178
puxta va mustahkam o’rnashuviga xizmat qiluvchi har qanday narsa topilsa,
barchasini yaqqol ochib berish, targ’ib qilish, ajdodlarimiz bildirgan fikr va
mulohazalarni iloji boricha “marksistik ruhda” talqin qilish, ammo agar nimaiki
“proletar diktaturasi” g’oyalariga zid kelish ehtimoli bo’lsa rad etish, inkor qilish,
qora yorliqlar yopishtirish, zarur holatlarda esa ko’rib turib ko’rmaslikka solib
o’tib ketish lozim edi. Merosni o’rganish ishiga marksizm “falsafa”sini chuqur va
jiddiy o’zlashtirgan, totalitar siyosatga sodiqligi tajribada isbot etilgan, mavjud
tuzumga chin dildan tarafdor kishilar darg’a qilib belgilanar, ularga har bir soha
tadqiqotchilarining “dialektik va tarixiy materializm”, “ilmiy kommunizm”
printsiplaridan zarracha o’ng yo so’lga og’ishmay borayotganligini qat’iy nazorat
etish va ta’minlash ishonib topshirilgan edi. Qatag’onlar odamlarning yuragini olib
qo’ygan, ko’plar hukmron “partiya” nima desa, “ha, shu to’g’ri ekan-da” deb qo’ya
qoladigan bo’lib qolishgan edi.
Sobiq tuzum davrida ajdodlarimiz merosini o’rganish bo’yicha bajarilgan
ishlarni baholashda unutmaslik lozimki, buyuk allomalarimizning qarashlari ularda
asli holidek aks etgan emas, balki begona qoliplar, yot andozalarga moslab sun’iy
talqin etib kelingan. Buning uchun turli usullardan foydalanilgan. Masalan,
ommaviy nashrlarda ularning asarlaridagi “kommunistik partiyaviylik” qolipiga
tushmay qolgan joylari (ko’pincha, eng muhim qismlari) qirqib-kesib tashlanishi
shunday “usul”lardan biri edi. Tan olish kerak, sobiq tuzum davrida olimlarimiz,
tadqiqotchilarimiz shaxsan qanchalik pok, samimiy bo’lishmasin, ajdodlar
merosiga xolis yondoshuv imkoniga ega bo’lgan emaslar. Ular ba’zan o’zlari
to’g’ri deb o’ylagan holda, ba’zan majburiyatdan yo’qni bor, borni yo’q qilib
ko’rsatganlar, ajdodlarimiz so’zini xolis, mintaqa ma’naviyatining amaliy va
nazariy takomili mantiqiga muvofiq tarzda emas, marksistik mafkura talablariga
mos yo’nalishda talqin etganlar. Natijada o’tmish merosimiz namunalari bilan asl
qo’lyozmalardan, to’liq matnlardan emas, ommaviy nashrlar asosida tanish bo’lgan
ko’pchilik oliy ma’lumotli mutaxassislar ham yagona hukmron ideologiya ruxsat
bergan “haqiqatlar”dan o’zga haqiqatlar mavjud ekanligidan deyarli bexabar
tarbiya topganlar. Bugun ziyolilarimizning ko’pchiligi ma’naviy merosni to’g’ri
idrok qilishga qiynalayotganliklarining sabablaridan biri ham shunda. Demak,
o’tgan 70 yillik davrda ma’naviy merosni o’rganish bo’yicha qilingan ishlarning
amaliy tomonlari - nashrlar, ma’lumotlar - bugun uchun xizmat qilishga yaroqli
bo’lsa ham, g’oyaviy-nazariy yo’nalishlar, talqin va xulosalar, andaza va
tushunchalar - barchasi jiddiy va diqqat bilan qayta ko’rib chiqishni talab qiladi va
bu milliy ma’naviyatimiz nazariyasini to’g’ri, asliga muvofiq shakllantirishda o’ta
muhim muammolardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: