiga asoslangan, haqiqiy fuqarolar jamiyati desa
arziydigan, tom ma’noda ijtimoiy adolat va xalq hokimiyati amal qilayotgan,
davlat, jamiyat, xalq ma’naviyatining yuksak uyg’unligi asoslari bundan 500 yil
ilgari shu daraja yorqin tasavvur etilgani va badiiy ifodalab berilgani insonni
hayratga solmay iloji yo’q.
Navoiy yaratgan uyg’un jamiyat manzarasi qanday belgilarga ega?
Avvalo, bu manzara xayoliy (utopik) emas, voqe’ asosga qurilgan
manzaradir. Ikkinchidan, bu manzara moddiy tenglik va behisob to’kinchilik holati
emas, ma’naviy voqelikdir. Uchinchidan, Navoiy yaratgan ijtimoiy-ma’naviy
uyg’unlik manzarasi zo’rlik, muayyan kichik bir guruhning zo’ravonligi yo’li bilan
joriy etilgan majburiy tenglik jamoasi emas, umum bashariyatning cheksiz
adashuvlar, og’ir mashaqqat va iztiroblar aro necha asrlar davomida asta-sekin va
ixtiyoriy erishgan ma’naviy kamolot holatidir. Unda hali ham adashuvlar,
qiyinchiliklar, iztiroblar, yo’qotishlar bo’lishi mumkin, ammo bahamjihatlik,
insonlarning bir-birini tushunishga intilishi oxir-natijada g’olib chiqish ehtimoli
kengaygan, shunga muvofiq ma’naviy muhit shakllangan. Bu jamiyatda mulkdor
ham bor, mulksiz ham, ammo har ikkovi ham o’z ixtiyori bilan ushbu holatni kasb
etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
150
Bu jamiyatning har bir a’zosi o’zligini anglab etgan, o’z mavqeiga ega:
davlat arbobi ham, olim ham, dehqon ham, savdogar ham; go’dak ham, keksa ham;
erkak ham, ayol ham. Hech kim bir-biriga xasad qilmaydi, qo’lidan kelmagan
yumushga da’vo qilmaydi, o’z yukini boshqaga ag’darmaydi, ko’tara olmaydigan
yukni elkaga olishga behuda urinmaydi.
Chunki insonlarda borliqning Oliy Haqiqatini tushunish bor, unga cheksiz
intilish bor, nafaqat aql, balki butun vujud bilan, butun ehtiros bilan anglab etilgan
imon, e’tiqod bor. Bu e’tiqod barchada bir xil tusda emas, ya’ni yagona
mafkuraning yalpi hukmronligi tarzida emas, balki o’zaro mehr, bir-birini
tushunish va Haqqa intilishdagi samimiyat zaminida shakllangandir. Rioya,
andisha, mehr-oqibat, hilm (muomalada halimlik), sabr-toqat va Oliy Haqiqat
oldidagi mas’uliyat hissi ushbu e’tiqodning mevalaridir. Bu jamiyat kishilari
go’zallikka intiladilar, ammo poklikka xiyonat etmaydilar; fidoiylikka ular qodir,
ammo mutaassiblik ularga begona; har bir kishiga yuksak ehtirom bilan
yondoshadilar, ammo hech kimga tilyog’lamalik qilmaydilar; har bir shaxs o’z
qadrini biladi, ammo takabburlikni bilmaydi; ular har biri o’z e’tiqodiga sodiq,
ammo birovni nodon deb o’ylamaydi, ular qalbida ehtiros jo’sh uradi, ammo ular
ehtiroslarning quli emas; ular aqlli, ammo makkorlikdan or qiladilar. Bunday
xislatlarni cheksiz sanash mumkin, ammo Navoiy yaratgan bu manzarani yaqqol
ko’rish uchun nima talab etiladi, shoir o’zi bu darajada bashoratga qanday erisha
olgan? - degan savol tug’ilishi mumkin. Sababi bitta - barcha salaflari singari
Alisher Navoiy ham o’zidan oldin yaratilgan buyuk ma’naviy merosni imkoni
darajasida mukammal o’zlashtirgan, faqat aqli bilan emas, butun vujudi, borligi
bilan, mehru samimiyati bilan o’zlashtirgan, but imon, e’tiqod bilan Haqiqatni
izlagan va Haqiqat unga yuz ochgan. Bu Allohning inoyati insonning samimiyati,
o’zligini anglashga cheksiz intilishi tufaylidir. Kimki ixlos bilan, imon va e’tiqod
bilan, ezgu niyat bilan milliy va umumbashariy ma’naviy merosni o’rganishga,
uning mag’zini anglab etishga urinsa, inshoolloh, unga ham Haqiqat jamoli nasib
bo’lgusidir.
Ko’pincha biz inson yaratuvchi deb gapiramiz, asli yagona yaratuvchi, ya’ni
yo’qdan bor qiluvchi Alloh taolodir, insonga esa Alloh yaratgan moddiy ashyolarni
qayta ishlab o’zgartirish qobiliyati berilgan. Navoiy nazdida, dunyoni obod
qilishning ibtidosi ziroatdadir. “Mahbub ul-qulub”ning bosh va suyukli
qahramonlari, bizning tasavvurimizga ko’ra, shoh va cultonlar, munajjim va
voizlar emas, balki dehqon va darveshdir: “Dehqonki, dona sochar, erni yormoq
bila rizq yo’lin ochar...”
101
Dunyoga dil ko’zi bilan qarashni o’rgangan shoir
dehqonni Odam atoga, o’zgalarni uning qaramog’idagi farzandlarga o’xshatadi,
olamning obodligini dehqon mehnatidan deb hisoblaydi. Tabiatdagi juda ko’p
jonzotlar ham dehqon mehnati samaralaridan bahramand bo’ladilar.Chorvador va
bog’bon ham asli shu toifadan. Shoir ta’kidicha, ular insonlar jamiyatining asos-
zamirini tashkil etuvchi toifadir. Bu toifaning yana bir buyuk fazilati - insonlar va
tabiat orasidagi muvozanatni saqlashda ko’rinadi.
101
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 14-j., T. 1998, s.37
www.ziyouz.com kutubxonasi
151
Qadim ajdodlarimizning “Avesto”kitobida tabarruk hisoblangan zamin
ayolga qiyos etiladi, uni erkalash, parvarish etish ulug’ va muqaddas yumush
sifatida dehqon zimmasiga yuklanadi. Ajdodlarimiz o’zligini tanigandan boshlab
er, suv va olovni ulug’laganlar va dastlabki ikkisini pok saqlash, ezgu niyatlarda
istifoda etish dehqon uchun ham huquq, ham mas’uliyat sanalgan.
Mutafakkir adib jamiyatdagi yana bir toifaga - darveshlarga ham alohida
mehr ko’rgazgan. Afsuski, mustaqillikkacha o’tgan 70 yil davomida Navoiy
asarlaridagi ayrim mafkurachilarga ma’qul kelmagan jihatlar ko’plab nashrlardan
ayovsiz qirqib tashlanardi. Jumladan, “Darveshlar zikrida” deb nomlangan 1-
bo’limning 40-fasli ham shoirning 15-jildli “Asarlar” to’plamidan “tushib” qolgan.
Holbuki, Navoiy bu toifa misolida haqiqiy ziyoli qiyofasini yaratadi. Haqiqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |