rivojlantirgan.
Attordan ilgari “Qush risolasi”ni yaratgan Ibn Sino, Ahmad G’azzoliylar asardagi bosh
timsolni “Simurg’” emas, “Anqo” deb nomlagan edilar. Attor “Simurg’” timsoli bilan juda
chuqur mazmunga ishora qildi. Ammo baribir eng mas’ul o’rinda:
Chun shumo si murg’ injo omadid,
Si dar in oyina paydo omadid.
Gar chehel, panjoh murg’ oyad boz,
Pardaro az xesh bagushoyand boz.
113
-
(Sizlar o’ttiz qush bu erga kelganlaring sababli,
Bu ko’zguda o’ttizta ko’rindilaring.
Agar yana qirqta yo ellikta qush kelsa,
Yana o’zlarining yuzlaridan pardani ko’taradilar) -
deb o’zi topgan timsol quvvatini kesib qo’ydi. Navoiy unday qilmaydi. U “si murg’”
(forscha “o’ttiz qush” degani ) va Simurg’ (jahondagi barcha qushlarning afsonaviy hukmdori)
ni bir so’z sifatida bir xil jaranglashiga qayta-qayta e’tiborni jalb qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |