Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Yangi  davr  ma’naviyatiga  o’tish  yoki  islom



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Yangi  davr  ma’naviyatiga  o’tish  yoki  islom 
mintaqa  madaniyati  davri  ma’naviy  yutuqlarining 
ommalashuvi  bosqichi  -  Yangi  davr  milliy 
ma’naviyatimiz 
takomilining 
ikki 
bosqichidan 
birinchisi,  XVI  asrdan  XIX  asrning  birinchi 
yarmigacha davom etadi. Bu bosqichda yaxlit islom 
mintaqa  madaniyati  erishgan  yutuqlar  zaminida 
mahalliy  o’lkalar  keng  xalq  ommasining  ma’naviy 
saviyasi  oshib  bordi,  mintaqa  xalqlari  o’tgan 
davrda  erishilgan  yuksak  ma’naviy  qadriyatlarni 
saqlab  qolishga  va  rivojlantirishga  urindilar,  shu 
bilan  birga  mintaqa  siyosiy  hayotida  tanazzul 
jarayonlari  yildan  yilga  kuchayib,  islom  dunyosida 
siyosiy 
parokandalik 
va 
yaxlit 
mintaqa 
madaniyatining  parchalana  boshlashi,  hokimiyatni 
boshqarishda  sulolaviylik  an’anasining  jamiyat 
ma’naviy  takomil  darajasi  bilan  nomuvofiqligining 
keskin  namoyon  bo’lishi,  turli  siyosiy  guruhlar  aro 
noittifoqlik  balosi,  ma’naviyat  ahlining  siyosatga 
aralashuvi,  xos  va  avom  orasidagi  ma’naviy 
chegaraning yo’qolib borishi kuzatiladi. 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
168 
Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini, 
G’asb ila molin olib, qo’ymadingizlar bitini, 
Qamchilar dog’i solib bo’yunig’a, tilib betini, 
Yordingiz zahrasini (ichidan) olib o’tini, 
Bo’lmadi kam bu raiyat boshida hech tayoq.
115
 
 
Qarang,  Bobir  mirzo  uchun  tabiiy  ko’ringan  holat  endi  Turdi  uchun  chidab 
bo’lmas adolatsizlikdir. Bu Yangi davr ma’naviyatidan darak edi. 
Turdi sulolaviylik o’rniga, odil shoh orzusi o’rniga yangi bir jozibali g’oya - 
Yagona  Vatan  g’oyasini  olg’a  suradi.  Bu  Vatanda  hali  nohaqlik,  zulm  hukmron, 
hanuz  bu  yurt  -  «kofiriston»dir,  ammo  endi  sulolaviylik,  beklarning  tor  xudbinlik 
manfaatlariga  qarshi  qo’ysa  arzigulik  ulug’  bir  Voqelik  shakllanmoqda  - 
«O’zbekistondir  bu  mulk»,  deydi  shoir  ham  cheksiz  iztirob,  ham  cheksiz  umid 
bilan. 
 
Tor ko’ngilli beklar, man-man demang, kenglik qiling, 
To’qson ikki bori o’zbek yurtidir tenglik qiling. 
Birni qipchoqu xitoyu, birni yuz, nayman demang. 
Qirqu yuz, ming son bo’lib, bir jon oyinlik qiling.
116
 
 
Turdi  xalq  maqoli -  «el  rabotu to’ra qo’noq»ni siyosiy e’tiqodga aylantirdi. 
Turdi  ma’naviyatida  O’zbekiston  va  uning  xalqi  birinchi  maqomga  ko’tarildilar, 
irsiy «aslzodalik» huquqi rad etildi: 
 
Baski bu tiyradarunlarda charog’e tilama. 
 
Endi Haqiqat yo’li saroydan tashqaridadur: 
 
To’g’ri yo’lni tilasang uz bu saroydan payvand. 
 
Endi  shoh  cho’pon  emas,  xalq  ham  suruv  emas.  Xon  faqat  o’z  maishati 
g’amidagi mahluqqa aylangan: 
 
Ark ichin mahkam etib ayladim o’zimga yotoq.
117
 
 
Shoir  davr  hukmronining  kayfiyatini  nihoyatda  aniq  aks  ettiradi.  Endi  xon 
va amirlar yurt oldidagi mas’uliyatni mutlaqo unutgan edilar, ular «xos ahli» emas, 
oddiy «xudoning mahluqi» darajasida o’z maishati,  
                                         
115 O’zbek adabiyoti tarixi. III-jild. T.-«Fan»- 1978, s.224 
116 O’sha kitob, s.222 
117 O’sha kitob, s.228 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
169 
aysh-ishrati  va  xudbin  intilishlarining  quliga  aylanib,  yurt  egasi  bo’lish  huquqini 
butkul  yo’qotdilar.  Endi  yangi  davr  siyosiy  qadriyatlari  zamon  taqozosiga  aylana 
boshlagan  edi.  Afsus,  bu  qadriyatlarni  to’liq  va 
mukammal  anglab  etish  uchun  Turkiston  xalqlari 
yana  bir  necha  asr  jabr  chekishlari,  jumladan,  150 
yil  milliy  asorat  xo’rligini  boshdan  kechirishlariga 
to’g’ri keldi. 
Fuqarolik  jamiyatiga  o’tishning  ikki  jihati 
bor.  Birinchidan,  agar  fuqaro  o’zligini  anglab 
etmagan bo’lsa, agar u hanuz o’zini eb-ichib, «kayfi 
safo  qilib»  yurishdan  ortiqqa  arzitmasa  -  uning 
nomi  fuqaro  (grajdan)  emas,  oddiy  bir  «xudoning 
mahluqi»dir,  bunday  insonlar  to’plansa,  «xalq»  emas,  «olomon»  bo’ladi.  Alisher 
Navoiy  insonlarni  «xos»  va  «avom»  ga  ajratar  ekan,  bunda  u  biz  sobiq  sovet 
davrida talqin qilganimizdek, «zodagonlar» va «qora xalq»  ma’nosida emas, balki 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish