Sing’on safol – Navoiy badiiy olamidagi
muhim timsol-tushunchalardan bo’lib, inson
qalbiga ishora qiladi. Unga ko’ra bani bashar
vahdat mayini o’zida saqlagan idish (jom yoki
ko’za)ga qiyos qilinadi. Odam Ato jannatdalik
paytida u butun bo’lgan, inson jannatdan
quvilgach, bu “ko’za” sinib, parchalanib
ketgan. Har bir Odam avlodida shu ko’zaning
bir parchasi mavjud bo’lib, unda “vahdat
mayi”ning ozgina quyqasi (ya’ni ilohiy ishq
uchquni) saqlanib qolgan. Insoniyatning har bir
a’zosi o’z qalbidagi ushbu ishq uchqunini
olovlantirib, o’z ruhini poklab borsa,
o’zgalarga xolis mehr bilan munosabatda
bo’lsa, bu ma’naviy poklanish oqibatida
umuminsoniy ijtimoiy uyg’unlikka erishish
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
132
«Bismillohir rahmonir rahim,
Hast kalidi dari ganji hakim
82
(«Bismillohir rahmonir rahim» kalimasi
Hikmatlar egasi xazinasiga kaliddir)
Ushbu satrlar birinchi - «tavhid» bobiga kirish bo’lib, uning mazmuni
yaratganning hamdidir. Shundan so’ng ikki munojot, Payg’ambar na’ti, me’roj
tasviriga bir necha bob bag’ishlanib, keyin shoir zamona podshohi Faxriddin
Bahromshohni madh etishga kirishadi.
Ma’lumki, Sanoiy ham asari oxirida o’sha davr hukmdori Abulxoris
Bahromshohga madhiya bitgan edi. Nizomiy shu bahonada o’z dostonini Sanoiy
asariga qiyoslab o’tadi:
On zare az koni kuhan rixta,
V-in dure az bahri nav angixta.
83
(Ul eski ma’dandan oltin quygandi,
Bul yangi dengizdan gavhar chiqardi)
Ushbu qiyosda Sanoiyning she’riyat kamolida birinchi bosqichning
yakunlovchisi bo’lgani, Nizomiy esa yangi davrni boshlab bergani ta’kid
etilmoqda.
Madhiyalardan so’ng Nizomiy «ko’ngilni anglash» («shinoxtani dil») haqida
bir qator boblar yaratadi va ularda insonning ruhiyat iqlimlari ajoyib tashbeh va
timsollarda teran tahlil etiladi. Bu holatlar, ya’ni insonning o’z ko’ngil bog’ida sayr
etishi tunda va xilvatda amalga oshirilganligi alohida qayd etiladi.
Dostonning asosiy qismi yigirma maqolatdan tashkil topgan bo’lib, ular
Odam Atoning, ya’ni Insonning yaratilishi, uning asl mohiyati, burch va vazifalari,
hukmdor adolati, dunyoning buqalamunligi, insonlarning bir-biriga va umuman
tirik mavjudotga munosabati, jamiyatdagi qabihliklar, do’stlik va vafo masalalariga
bag’ishlangan. Har bir maqolat oxirida ijtimoiy hayotdan bir hikoyat ibrat
yo’sinida ilova qilinadi va undan axloqiy-falsafiy xulosalar chiqariladi. Bu
dostonda inson va jamiyat, Inson va Oliy Borliq munosobatlarini bir-biridan
ajratmagan holda, uyg’unlikda tahlil va tadqiq etiladi. Shu jihatdan uning Sanoiy
asariga mazmun va mavzu tarkibida hamohangligi bejiz emas. Ammo «Hadoyiq
ul-haqiqa» Sanoiy ijodi uchun yakuniy asar, xulosa bo’lsa, Nizomiy uchun
«Maxzan-ul-asror» ijodiy rejalarining boshlanishi, ilk muqaddima edi. Agar
Farididdin Attor butun umr Inson va Oliy Borliq nisbatini tahlil etishga uringan
bo’lsa, Nizomiy o’zining ikkinchi dostonidan boshlab ijtimoiy munosabatlar,
insonlar aro munosabatlar tahliliga kirishib ketadi. «Xusrav va Shirin» shohlik va
oshiqlik, adolat va muhabbat masalalarini, «Layli va Majnun» ishq va oilaviy
82 Nizomiy Ganjaviy. Kulliyot. 5-jild. Dushanbe-«Irfon»-1984, s. 256
83 O’sha kitob, s. 281
www.ziyouz.com kutubxonasi
133
munosabatlar, ishq va insoniylik, ishq va urf-odatlar, bir so’z bilan aytganda,
insonlar jamoasida ishq va oshiqlik martabasi masalalarini, «Haft paykar»
hukmdor va raiyat, adolat va zulm, xudbinlik va fidoiylik, insonning jamiyat
oldidagi burch va ma’suliyati, inson baxti va fojiasi masalalarini, «Sharafnoma» va
«Iqbolnoma» dostonlari esa afsonaga aylangan tarixiy Iskandar hayoti va taqdiri
orqali umuman o’sha davr ijtimoiy hayotining murakkab va dolg’ali manzarasini,
insonlar jamiyatining falsafiy va amaliy qiyofasini, mohiyatini ochib berishga
qaratilgan. Nizomiy yaratgan olti dostonning oxirgi ikkitasi «Iskandarnoma»
sarlavhasi ostida birlashtirilib, «Xamsa» (Beshlik) ga aylandi. «Xamsa» badiiy
olami esa islom mintaqa ma’aviyati takomilida butkul yangi bosqichning ibtidosi
edi. Tasavvuf irfoni islom ma’rifatchiligi bilan deyarli bir paytda (IX asrdan)
boshlanganidek, bu safar ham Nizomiy asos solgan yangi yo’nalish «haqiqat
tariqi» (ya’ni, tasavvuf epik she’riyati) bilan deyarli bir davrdan boshlandi. Ammo
«Xamsa» yo’nalishi Nizomiy ijodida biroz «o’z vaqtidan ilgari» yuz ko’rsatgan
bo’lib, davr tasavvuf bosqichi kamolotini taqozo qilar edi. Shu sababli XII asr
ikkinchi yarmida yaratilgan Nizomiy merosi 150 yil ulusning diqqat markazidan
chetda qolib keldi. Hatto XIII asrda ijod etgan Sa’diy Sheroziy yana ma’lum
ma’noda Sanoiy an’anasini davom ettirib, o’zining «Bo’ston» va «Guliston»
asarlarini «Hadiqa» yo’nalishda, o’sha erkin uslubda yaratdi. Faqat Hindistonni
Vatan deb bilgan forsiyzabon turk Amir Xusrav Dehlaviygina, XIII asr oxirida uch
devon va bir yirik doston yaratib ulgurgach, 50 yoshga yaqinlashganida, ya’ni XIV
asr bo’sag’asida Nizomiy «Xamsa»siga javob yozishga bel bog’ladi va 1302 yilga
borib (4 yil ichida) o’zining javob-tatabbusini to’liq yozib tugalladi.
Alisher Navoiy «majoz tariqi» haqida yozar ekan, Nizomiy Ganjaviy nomini
tilga olishga jur’at etmaydi, buning sababi ulug’ shayxning tafakkur olami har
qanday qoliplarga sig’masligini dildan his qilganidan bo’lsa kerak. Ammo Amir
Xusrav Dehlaviy ismi so’zsiz «haqiqat asroriga majoz tariqin maxlut qilganlar»
qatorida shayx Sa’diydan keyingi faxrli o’rinni egallagan. Bu bejiz emas, albatta.
«Hind sehrgari» (sohiri hind) ning o’ziga murojaat etaylik:
Fidoyi ishq shav, gar xud majozist,
Ki davlatro dar-u po’shida rozist,
Haqiqat dar majoz inak padid ast,
Ki fathi on xazina z-in kalidast.
84
(O’zingni ishqqa baxsh et, agar u majoziy bo’lsa ham,
Chunki unda saodat sirlari yashirindir.
Haqiqat majozda shunday o’zini namoyon etadiki,
Ul xazinani qo’lga kiritmoq imkoni ushbu kalit orqali bo’ladi.)
Shoir majoziy ishqqa shunday ta’rif berish bilan ham cheklanmaydi, u o’z
davridagi ba’zi «ishqi haqiqiy»dan lof uruvchilarni fosh etishni ham lozim topadi:
84 Amir Xusrau Dixlavi. Shirin i Xusrau. M.-«Nauka»-1979, s. 40
www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Tu k-az «ishqi haqiqiy» lofiy, ey do’st,
Xaroshi so’zane benmoy dar pust,
Tu k-az bongi sage az din shavi fard,
Nadori sharm az-in imoni bedard.
85
(Ey, sen «ishqi haqiqiy» dan lof uruvchi do’st,
Badaningga bir igna qadalishini tasavvur qilib ko’r.
Nogahon it «vov» desa cho’chib dindan chiqib ketasanu,
Yana bunday «dardsiz imon»ingni ko’z-ko’z qilgani uyalmaysanmi?)
Bunday mulohazalar tug’ilishi uchun Farididdin Attor, Jaloliddin
Rumiylarning yuksak irfoniy she’riyati, Ibn al-Arabiyning mukammal irfoniy
falsafasi yaratilib, o’zlashtirilib bo’lingan, Abduholiq G’ijduvoniy izdoshlari uchun
Mansur Xalloj va Boyazid Bistomiylarning tasavvufdagi oxirgi maqomi birinchi
maqomga, oxirgi qadami birinchi qadamga aylangan bo’lishi kerak edi. Nizomiy
davri uchun esa «ishqi haqiqiy» va «ishqi majoziy»ni bir-biridan farq qilishga hali
juda erta edi. Shu sababli ulug’ shayx merosida biz bunday tazodni uchratmadik.
Nizomiyni shoirlarning hech bir guruhiga qo’shmasligi ham shu jihatdan Alisher
Navoiyning nazariy xulosalarda nihoyatda ilmiy ehtiyotkorligiga ishoradir. Biz esa
«marksistik» ta’lim olganimizdanmi, ancha o’zboshimcha bo’lib qolganmiz. Har
holda bu mulohazalar dastlabki yo’nalish olish va tarh (loyiha) darajasida bo’lib,
keyingi mufassal va jiddiy tadqiqotlar masalaga aniqlik kiritadi, deb umid qilamiz.
Amir Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si ongli ravishda majoziy ishqni kuylashga
bag’ishlangan. Ajablanarli joyi shundaki, Nizomiy Ganjaviy dostonlarining
bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo’lyozmalari XIV asr o’rtalariga mansubdir.
Amir Xusrav «Xamsa»sining saqlanib qolgan eng birinchi qo’lyozmasi vafotidan
30 yil keyin ko’chirilgan (ba’zilarini Hofiz Sheroziy ko’chirgan deb taxmin
qilinadi). Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»sining hozir ilmiy iste’molda mavjud to’liq
nusxalari esa bundan ham keyinroq, 1362-1365 yillarda ko’chirilgandir. Ulardan
ko’ra qadimiyroq, ayniqsa, XII-XIII asr nusxalari hanuz topilgan emas. Shu asosda
Nizomiy «Xamsa» sining keng urf bo’lishi uning salafi Amir Xusrav Dehlaviy
faoliyati bilan bog’liq emasmikan, degan faraz paydo bo’ladi. Chunki Nizomiyning
fikriy dunyosi juda murakkab, uni anglab etish oson emas, Dehlaviy «Xamsa»si
esa, ma’lum ma’noda, Nizomiy badiiy olami uchun ham kalit bo’la oladi. Aniqroq
qilib aytsak, Nizomiy ma’naviyatini tushunish uchun XII asrdan ko’ra XIV asrda
muvofiqroq fikriy muhit hosil bo’lgan edi, deyish mumkin. Amir Xusrav
«Xamsa»dan so’ng yozilgan tarixiy ishqiy dostoni «Duvalroniy va Xizrxon»
qahramonlarining muhabbati ham majoziy ekanligini alohida ta’kidlab ko’rsatadi:
Chu ishq andar majozash jilvagoh dod
Majozash bar puli tahqiq rah dod.
86
85 O’sha kitob, s. 40
86 Amir Xusravi Dehlavi. Duvalrony va Xizrxon. Dushanbe-«Donish»-1975, s. 224
www.ziyouz.com kutubxonasi
135
(Ishq o’z majozida namoyon bo’lgani sababli,
Bu majoz Haqiqatni anglab etish uchun ko’prik bo’ldi.)
Amir Xusrav «Xamsa» g’oyalarining keng yoyilishi uchun ulug’ xizmat
qildi. Undan keyin «xamsanavislik» va keng ma’noda «majoziy ishq»ni kuylashga
bag’ishlangan dostonchilik an’anasi mintaqa miqyosida ko’lam kasb etdi. Navoiy
eslagan Xojuyi Kirmoniy va Salmon Sovajiy, Kotibiy va Shohiy Sabzavoriylar
ushbu dostonchilik an’anasiga mansub shoirlardir. Hofiz Sheroziy va Nosir
Buxoriy g’azallarining majoziy ishq tavsifiga oidligi yana maxsus tadqiqotlarni
talab etadi.
«Majoz» va «haqiqat» nisbatlari turkiy adabiyot doirasida keyingi asrlarda
Fuzuliydan to Nodira sheriyatigacha qo’llanilib kelganligi ma’lum.
Ammo bu masalaga ayricha ahamiyat bergan va mintaqa emas, jahon
miqyosida dunyoni yangicha idrok etish an’anasiga ham nazariy, ham amaliy
(ya’ni badiiy ijodda) asos solgan buyuk zot - Alisher Navoiy bo’ldi. Navoiyning
Amir Xusrav Dehlaviy ijodiga ixlosi ham Amir Xusravning «majoziy ishq»qa
bo’lgan munosabatiga bog’liq, deb o’ylaymiz. Chunki Nizomiy asos solgan
«Xamsa» an’anasining alohida yangicha yo’nalish, badiiy idrok va in’ikosning
maxsus yo’li ekanligini anglab etib, ushbu yo’nalishga el e’tiborini tortgan Amir
Xusrav edi.
Navoiy ijodiy takomili ikkinchi bosqichining tayanch ustuni - shoirning
shoh asari «Xamsa» desak yanglishmaymiz. 888 (1483) yildan Alisher Navoiy
o’zining eng buyuk asari «Xamsa» turkumini yozishga kirishadi va uni 890 (1485)
yilda tugallaydi. Besh dostonni o’z ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming
misradan oshiq bo’lib, Navoiyning barcha she’riy merosining deyarli yarmini
tashkil qiladi. Ammo gap hajmda emas. «Xamsa» Alisher Navoiy ijodining
qalbidir. Buyuk bobokolonimiz o’zi tuzgan birinchi devoni «Badoyi’ ul-bidoya»
bilanoq turkiy tildagi she’riyatni arab va fors mumtoz adabiyotining eng
peshqadam namunalari darajasiga olib chiqqan edi. Ammo bu ishlar barchasi
«Xamsa»ning debochasi edi, xolos. Agar turkiy «Xamsa» yozilmasa, nafaqat
bizning, turkiy xalqlarning adabiyoti, ma’naviyati, balki butun islom mintaqa
ma’naviyati bugungi yaxlitligi, bugungi tugalligiga ega bo’lmas edi, deb bemalol
aytish mumkin. Alisher Navoiydek asliy oshiqning dunyoga kelishi, unga berilgan
ulug’ iste’dodning mohiyati «Xamsa» uchundir, bu buyuk ijodkor merosining
avvali ham, oxiri ham «Xamsa» tufaylidir.
Islom ma’naviyati namoyondalari o’z ijodlarida salaflarini inkor etish, ilgari
batamom ko’rilmagan yangilik yaratishga intilish emas, balki ustozlar yaratgan
ma’naviy boylikni yanada takomillashtirish, unga yangi jilo berish, ular izlagan
yaxlit va buyuk Haqiqatning yangi va toza qirralarini kashf etish, mazmuniy
boyitish yo’lidan borganlar. Bu tom ma’nosi bilan muqaddas an’ana bo’lib,
islomning ilohiy kitobi «Qur’oni karim»dan sarchashma oladi. Dehlaviy
«Xamsa»si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini
sifatida o’zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV- XV
asrlar mintaqa ma’naviyati «Xamsa» an’anasi ta’sirida rivoj oldi, shoirning
salohiyati va iqtidori hech bo’lmaganda «Xamsa»ning bir dostoniga munosib javob
www.ziyouz.com kutubxonasi
136
yoza bilish bilan o’lchanadigan bo’ldi. Bu jahon ma’naviyati tarixida betakror
hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan
«xamsachilik» an’anasi o’zining kamolini Alisher Navoiy ijodida kutayotgan edi
va bu qutlug’ intizorlik benihoya ezgu samara berdi. Nizomiy, Amir Xusrav,
Alisher Navoiy ruhiyatlari «Xamsa»ning ma’naviyat maydonida birlashib, yagona
iqlim, yagona mohiyat kasb etdilar. Ushbu yagona mohiyat butun islom mintaqa
ma’naviyatining eng buyuk cho’qqisidir. Nizomiy va Amir Xusravsiz Navoiyni
tasavvur etib bo’lmaganidek, Alisher Navoiy ijodiy merosisiz Nizomiy va Amir
Xusrav badiiy olamini ham butun ko’lami bilan idrok etib bo’lmaydi. Shoir o’zi
dostonlarini «zohir yuzidan afsona» degan edi. Afsus, yaqin kunlargacha
maktablarimizda XX asr avlodiga «Xamsa» dostonlari ushbu «afsona» darajasida,
yuzaki talqin etilib, tushuntirib kelindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida bu eski
yondoshuvdan qoniqmagan ba’zi yosh tadqiqotchilarimiz Navoiyning islomiy
shoir ekanligini, uning asarlaridagi tasavvuf irfoni izlarini yangidan «kashf» eta
boshladilar. Vaholanki, barcha jiddiy navoiyshunoslar bu «yangilik»larni avval
boshdanoq yaxshi bilishgan, to’liq idrok etishgan, faqat «zamona zo’rligi» tufayli,
kommunistik mafkura tazyiqidan navoiyshunoslikni himoyalash maqsadlari bilan
ba’zi jihatlarini pardalab o’tishga, ishoralar bilan cheklanishga majbur bo’lishgan
edi. Bugungi mustaqillik, hurlik zamonida endi ma’naviyatimizning asl mohiyati
haqida ochiq-oydin gapirish, fikr yuritish imkoniyati mavjud ekan, muammolar
mohiyatiga chuqurroq kirib borish, teran tahlilga o’zimizni ham, yosh avlodni ham
o’rgatib borish ayni farzdir. Alisher Navoiyning «Xamsa» dostonlari har biri
alohida necha-necha tadqiqotlar mavzui bo’lib keldi, yana bu ish davom etadi.
Chunki ularning mazmun qabatlari benihoyadir. Bu dostonlar shaklan qanday
mukammal bo’lsa, mazmunan undan ham uyg’un, koinot singari munazzam va
had-hududsizdir.
Islom aqidalariga ko’ra bir kecha-kunduzda o’qiladigan besh vaqt namoz
«al-Xamsatu» deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham - tavhid (imon),
namoz, ro’za, zakot, haj - o’ziga xos «xamsa» (beshlik)ni tashkil etadi. Demak,
Nizomiy dostonlarining «Xamsa» turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir
Xusrav va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy»
dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus to’xtalib, «Xamsa»ning har
bir dostoni yozilishini kunning ma’lum vaqtlarida o’qiladigan sahar (fajr), peshin
(zuhr), asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda «Xamsa»ni buyuk
tog’ cho’qqisiga ko’tarilish mobaynida besh o’rinda to’xtab, nafasni rostlash uchun
bino etilgan besh oromgohga o’xshatadi.
87
Bu oromgohlarni yaratish uchun shoir
«Bilik taxti uzra chiqib o’lturmagi», «Xayol elchisini» har tarafga choptirishi, «jon
mulkidan» «maoniy sipohini» (ma’nolar lashkarini) guruh-guruh (favj-favj)
etkazib berib turishi, ma’no lashkarlari jam bo’lgach, insonlar dilini zabt etishga
kirishmog’i, ya’ni ma’naviyat olamida jahongirlik san’atini namoyish qilmog’i
lozim edi. «Xamsa» dostonlari ijtimoiy hayotni, turli toifalarning hayotdagi o’rni
va vazifalarini ularning butun ichki dunyosi va ruhiyati bilan bog’liq holda tadqiq
87Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 11-jild. T.-«Fan»-1993, s. 34-39
www.ziyouz.com kutubxonasi
137
etadi, shu bilan birga undagi barcha botiniy rishtalar Tavhid e’tiqodiga borib
ulanadi.
«Xamsa»ning badiiy olami, ma’lum maqsadga - inson ma’naviy kamolotini
ta’minlash maqsadiga yo’naltirilgan bo’lib, bu yo’lda islom ma’naviyatining
Do'stlaringiz bilan baham: |