Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta


Nikolaev A.N. (Usto Mo‘min, 1897-1957)



Download 13,99 Mb.
bet41/92
Sana16.07.2021
Hajmi13,99 Mb.
#121193
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Bog'liq
1 2020 УМК УЗБЕКИСТОН санати тарихи

Nikolaev A.N. (Usto Mo‘min, 1897-1957) VXUTEMASda o‘qigan(1918-1919). 1920 yili O‘zbekistonga Voronejdan kelgandi. Italiya san’ati, Renessans uslublari, qadimgi rus san’ati an’analari bilan Chuqur tanish san’atkor sifatida ijod dunyosiga kiraboshlagan edi. Bu yerda u sharq san’ati an’analari, san’atning dekorativligi, Chiziqlarning egiluvChanligi va shakl hamda rang masalalari ritmi uni o‘ziga rom qildi. SHarq falsafasi ham uning dunyoqarashi shakllanishida o‘ziga xos maktab bo‘ldi. SHunday qilib boshqa bir rassom Nikolaev "Usto Mo‘min" taxallusini olgan san’atkor (uning Mo‘min qobilligi uChun uni oddiy xalq shunday atagan) yangi yo‘nalish sharq va Garbning Chiziq plastikasi go‘zalligi, ranglar emotsional imkoniyatlari uyg‘unligida asar yaratishga intilgan san’atkor sifatida tanila boshdadi. Uning bu izlanishlari ham asosan 20 yillarga to‘g‘ri keladi. SHu yillarda o‘zining shoirona nozik talqin etgan asarlarini namoyish etdi.Rassom o‘z ijodida Tabriz miniatyura maktabi vakillari Rizo Abbosiy va Sulton Muhammad ijodidan ta’sirlandi. Rassom portret janrida ijodini boshladi. Uning «Kuyov», «Sallali yigitlar», «Bedanavoz yigit» kabi asarlari, «DutorChi» kopozitsiyasi 1920 yillarning boshlarida ishlangan Bular o‘zining emotsional-plastik go‘zalligi bilan an’anaviy O‘rta Osiyo san’ati, uning ajralmas qismi o‘zbek san’atining yangi qirralarini namoyish etadi. Uning "DutorChi"(1918) asari o‘zining voqelikni v shoirona birmunCha romantik tal-qin etilishi bilan ajralib turadi.

1925 yili Nikolaev Toshkentga ko‘Chib o‘tdi va umrining oxrigaCha shu yerda yashab gazeta va jurnallardi o‘zining asarlari bilan qatnashib keldi, kitoblar uChun illyustratsiyalar yaratdi

....30 yillarda yaratgan «Oq oltin»(1934) kartinasidan xoli emas( SHarq xalqlari muzeyi)

unda davr mafkurasi – voqelikni ko‘tarinki ruhda tasvirlash o‘z ifodasini topgan.... «SHohaydar portreti» 1935, (SHarq xalqlari muzeyi) «Uyg‘ur teatri»,(1944) ,»Otalar yeri»(1945) ijodiy o‘zgarishlarini ko‘rsatadi...Nikolaev grafika san’atida ham ishladi...M.Kozimiyning «Qo‘rqinChli Texron» (1934), Sadriddin Ayniyning «Eski maktab» (1934), A.Qodiriyning «Obid ketmon» asarlariga illyustratsiyalar ishladi... keyinroq esa Afandi latifalari uChun ham rasmlar Chizdi. Nikolaev teatr dekoratsiyasi borasida ham mehnat qilib A.Navoiy nomli opera va balet teatri «Ulug‘bek» , «Karmen» operalari uChun eskizlar yaratdi...

A.N.Volkov (1886-1957). 20 yillar san’atida sharq va ­G‘arb san’ati silsilasi asosida o‘zbek san’ati estetikasi yuzaga kelishi va keyin milliy san’at maktabi sifatida et`tirof etilishida rassom va shoir Aleksandr NikolaeviCh Volkov alohida o‘rinni egallaydi. Rus muxojirining o‘g‘li Aleksandr Volkov Farg‘onada harbiy vraCh oilasida tavallud topdi. Toshkentda so‘ng Orenburgda kadetlar korpusida ta’lim oldi (Kadet korpusi-Rossiyada asosan ofitserlarning farzandlarini tarbiyalashga mo‘ljallangan yopik o‘rta harbiy ukuv yurti. 18 asrda dvoryan bolalarini harbiy va grajdan xizmatiga tayyorlagan.19 asrdan harbiy ukuv yurtlari uChun tayyorlov maktabi, 1917 yildan keyin harbiy gimnaziya( gimnaziya- o‘rta ta’lim maktabi darajasida bo‘lgan).

1906 yili esa Peterburg universitetining Fizika matematika fakul`tetining biologiya bo‘limiga o‘qishga kirdi. SHu yerda o‘qish yillarida u mohir akvarelChi rassom D.I.Bortnikerning shahsiy studiyasiga qatnab tasviriy san’at asoslarini o‘rgandi. San’atga tashna bo‘lgan extirosli o‘smir universitetdagi o‘qishni tashlab 1908-10 yillar Peterburg Badiiy akademiyasida mashhur rassomlar N. Rerix, I. Bilibin, V.Makovskiylar qo‘lida ta’lim olgan, 1912-16 yillar esa Kievdagi rassomlik bilim yurtida ukrain rassomi F.KriChevskiy qo‘lida malakasini oshirdi. SHu yerda M.Vrubel` ijodi bilan yaqindan tanishdi. Vrubelning Kievdagi Sobor uChun ishlagan mozayikalari, monumental rassomlik asarlariuni o‘ziga rom qildi, shu yillari N.Rerix ijodi bilan qiziqdi, rus ikona san’ati sirlarini o‘rgandi. SHuni ham taq’kidlash kerakki. Volkov o‘qib san’at bilan tanishayotgan kezlarida Yevropada shakllanib kelaboshlagan eng yangi uslublar - o‘z mavqeining eng shovqinli, aniqrogi, shov-shuvli davrini boshidan keChiryotgan, abstrakt san’atning asosChilari rus rassomlari Kandinskiy, K.MaleviCh va boshqa ko‘rgazmalari shu davrning muhim voqealaridan edi. Bular hammasi so‘zsiz, rassom dunyoqarashining shakllanishi, san’atning plastik ifoda vositalariga munooabatini bedgilashida muhim bo‘ldi. O‘z ona yurtiga qaytgan (1916) rassom shu jo‘shqin izlanishlar asosida o‘zining ijodini boshladi. Natijada uning ijodining dastlabki o‘ylari, aniqrogi (1917-25 yillar) shu izlanishlari turli uslub va yo‘nalishlari taasuroti zamini yuzaga keldi. Bu yillarda Vrubelga tahlid ham, qadimgi rus ikonalari ta’siri ham Yevropaning impressionizmi, postimpressionizmi, primitivizmdan kubizm, futurizm va boshqa san’at uslublari, sharq san’ati, uning yorqin amaliy-bezak san’ati rangdordigi mujassamlasha boshladi. Bu asarlar milliy mavzu, xalq turmush tarzi, urf odati o‘ziga xos plastik - emotsional shakllar o‘yinida vujudga keladi. Volkov o‘z ijodini Vrubelga taxlid qilish bilan boshladi, Chunki u Vrubelni o‘z ruhiy ustozi deb hisoblar edi. Rassomning «Eron qiz», « …» asarlarida shu ta’sir sezilsa I917-22 yillarda yaratgan "Karvonlar», «SHarq primitivi kabi asarlar turkumi, «Qabristondagi yig‘i», "Sandalda" (1924), «Arava», "Raqs» (1924) va nihoyat "Anor Choyxona "(1924) asarlari ijodkor izlanishlarining mahsuli, sharq va garb sak`ati uyg‘unligining yangi namunasi edi. "Sandalda" asai mungli lirik, birmunCha falsafiy yo‘nalishda yeChilsa, jo‘shq in harakat va extirosga to‘la shakl va ranglar o‘yiniga boy "Raqs" kompozitsiyasi o‘ziga qatnashuvChilarning raqs paytidagi ehtiros va jozibalari shijoatda (dinamikasida) ham toza qo‘shimCha ranglarning mohirona solishtirilishi va yonma yon qo‘yilishida ham o‘z ifodasini topgan. "Anor Choyxona ijodkor izlanishining oliy ko‘rinishi sharq va g‘arb san’ati uyg‘unligining yorqin misoli bo‘lib o‘zbek san’atini jahon san’ati minbarida namoyish etishda o‘z hissasini qo‘shdi.

1920 yillarda O‘zbekistonga ko‘Chib kelgan M. Novikov o‘zbek san’atida manzara san’atining lirik yo‘nalishida asarlar yaratdi. Uning hajm jihatidan katta bo‘lmagan manzaralarida O‘zbekistonning tarixi obidalari, sergavjum bozorlari, shaklga boy fuqorolar me’morligi nimunalari, asrlar mobaynida shakllangan sharq ko‘Chalarining o‘ziga xos ko‘rinishlari muxirlangan.

Farg‘onada tug‘ulib o‘sgan, Rossiya badiiy maktabida ta’lim olgan rassom P.Nikiforov o‘zining nafis akvarellari bilan ajralib turadi. Uning asarlarining katta qismi shaxsiy kollektsiyalardan o‘rin olgan bo‘lsa ham , lekin saqlanib qolgan ayrim asarlari uning akvarel texnikasini Chuqur egallagan san’atkor darajasida namoyon etadi.

Haykaltaroshlik. Bu davr haykaltaroshlik san’ati ko‘proq targ‘ibot ishlari bilan bog‘liq xolda mavjud bo‘ldi. SHulardan 1919 yili Samarqandda o‘rnatilgan ozodlik monumenti e’tiborga loyiq.. Rasm. Bu asar muallifi harbiy asir avstriyali haykaltaroshi Rush bo‘lib yodgorlik ishini ruyobga Chiqarishda samarqandlik rassomlar L.Bure, I.I.Golovinlar unga hamroxlik qilganlar. XX asrning 20 yillar haykaltaroshligida Chekkadan kelgan haykaltaroshlar ijod qildilar, portret, janrli kompozitsiya va monumental-dekorativ haykaltaroshlik asarlari yaratib badiiy hayotda ishtirok etdilar. SHunday haykaltarosh N.P.Vishnevskiy bo‘lib uning "Darvish" (1920), Rasm. "Suv tashuvChi" (1920) kabi yog‘oChdan ishlangan haykallari saqlanib qolgan.


Download 13,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish