153
Sobiq sho’rolar davrida biz sof materializm va jangovar ateizm
pozitsiyalarida sobitqadamlik ko’rsatib, ajdodlarimiz merosidan ham dahriylik
unsurlarini qidirar edik. Mo’ljalimizga bir oz mos keladigan fikr yo jumla topsak,
uni har tomonlama ko’z-ko’z qilardik. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, ularni ommaviy
nashrlardan tushirib qoldirar, murakkab o’rinlarni ko’rib-ko’rmaslikka olib o’tib
ketar edik. Mustaqillik sharofati tufayli islomga umumiy qaytish jarayoni rivoj
olib, biz ham buyuk ajdodlarimiz asarlaridagi dinga aloqador o’rinlarga ayricha
ahamiyat bera boshladik. O’tmish allomalar uchun o’z-o’zidan tabiiy bo’lgan
e’tiqodlilik ko’zimizga to’tiyo bo’lib, “Mana falonchi ham e’tiqodli musulmon
bo’lgan, Allohga munojot etgan”, deb ta’kidlash bugun bizga faxr tuyg’usi baxsh
eta boshladi. Tasavvufni ulug’lash, barcha o’tmish
allomalarimizning
mutasavvif
ekanligiga
e’tibor
qaratish ham ushbu jarayonning uzviy qismidir. Har
ishda me’yor tuzuk. Inson tabiati faqat ruhiy dunyodan
iborat bo’lmagani sababli, u agar to’liq moddiy dunyo
ehtiyojlarini rad etsa, yo bu foniy dunyoni tark etmog’i,
yo ikkiyuzlamachilikni, ya’ni riyokorlikni kasb etmog’i
lozim.
Ahli futuvva ushbu ziddiyatni engib o’ta olgan
jamoadir. Futuvva ma’naviyatini o’zlashtirgan kishi
amalda yaratuvchi va ruhiyatda darveshdir. Uning
axloqiy
jihatdan
sifati
-
javonmardlik,
ya’ni
sahovatlilik, oliyhimmatlik, kamtarinlik, to’g’riso’zlik,
mardlik kabi xislatlarning uzviy yaxlitlikda namoyon
bo’lishidir. “Bu guruh mehnat bilan topgan nonini boylik deb bilgay”, deb yozadi
Unsuralmaoliy Kaykovus.
Darhaqiqat, Alisher Navoiyning “Nasoim ul-muhabbat min shamoim ul-
futuvvat” asarida tilga olingan mashoyix va avliyoning hayot tarzidagi asosiy
xususiyatlardan avvali ularning har biri bir kasb bilan mashg’ul bo’lib, halol
mehnatlari hisobiga ro’zg’or tebratishlaridir: Abu Said Xarroz - etikdo’z,
Muhammad Sakkok - pichoqchi, Abu Hafz Haddod - temirchi, Abulabbos Omiliy -
qassob, Ibrohim Ojiriy - g’isht quyuvchi, yana birlari hammol, boshqalari najjor,
hech bo’lmasa, o’tin tashuvchi va hokazo.
104
Ma’naviyat - o’zlikni anglashdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy
ma’naviyat tarixi millatning o’zligini anglash yo’lidagi takomil bosqichlaridan
iborat. Avvalo inson urug’ jamoasi, qabila darajasida, so’ng xalq, millat darajasida
o’zligini anglab etdi. Insoniyat takomilidagi necha ming yillar davom etgan bu
birinchi katta davr millatimiz uchun VI-VII asrlarda Buyuk turk xoqonligining
tashkil topishi bilan yakunlandi.
Keyingi davr millatimizning islom mintaqa madaniyati doirasida bosib
o’tgan takomil yo’li bo’lib, VIII asrdan XVI asr boshlarigacha davom etdi. Ilohiy
kitoblarda avval boshdanoq butun insoniyat, tabiat va koinotning yaxlitligi, birligi
haqida xabar berilgan bo’lsa ham, «er yuzidagi xalifalar» atalmish insonlar
104
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami.15-jild, s. 68
Do'stlaringiz bilan baham: