“Ahli qabul” – Alisher Navoiy
nazdida Borliq Haqiqatini e’tirof
etuvchi, , insof va diyonat,sabr
va rizolik, halollik va mehr
yo’lini tanlagan imon-e’tiqodli
insonlar.
8.
“Ahli rad” – Alisher Navoiy
nazdida Borliq Haqiqatini tan
olishdan
bosh
tortuvchi,
norizolik va badbinlik, xiyonat
va xudbinlik, xarom va qahr
yo’lini
tanlaganlar,
imonsiz
kishilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
139
Namuna sifatida Islom haqidagi bob oxiriga berilgan hikoyat mazmuni bilan
tanishaylik. Unda mashhur sufiy shayxi «Ibrohim Adhamning Ka’bag’a namoz
bila borg’oni va Robiyai Adaviyag’a Ka’baning niyoz bila kelgoni» rivoyat etiladi.
Zohidlikni ixtiyor etgan shayx har qadamida ikki raka’at namoz o’qib, 14 yil
riyozat chekib, Makka shahriga etib kelib qarasa, Ka’ba o’z o’rnida yo’q.
Shayxning «Ey, Alloh,» deb hayrat bilan qilgan nidosiga g’oyibdan Ka’ba Robiyai
Adaviyani tavof qilish uchun ketganligi haqida javob bo’ladi.
92
Robiya esa
tasavvufda ishq yo’lini tanlagan sufiy ayol edi. Navoiy islom va tasavvufda zuhd
maqomidan ishq martabasini shu daraja yuksak qo’ygan. «Xamsa» dostonlarining
har bir bobi shu kabi insonning ruhiy, ma’naviy, axloqiy dunyosi, insonlar aro
ijtimoiy munosobatlar xususida o’ta muhim, o’ta dolzarb, o’ta murakkab
muammolar xususida bahs etadi.
Ularda eng voqe’ hayot tasviri yuksak
majoziy ishoralar bilan ajoyib bir uyg’unlikda keladi. «Xamsa»ning barcha
dostonlarida shu badiiy qudrat har bir timsol, har bir qiyofa va hodisaning ich-
ichidan ufurib turadi.
Ikkinchi doston «Farhod va Shirin»ni olaylik. Nizomiy va Dehlaviy tarixiy
shaxs Xusrav Parviz atrofida suhbat yuritgan bo’lsalar, Navoiy afsonaviy oshiq
shahzoda Farhodni dostoniga bosh timsol qilib tanladi. Nizomiy shahzoda va shoh
timsolida oddiy insonni tasavvur qilib, uning tantiqligi, aybu qusurlari samimiy
ishqi tufayli asta-sekin barham topib, oqila Shirin ta’sirida Xusravning kamolot va
fozillik kasb eta borganligini ibrat qilib ko’rsatishni niyat etgan bo’lsa, Dehlaviy
ijtimoiy mavqe va muhitning shaxs ma’naviy qiyofasi va xatti -harakatiga ta’sirini
ochib berdi. Navoiy, salaflari tajribasidan tegishli xulosalar chiqarib, shoh
Xusravni butkul salbiy timsol sifatida talqin etdi va oldingi dostonlarda ideal oshiq,
ammo ikkinchi darajali qahramon mavqeida turgan Farhodga asosiy diqqatni
qaratdi. Ushbu o’zgarishning bosh sababi, Chin shahzodasining ma’naviyatidagi
etakchi fazilat - uning o’zligi (shahzodaligi va otasi Xoqon mulkiga vorisligi)dan
butkul voz kechib, pok oshiqlik va elga naf etkazish yo’lini tutganligi (toshkesar va
naqqoshlik hunarini kasb qilib olganligi) bo’ldi. Chunki faqat shunday timsol
Navoiy g’oyalarini mukammal ifodalay olishi mumkin edi.
Doston qahramoni Shirinning husniga maftun bo’lgan Chin shahzodasi
ekanligini maktab darsliklaridan yaxshi bilamiz. Ammo zohiriy (tashqi) afsona
bilan cheklanmaslik kerakligini shoir o’zi alohida uqdirgan. Navoiy insonning,
millatning, bashariyatning ma’naviy kamoloti haqida qayg’uradi. Shahzodaning
dilda ishq bilan tug’ilishi, uning Xoqon mulkini qabul qilib olishdan ilgari sirli
sandiq va undagi ko’zgu tilsimini echish qasdida Yunon safariga yo’l olishi, bu
yo’lda avval ajdahoni, so’ng Axrimanni, oxiri temir tanli kamon otuvchini engib,
donishmand Suqrot bilan uchrashuvga muvaffaq bo’lishi - bu afsonaviy tasvirlar
ortida bashariyatning, insonning, ayniqsa, turkiy elatning, o’z mohiyatini anglab
etish yo’lidagi kamolot bosqichlarini bir-bir bosib o’tishi badiiy-majoziy tasvir
etilgan emasmi?
Suqrotning Farhodga purma’no nasihatlari ushbu botiniy ishoralarga kalit
bo’la olmaydimi? Asli sirli ko’zguda Farhod Shirinni emas, avvalo o’z taqdirini
92 O’sha kitob, s. 118-120
www.ziyouz.com kutubxonasi
140
ko’radi. Ajdaho ibtidoiy jamoa kishisining asotir (mifologik) tafakkurida johillik
va yovvoyilikni, Axriman Avesto ma’naviyatida zulmat, yolg’onchi kuchlar
timsolini, kamon otuvchi temir odam esa qabilalar aro, elatlar aro ayovsiz nifoqlar
davri - xudbin va beshafqat talonchilarining majoziy qiyofasini eslatmaydimi?
Ajdodlarimiz o’z ruhiyatlaridagi shunday qattol yovlarni engib, Suqrot
qiyofasidagi islomgacha bashariyat erishgan ilm va hikmatni egallab, IX-XV asr
islom ma’naviyatiga etib kelmadilarmi? «Xamsa» dostonlarida buningdek botiniy
ma’no qabatlari ixlos bilan, salaflar ijodiga qiyos bilan izlansa, cheksiz topiladi.
«Layli va Majnun» afsonasi fors va turkiy tillarda o’nlab dostonlarga mavzu
bo’lgan. Ammo ularning har biri o’ziga xos, betakror ma’no qatlamlarini ifsho
etadi. Bu dostonning eng asosiy xislati - Majnun ham, Layli ham teng oshiq, teng
ma’shuq. Bu doston ikki oshiq Insonning haqiqiy ishqni anglab etmaganlar
orasidagi foje’ holati tasviriga bag’ishlangan deyish mumkin. Ammo bu eng
umumiy ta’rifdir, har bir doston talqini esa o’ziga xos.
«Sab’ai sayyora» Insonning hayot va xayol dunyosidagi cheksiz
adashuvlarining majoziy tasviridan iborat. Bunda yana «ahli qabul» va «ahli rad»
orasidagi tazod (ziddiyat) birinchi o’ringa chiqadi. Muqbil va Mudbir, Suhayl va
Jobir, Juna va Jaysur, Ma’sud va Mallu timsollari ushbu ikki guruhga mansub
bo’lib, hayot sinovlaridan qanday o’tishiga qarab, «ahli qabul» saodatga, «ahli rad»
esa qilmishlariga yarasha jazoga erishadilar. Ichki qissalaridagi bu timsollar asar
bosh qahramoni Bahromshoh uchun ham ibrat sifatida keltiriladi. Ammo hukmdor
o’z xirsu havaslarini jilovlab ola bilmaganligi, begunoh jonzotlar qonini ayovsiz
to’kkanligi kasofatidan o’zi ham er yutib halok bo’ladi.
Buyuk jahongir taqdiri haqidagi oxirgi «Saddi Iskandariy» (Iskandar devori)
dostoni shaklan ma’lum darajada «Xamsa» ning birinchi dostonini eslatadi. Unda
ham har bobda turli ijtimoiy-axloqiy mavzudagi falsafiy mulohazalar, ibratli kichik
hikoyat va hikmat-xulosa beriladi. Shundan so’nggina Iskandar hayotidan bir
voqea hikoya qilinadi. Iskandar timsoli yaqingacha ham E.E. Bertelьs talqiniga
binoan odil shoh timsoli deb qabul qilib kelindi. Faqat Aziz Qayumov 1975 yilda
nashr etilgan ushbu mavzudagi maxsus risolasida asli Navoiy qahramoni murakkab
timsol ekanini, dostonda Iskandar qiyofasi tadrijiy o’zgarishda ochib berilganini
ilmiy isbot etdi.
93
Yunon shahzodasi avval shohlikka o’zini noqobil deb bilgan
jur’atsiz va kamtar o’smir bo’lsa, hayot va fotihlik siyosati taqozosi bilan asta-
sekin o’zbilarmon va shafqatsiz istilochiga aylanib boradi va faqat o’limi
yaqinlashganini sezgach, joh va kibr yo’lidagi butun urinishlari sarob ekanligini
anglab etib, ko’zi ochiladi.
«Xamsa»da majoziy ishq tasvirlanadi, insonning insonga munosabatidan,
ya’ni axloqiy munosabatlaridan boshlab, hukmdorning fuqarolarga va, umuman,
hukmdorlikka, toj-taxtga munosabati, o’z navbatida toj-taxtning, hukmdorlik
mavqeining insonga ta’siri, ya’ni insonlar hayotiga oid ijtimoiy, axloqiy
munosabatlar majmui Tavhid e’tiqodi nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
«Xamsanavislik» an’anasi islom mintaqa ma’naviyati takomilining badiiy
tafakkurdagi o’ziga xos mahsuli bo’lib, shunga yarasha munosabatni talab qiladi.
93 Qayumov A. «Saddi Iskandariy». T., 1975, s. 49-56
www.ziyouz.com kutubxonasi
141
Bu an’ana tadqiqotchidan ham, oddiy kitobxondan ham har bir dostonnning shakl
va mazmuniga alohida e’tibor talab qiladi, chunki bir mavzuda yozilgan o’nlab
dostonlar diqqat bilan o’qilsa, aslo bir-birini takror etmagani, balki o’zaro ijodiy
bahsda yozilgani ma’lum bo’ladi. Shu sababdan har bir dostonni o’qiganda ham
uning ushbu mavzu silsilasidagi o’rniga, ham har bir shoir ijodiy merosidagi
mavqeiga ahamiyat qaratish lozim. Shundagina uning tamomila o’ziga xosligi va
mazmun qamrovini anglab etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |