2-fasl. Qadimgi bitiklar, xalq og’zaki ijodi va milliy
bayramlar millat ma’naviyatini o’zida yorqin aks ettiruvchi
noyob boyligimizdir.
Kitobda birinchi navbatda mintaqa xalqlarining eng qadimgi yozma merosi
“Avesto” tilga olinadi. Ushbu bebaho ma’naviy obidada “borliqning yaxlitligi va
bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy
olamiga chambarchas bog’liq holda ko’rsatilganligi” ta’kid etiladi. Ayniqsa,
undagi ulug’ axloqiy tamoyil “ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” birligi bugungi
kunimizda ham ma’naviy ahamiyatini to’liq saqlab kelayotganligiga alohida
e’tibor qaratiladi.
2
Islam Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T.-«O’zbekiston»- 1994, s. 65-66
Do'stlaringiz bilan baham: |