Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


xufton  namozlari  bilan  qiyos  etadi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

xufton  namozlari  bilan  qiyos  etadi.  Bu  bejiz  emas.  “Xamsa”  dostonlari  ijtimoiy  hayotni,  turli 
toifalarning hayotdagi o’rni va vazifalarini ularning butun ichki dunyosi va ruhiyati bilan bog’liq 
holda tadqiq etgan holida, undagi barcha botiniy rishtalar yana borib Tavhid e’tiqodiga  ulanadi. 
 “Xamsa” alohida bir olam. Undagi nafaqat har bir doston, balki har bir bob behudud 
boy  mazmun  va  mohiyatlarni  o’z  ichiga  yashirgan  ajib  tilsimdir.  Aytishlaricha,  me’roj 
tunida  Muhammad  alayhissalom  arshi  a’lo  ostida  qulflog’lik  bir  xona  ko’rib  Jabroildan:  “Bu 
qanday  makon?”  deb  so’rabdilar.  Javob  bo’libdiki:  “Ey,  rasululloh,  bu  makon  teran  ma’nolar 
xazinasidir  va  sening  ummatlaring  ichidagi  shoirlar  tili  ushbu  xazinaning  kaliti  turur”.  Ushbu 
rivoyatdan  kelib  chiqib,  Nizomiy  o’zining  birinchi  dostonini  “Maxzan  ul-asror”,  ya’ni  (ilohiy) 
sirlar  xazinasi,  deb  atagan  edi.  Ustozlari  singari  Navoiy  ham    ilk  dostoni  “Hayrat  ul-abror”ni 
ilohiy kalom ibtidosi “Bismillohir rahmonir rahim” bilan boshlaydi va  ushbu satrni sharhlash 
uchun alohida bir bob bag’ishlaydi. Komil inson tarbiyasi ushbu  bobdan - undagi ajoyib ibratli 
tazod - “ahli qabul” va “ahli rad” tushunchalarining qiyosiy izohlaridan boshlanadi.  
XV asr ijtimoiy-ma’naviy hayotining turli qirra va jihatlarini butun ichki murakkabligi va 
o’zaro  qiyoslari  bilan  qamrab  ola  bilgan  bu  dostonning  birinchi  maqolati  Imon  haqida  bo’lsa, 
ikkinchisi  Islom  haqida.    Navoiyning  masalalarga  yondoshuvi  hatto  ustozi  va  zamondoshi 
Abdurahmon Jomiy qarashlaridan ham ma’lum darajada farq qiladi. Ma’lumki, Jomiy o’z badiiy 
ijodida diniy aqidalar va tasavvuf qoidalari ta’rifiga atroflicha o’rin ajratgan bo’lib, uning “Haft 
avrang”  (“Etti  taxt”)  turkumidagi  “Tuhfat  ul-ahror”  va  “Subhat  ul-  abror”  dostonlarida  namoz, 
ro’za,  zakot,  haj,  uzlat,  tavba,  zuhd,  faqr,  havfu  rijo,  tavakkul  kabi  turli  islomiy  va  irfoniy 
tushunchalar  sharhiga  alohida  boblar  bag’ishlangan.  Navoiyning  bu  boradagi  mulohazalaridan 
namuna sifatida Islom haqidagi bob oxirida berilgan hikoyat mazmuniga e’tibor qarataylik. Unda 
mashhur  sufiy  shayxi  “Ibrohim  Adhamning  Ka’bag’a  namoz  bila  borg’oni  va  Robiyai 
Adaviyag’a  Ka’baning  niyoz  bila  kelgoni”  rivoyat  etiladi.  Zohidlikni  ixtiyor  etgan  shayx  har 
qadamida  ikki  rakaat  namoz  o’qib,  14  yil  riyozat  chekib,  Makka  shahriga  etib  kelib  qarasa, 
Ka’ba  o’z  o’rnida  yo’q.  Shayxning  “Ey,  Alloh,”  deb  hayrat  bilan  qilgan  nidosiga  g’oyibdan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
161 
Ka’ba  Robiyai  Adaviyani  tavof  qilish  uchun  ketganligi  haqida  javob  bo’ladi.
111
  Robiya  esa 
tasavvufda  ishq  yo’lini  tanlagan  sufiy  ayol  edi.  Navoiy  islom  va  tasavvufda  zuhd  maqomidan 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish