IV.ILOVALAR
4.1. Fan dasturi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
O‘ZBEKISTON SAN’ATI TARIXI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
Тоshкент – 202_
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
O‘zbekiston san’ati tarixi fani - barcha O‘zbekiston san’atida tarqalgan san’at turlarining: rangtasvir, dekorativ-amaliy san’at, grafika, xaykaltaroshlikning nazariy asosi sifatida bo‘lajak pedagog rassomlarga borliqni ko‘rib-kuzatish va idrok etish, yetuk rassomlarning ijodini o‘rganib, taxlil qilish, jaxon tasviriy san’ati rivojlanishining asosiy bosqichlarini o‘rgatish, san’at oqimlari va yo‘nalishlari xaqida bo‘lajak rassom pedagoglarga ma’lumot berishni maqsad qilib qo‘yadi.
Ushbu dastur pedagogika oliy o‘quv yurtlari, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekiston san’ati tarixi fanining kelib chiqishi va rivojlanishi, tasviriy san’at qonun-qoidalari, tasviriy san’at turlari, janrlari, O‘zbekistonning etuk tasviriy san’at arboblari, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini pedagogik jarayonga puxta tayyorlashda O‘zbekiston san’at tarixi fanining ahamiyati xaqida so‘z boradi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
“O‘zbekiston san’ati tarixi” fanining maqsadi - O‘zbekiston san’ati tarixi fanining kelib chiqishi va rivojlanishi, O‘zbekiston san’atida tarqalgan qonun-qoidalari, O‘zbekiston san’atidagi turlar, janrlar, yetuk O‘zbekiston san’ati arboblari, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini pedagogik jarayonga puxta tayyorlashda O‘zbekiston san’ati tarixi fanining ahamiyati, talabalarda badiiy tafakkur, ijodiy qobiliyat, ko‘rib eslab qolish, fazoviy tasavvurni shakllantirish; san’at asarlariga nisbatan estetik munosabatni, go‘zallikka bo‘lgan muhabbatni rivojlantirish.
Fanning vazifasi – o‘zbek milliy san'atiga nisbatan bo‘lgan qiziqish, badiiy tafakkur, ijodiy qobilyat, ko‘rib eslab qolish, fazoviy tasavvurni shakllantirish; san'at asarlariga nisbatan estetik munosabatni, go‘zallikka bo‘lgan muhabbatni rivojlantirish.
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
«O‘zbekiston san’ati tarixi» fanining san’atda tutgan o‘rni; O‘zbekiston zaminida san’atning paydo bo‘lishi, qadimgi O‘zbekiston san’ati, O‘rta asrlar san’ati, Temuriylar davri san’ati, XIX-asr o‘rtasi XX-asr boshida O‘zbekiston san’ati, Mustaqillik davri O‘zbekiston san’ati. Talabalar tasviriy san’atga oid maxsus iboralar, o‘zbek ijodkorlarining ism va familiyalarini, ularning asosiy asarlarining nomlarini va shu asarlari bilan jahon san’atiga qo‘shgan hissasi haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
Mustaqillik davri amaliy bezak san’ati. Badiiy qulolchilik. Fargona, Buxoro, Samarqand, Xorazm badiiy kulolchilik maktablari. Badiiy kandakorlik, zargarlik, ganchkorlik, yogoch o‘ymakorligi va naqqoshlik. Lokli miniatyura va dizaynning rivojlanishi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
O‘zbekiston san’at tarixi darslarini tashkil etish, rejalashtirish va o‘rgata olish, qadimgi sharqdagi quldorlik davlatlari va Osiyo xalqlari san’atini o‘rgatish va O‘zbekiston san’ati rivoji bilan taqqoslash. Mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llab darslarni qiziqarli tashkil qilish. O‘zbekiston va Jaxon san’atiga tegishli bo‘lgan ibora, jumlalarni mohiyatini to‘g‘ri talqin eta olish. O‘zbekiston me’morchiligi, tasviriy san’ati, xaykaltaroshligi, amaliy san’ati namoyondalari, ijodkorlari, rassomlari, amaliy san’at ustalari xayoti va ijodi haqida pedogik texnologiyalardan foydalangan holda ma’ruza o‘ta olish. 19 asr oxiri-XX asr O‘zbekiston san’ati. Mustaqillik davri O‘zbekiston san’ati. Me’morchiligi, tasviriy san’ati, haykaltaroshligi, amaliy san’ati namoyondalari, ijodkorlari, rassomlari, amaliy san’at ustalari xayoti va ijodi haqida ma’ruza o‘tkazish. Talaba tasviriy san’at tarixi va nazariyasi, kompozitsiya qonuniyatlari va plastik anatomiya, portret xarakteristikasi va psixologik echim, mashxur rassom ustalarning ishlash texnologiyalari, kolorit tushunchasi, asarlarni yaratish tarixi, jahon tasviriy san’ati tarixida mavjud bo‘lgan turli oqim va yo‘nalishlar, tasviriy san’at asarlarini yaratishda tasviriy san’at tarixining ahamiyati kabi malakasiga ega bo‘lishi kerak
Ma`ruza mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |