Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


madaniyati  davri  ma’naviy  yutuqlarining  ommalashuvi  bosqichi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

madaniyati  davri  ma’naviy  yutuqlarining  ommalashuvi  bosqichi,  deb  atash 
mumkin. 
Ikkinchi  bosqich  -  milliy  ma’naviyatimizning  Yangi  davr  Evropa 
madaniyati bilan bevosita to’qnashuviga oid bo’lib, bu jarayon boshlanishdanoq 
foje’  bir  tarzda  -  qadim  Turon  xalqlarining  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  bosib 
olinishi va 150 yillik mustamlaka holatida murakkab bir tarzda kechdi. 
Yangi 
davrning 
ma’naviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
166 
  
Birinchi 
bosqichga 
qisqacha 
to’xtalib 
o’tadigan  bo’lsak,  XVI  asr  boshlarida  Eronda 
Safaviylar  sulolasi  hokimiyatga  kelishi  bilan  shia 
mazhabining  davlat  dini  darajasigacha  ko’tarilishi 
mintaqani  bir  necha  siyosiy-madaniy  qismlarga 
bo’lib  yubordi.  Turkiyada  Usmonlilar  sulolasi, 
Movarounnahrda 
Shayboniylar, 
Hindistonda 
Boburiylar  (Buyuk  mo’g’ullar)  o’z  hokimiyatlarini  o’rnatdilar.  Volgabo’ylari 
Moskva Rusi tomonidan bosib olina boshlandi. XVI asr davomida  Eron, Xuroson 
va  Movarounnahrning  ko’plab  taniqli  ijodkor  ustoz  va  allomalari  Shimoliy 
Hindistonga,  Boburiylar  saroyiga  ko’chib  o’tdilar.  Islom  mintaqa  madaniyatining 
markazi  Shimoliy  Hindiston  bo’lib  qoldi.  Ayniqsa,  shoh  Akbar,  Jahongir,  Shoh 
Jahon,  Avrangzeb  davrlarida  (1556-1707)  bu  hududda  islom  mintaqa 
ma’naviyatining  eng  etuk  an’analari  mahalliy  hind  madaniyati  sarchashmalaridan 
ijodiy oziqlanib, yanada yuksak cho’qqilarni zabt etdi. Bu ma’naviy yuksalishning 
eng  oliy  namunasi  Mirzo  Abduqodir  Bedil  (1644-1721)  ijodi  bo’lib,  ota-bobosi 
Shahrisabz  o’zbeklaridan  bo’lgan  bu  buyuk  mutafakkir  «Tilsimi  hayrat»,  «Turi 
ma’rifat»,  «Irfon»  kabi  badiiy-falsafiy  asarlarida  «majoz  tariqi»  ruhida  aks  etgan 
Oliy  haqiqat  sirlarini  yanada  teranroq  ifoda  etishga  erishdi.  Shu  sababli  bizning 
o’lkada  XVIII-XIX  asrlar  mobaynida  maxsus  «Bedilxon-lik»  anjumanlari  tashkil 
topdi  va  ulug’  mutafakkir  shoirning  murakkab  badiiy-falsafiy  satrlari  atroflicha 
sharhlandi.  Hindistonda  Bedil  an’analari  Mirzo  Asadullo  G’olib  (1797-1869)  va 
Muhammad  Iqbol  (1873-1938)  ijodida  davom  ettirildi.  Mirzo  Asaduloxonning 
bobosi  ham  1730  yilda  Samarqanddan  Hindistonga  ko’chib  borgan  edi.  Mirzo 
G’olib  birinchilardan  bo’lib,  ingliz  mustamlaka-chilarining  maqsadlarini  anglab 
etdi  va  hind  xalqining  ozodlik  uchun  kurashini  o’z  asarlarida  ulug’ladi.  Mirzo 
G’olib va Muhammad Iqbol fors va o’rdu tillarida ijod etdilar. 
Ma’naviyat  ahlining  siyosatga  kuchli  ta’siri  Movarounnahrda  XVI  asrda 
ham  davom  etdi  va  bu  holat,  ayniqsa,  Maxdumi  A’zam  (Ahmad  Kosoniy  -  vafoti 
1549  yil)  va  jo’ybor  shayxlari  faoliyatida  yaqqol  ko’zga  tashlandi.  Abdullaxon 
Soniy (1557-1598) hukmdorligi Movarounnahr o’lkasida siyosiy yaxlitlikni saqlab 
qolishga oxirgi urinish bo’ldi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish