XX asrning 60-80-yillarda o‘zbek san’ati (1964-85): 60-80 yillar o‘zbek san’ati tarixida yangi bosqiCh bo‘lib milliy san’at xususiyatlarining yanada mustaxkamlanishi, san’atda milliy o‘ziga xoslikni izlash bilan birga bu davrning muhim belgilaridan biri bu asta ijtimoiy- jamoaviy fikrlashdan individual fikrlashga, san’atda pand nasihat yo‘nalishidan shaxsiy intim xis tuyg‘ularni ifodalashga o‘tib borilishi bilan harakterlanadi. Bu narsa o‘z navbatida uslubiy rangbaranglikni oshirib tasviri va ifoda vositalarining kengayishiga olib bordi. Rassomlar fikr bayon etish uChun endilikda turli ramziy obraz va shartli belgilardan, rang, shakl, Chiziq, faktura imkoniyatlaridan to‘liqroq foydalanishga intildilar. O‘zbek san’atida avangard san’ati belgilari ortib bordi. Bu izlanish va tajribalar 50 yillarning oxri 60 yillarda san’at olamiga kirib kelgan, professional ta’limni Moskva, Peterburg, Toshkent oliy dargohlarida olgan ijodkorlar belgiladilar. O‘z ijodini anCha ilgari boshlagan ijodkorlar ijodida ham g‘oyaviy-plastik o‘zgarishlar sezila boshlandi, ta’sirChanlik va o‘ziga xoslikni ko‘Chayishida muhim o‘rinni egalladi. Bu davr izlanishlari milliy va jahon madaniy merosini qayta baholash, undan davrga mos yo‘nalishlarini qo‘llash imkoniyatlarini qidirdilar. Antik dunyo, o‘rta asr madaniyati, Uyg‘onish darv san’ati an’analari rassomlarni o‘ziga tortdi. SHu bilan birga XX asr san’atida sodir bo‘lgan jarayonlar ham rassomlar nazaridan Chekkada qolmadi. Bu yillarda vitraj, mazaika, gobelen, sgraffito san’ati rassomlarni yanada kengroq o‘ziga tortdi. Me’morlikda shaharsozlik, park-bog‘ san’ati, hiyobon va favvoralar yaratish san’ati rivoj topdi. SHahar qurilishi va me’morlikning rivojlanishi o‘z navbatida san’at sintezi masalalarida ham ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Qurilgan me’moriy majmualarda rassomlar, haykaltaroshlar, xalq ustalari hamkorligida san’atning ajoib sintezini yaratdilar. SHahar va qishloqlarga asfal`t yo‘llar yotqazildi, birinChi bor O‘rta Osiyo mintaqasida metro harakati Toshkent shahrida yo‘lga qo‘yildi, yer osti yo‘llarida poezdlar qatnay boshladi, Toshkent teleminorasi qad ko‘tardi, shahardan tashqarida dam olish zonalari, sanatoriya va bolalar oramgohlari tashkil etilib u yerlarda zamonaviy me’morlik majmualari yuzaga keldi. Bu ijobiy yutuqlar bilan birga bu yillarda san’atning mafkuralanishi va siyosatlashuvi ham ortib borganini e’tirof etish kerak. San’atning siyosatlashuvi uning spetsifik tomonini susayishiga sabab bo‘la boshladi. 60 yillardan boshlab keng ko‘lamda turli tantanalar o‘tkazish va unga tayyorgarlik yillarida ularga atab asar yaratish an’anasi ham salbiy xolatlarni keltirib Chiqardi. Yubiley munosabati bilan shoshmashosharlikda qurilgan ko‘pgina inshoatlar tezda o‘z ko‘rkini yo‘qota bordi. sotsial zakaz bo‘yiCha bajarilgan va asosan siyosiy voqealarga bag‘ishlangan, bir biriga o‘xshash kompozitsiyalar tomashabinni bezdira boshladi. San’at o‘z xususiyatini susaytirishi muzey va ko‘rgazma zalariga keluvChilar sonini kamayishiga olib keldi. Bu san’atkorlarning o‘z qarashlarin qayta ko‘rib Chiqishga safarbar qildi. San’at yangilanish va rivojlanishning yangi qirralariga kelib taqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |