«naf’rasonlik», inson ko’nglini anglab etish va insonni mehr vositasida
tarbiyalash edi.
Kimki bir ko’ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim Ka’ba vayron bo’lsa, obod aylagay.
105
Ya’ni, bu foniy dunyoda bir ko’ngli o’ksik insonga shodlik bag’ishlash
Alloh Ka’basini, buzilib ketgan bo’lsa, qaytadan obod qilishga tengdir. Oriflar
ko’ngil Ka’basini toshdan tiklangan Ka’badan ulug’ bildilar. Chunki Ibrohim va
o’g’li ko’ngillarida nurlangan Haq ishqi tufayli Ka’ba qayta tiklandi. Tosh Ka’ba
tavhid e’tiqodining timsoli bo’lsa, ko’ngil Ka’basi uning asl makoni etib
mo’ljallangan. Ammo inson ko’nglini obod etish oson yumush emas. Buning
uchun foniy dunyo qonuniyatlarini yangidan kashf etmoq kerak. Endi faqat
Borliqning asl mohiyatini izlash kifoya qilmaydi. Foniy dunyo unsurlarini surat
Do'stlaringiz bilan baham: |