Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta


Temuriylardan keyingi davrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan xonliklar s a n ‘ a t i. Shayboniyxon davlati



Download 13,99 Mb.
bet21/92
Sana16.07.2021
Hajmi13,99 Mb.
#121193
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Bog'liq
1 2020 УМК УЗБЕКИСТОН санати тарихи

Temuriylardan keyingi davrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan xonliklar s a n ‘ a t i. Shayboniyxon davlati: Dashti qipChokdagi kuChmanChi turkiy qabilalar XU asr boshlariga kelib, Oltin O‘rdadan ajralib Chiqdi. Mustaqil davlat tuzish harakati boshlandi. Buni Abulxayrxon (І4І2-І466) boshqardi. Lekin bu davlatning umri uzoqqa bormadi. Abulxayrxon vafotidan keyin bu davlat parChalanib ketdi. KeyinChalik uning nabirasi Muhammad SHayboniyxon parChalanib ketgan bu davlatni qayta tiklashga muyassar bo‘ldi. SHayboniyxon bu davlatni tiklabgina qolmay, balki uning hududini anCha kengaytirib, yangi davlat tuzishga muyassar bo‘ldi. SHayboniyxon o‘z davlatini kengaytirish rejasi ustida bosh qotirayotgan bir paytda tumuriylar saltanatida toju-taxt uChun kurash avjiga Chiqdi. Buning ustiga dehqonlar bilan katta yer egalari orasidagi nizolar ham ko‘Chayib borayotgan edi. Bundan foydalanib SHayboniyxon tez orada temuriylar yerini birin-ketin o‘z yerlariga qo‘shib ola boshladi va qisqa vaqt iChida tumuriylarning asosiy tayanChi bo‘lgan Movarounnahr bilan Xurosonni o‘ziga bo‘ysundirib, Sirdaryodan AfronistongaCha bo‘lgan yerdari o‘z iChiga odgan o‘lkan davlat tuzdi.Temurzoda Bobur SHayboniyxon bilan bo‘lgan urushda (1507) yengilib, Afronistonga Chekinadi . (Abulxayrxon 1412 yili tug‘ilgan. CHingizxon nabirasi, Jo‘jining o‘g‘li. Abulxayrxon Sibirda xon unvoniga sazovor bo‘lgan. U ko‘ChmanChi turkiy qabilalarni birlashtirib Dashti QipChoqda ko‘ChmanChi o‘zbeklar davlatini tuzgan. Abulxayrxonning Budog‘ Sulton nomli o‘g‘lidan Muhammad SHaybonixon dunyoga kelgan)..

SHayboniylar davlati deyarli 100 yil mobaynida (І500-І598) Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan bo‘lib, tarixda salmoqli iz qoldirdi. Bu davdatning poytaxti turli yillarda Samarqand va Buxoroda bo‘lgan. SHayboniyxon Marv daryosi yonida bo‘lgan jangda mag‘lubiyatga uChrab xalok bo‘lgaCh, qator janglardan keyin taxtni jinyani Ubaydullaxon egallaydi. Lekin xonzodalar orasida toju taxt uChun kurash va o‘zaro urushlar natijasida SHayboniylar davdati ikkiga bo‘linib, birining poytaxti Samarqand, ikkinChisiniki esa Buxoro bo‘lib qoldi. Samarqand xoni "Ulug‘xon" deb e`lon kilindi. Lekin keyinChalik Ulug‘ xon qaysi joyda istiqomat qilsa, o‘sha joy mamlakat poytaxti hisoblandi. SHuning uChun ham keyinroq, ya’ni Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda(XU1 asrning ikkinChi yarmi) Buxoro qaytadan poytaxtga aylantirildi. Buxoro xonlikning muhim madaniy va siyosiy markaziga aylanishi uning mavqieni oshirib yubordi. XunarmandChilik nihoyatda rivoj topdi. Buxoro xunarmanddari yaratgan buyumlar tashqarida ham mashhur bo‘ldi. Paxtadan mato ishlab Chiqarish, terini qayta ishlash, gilamChilik, kandakorlik, kulolChidik va qurolsozlik borasida buxoro ustalari katta yutuqlarga erishdilar. Dunyoviy fanlar, musiqa, she`riyat, xattotlik va miniatyura rassomligi rivojlandi.

Me’morChilik.

SHayboniylar davri me`morligi ikki bosqiChda o‘rganish mumkin. Bulardan birinChisi XU1 asrning 60- yillargaCha bo‘lgan davrni o‘z iChiga oladi. Bu yillarda temuriylar davri me’morligi uslubi davom etib, uning yangi yo‘llarini topishga harakat qilindi. SHayboniylar davlatining poytaxti Buxoro shahrida katta qurilishlar olib borildi. SHaharni ta’mirlash ishlari kengaytirildi uning mudofaa devorlari yanada mustaxkamlandi. SHaharning shoh ko‘Chalarida mahobatli jamoat binolari barpo etildi. Bu qurilishlarda, ularni bezash ishlarida Mavorounnaxr, Xirot, Balx ustalari ishtirok etdilar.

І530-І536 yillarda Mir arab madrasasi , 1531-32 yili Toshkentda SHayboniylar avlodidan bo‘lgan Abulxayrxon va Ulug‘bekning Robiya Sulton ismli qizidan tug‘ulgan Suyunijxon maqbarasi qad ko‘tardi. SuyunChxo‘ja Toshkentda 1524 yili vafot etganidan keyin bu maqbara qurilgan edi. Bu qurilgan binolarning tashqi va iChki xonalari bezakka boy, oltin xal suvi shu bezak ko‘riini alohida joziba bergan. SHu davrda Toshkentdagi Xazrati imom me’moriy majmuasiga asos solindi, Al Bakr Kafali SHoshiy (1541-42) majmualari barpo etildi.

Xonlik me`morligining ikkinChi bosqiChi XVI asrning 60-90 yillarga to‘g‘ri keladi. Abdullaxon P boshqarga bu davrda Buxoro va undan tashqarida ham katta qurilishlar olib borildi, mavjudlari ta’mirlanib yirik majmualarga aylantirildi. SHu davrda Buxoroda Poi Kalon Jome` maChiti, Madarixon(1566-67) va Abdullaxon(1588-90), Ko‘kaldosh(1557-98) madrasalari, Labi xovuz me’moriy majmuasi vujudga keldi. SHu yillarda Buxorodan tashqarida ham shunday majmualari yaratildi. Jumladan Toshkentda Ko‘kaldosh madrasasi qad ko‘tardi. Uni Toshkent xokimi Ko‘kaldosh qurdirgan edi. Xuddi shu nomdagi Buxorodagi Ko‘kaldosh madrasasini esa Abdullaxon P ning sarkardasi Qulbobo Ko‘kaldosh qurdirgan). CHor Bakr me’moriy majmuasi(1559) ham davrning yirik qurilmalaridandir. Abdullaxon P mablag‘iga bu yerda xonakoh, masjit va madrasalar barpo etilgan. Qurilmalar obodonlashtirilib atrofi Chorbog‘ga aylantirilgan. SHu davrda katta suv inshoatlari, usti berk rastalar - timlar barpo etildi. Abdullaxon bandi shunday inshoatlarddan bo‘lgan. To‘g‘on va suv omborini tashkil etgan bu Abdullaxon bandi shu yillar qishloq xo‘jaligi ishlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo‘lgan. Buxoroda bizgaCha saqlangan Abdullaxon tomonidan barpo etilgan tim ham davr me’morligidagi jarayonlarni - mayishiy hayot bilan bog‘liq qurilmalarni barpo etilganligini ko‘rsatadi. Ko‘p gumbazli qilib qurilgan tim rastalari ravoqli yo‘laklar bilan bir biri bilan bog‘langan. Bu davr yodgorliklaridan yana biri sardobalar, ya’ni usti berk suv xovuzlar bo‘lib ularning ustiga katta gumbazlar ishlangan..



16 asrning 80 – yillarida barpo etilgan Abdullaxon madrasasi davrning yangi yo‘nalishi qo‘sh madrasa qurish jarayonini yorqin namoyon etadi Bir biriga qaratilib qurilgan me’moriy majmualarning namunasi xisoblanadi. Bu madrasa Modarixon madrasasiga qarama qarshi peshtoqlari bir biriga qaratib qurilgan. Ular birgalikda yagona yirik me’moriy majmuani tashkil etgan. SHu davrda Toshkentdaga Xazrati imom me’moriy majmuasi yanada kengaytirilib qo‘sh madrasa uslubida madrasa va maqbaralar barpo etildi, ayvonlar qurilib xovuz va ko‘qalamzorlashtirish ishlariga e’tibor berildi. Abdullaxon P 1534 yili tug‘ilgan,1583 yili u butun o‘zbeklar xoni deb e’lon qilingan.Ko‘k gumbaz(1590-91).... Toqi zargaron(16 asr), Toqi sarrofon(16 asr)


Download 13,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish