Tasviriy san’at. Fevral` burjua inqilobi arafasida O‘zbekistonda kattagina rassomlar guruhi ishlar edi. SHularning ijodi oktyabr` to‘ntarishidan keyin ham davom etib davr siyosiy hayoti bilan bog‘liq xolda bordi. Yangi hukmat o‘z mavqini mustahkamlab borgani sari san’at borasidagi boshqaruvni ham o‘z qo‘liga olib bordi. Sovet hukmatining va’dalariga ishongan san’atkorlar xolisona unga xizmat qilishga harakat qilib uning harbir ko‘rsatma va qarorlarini tomizmay bajarishga intidilar.
Grafika. Inqilobdan keyingi yillar badiiy hayotida grafika san’ati muhim o‘rinni egallab yangi tuzilgan hukumatning haqiqiy «jangovor quroliga aylandi». Yangi mafkurani xalq ongiga singdirishda katta imkoniyatga ega bo‘lgan ommaviy grafika san’ati yangi mafkura targ‘ibotChilari uChun qo‘l keldi. Ular shu san’atining o‘ziga xos uslub-etalonini yaratishga muyassar bo‘ldilar. Grafikaning turli ko‘rinishlari - plakat, xajviy rasmlarda, gazeta- jurnal sahifalaridagi maishiy janrdagi tasvirlar yangi davr ruhini o‘zida aks ettirdi. Goh plakat, goh hajviy rasm, goh gazeta va jurnallarga ishlangan tasvirlar, shior, Chaqiriq va transport ko‘rinishida kishilarning kundalik muhitini tashkil etdi. Bu yillar ko‘rgazmali targ‘ibot ishlari qizg‘in bordi. Rassomlar yangi qarash va tartiblarni tezkorlik bilan ommaga yetkazishga harakat qildilar. Siyosiy arboblarni portretlarini Chizdilar, transporant, Chaqiriq va shiorlar ishlashda faol ishtirok etdilar. Bu ishlarda turli san’at turida ijod qiluvChi san’atkorlar qatnashdilar. Grafikada mahalliy rassomlar Ibroxim Davron, Usto Nabi Xafizov keyinroq ular safiga qo‘shilgan I.Ikromov , Majidov va boshqa rassomlar shu san’atning dastlabki namunalarini yaratdilar Grafikadagi tezkorlik va safarbarlik imkoniyati unda yangi mavkuraning o‘ziga xos tomonini aks ettiruvChi barometr vazifasini o‘tadi.
1920 yillarning oxirida Turkiston badiiy maktabi qoshida grafika ustaxonasini tashkil etilishi ham bu yillar O‘zbekiston madaniy hayotida bu san’atining keng yoyilishiga o‘z xissasini qo‘shdi. Bu yillarda grafikaning hamma turlarida asarlar yaratildi, lekin plakat san’ati birmunCha yetakChi o‘rinni egalladi.
Mamlakatning og‘ir ahvoli, iqtisodiy tanglik davrida ham plakatlar Chop etildi. Ular omma orasiga tarqatildi. Bu san’at o‘z rivojida ikki ko‘rinishda- qahramonlik va hajviy plakatlar tarzida mavjud bo‘ldi. Qahramonlik plakatlar realistik uslubda, ko‘tarinki inqilobiy muhitda tasvirlanishi bilan harakterlanadi. Rang tanlashda esa ko‘proq ramziy mavzuni e’tiborga olinadi (masala, qizil rang inqilob, sho‘ro davlati ramzi, qora sovuq ranglar dushman ramzi va h.k.). Plakat o‘z rivoji davomida, siyosiy , ma`rifiy yo‘nalishda mavjud bo‘lib, xalq orasida hukumat siyosatini tushuntirish, vazifalarini o‘zida aks ettirib turish edi. SHu yillarda hajviy plakat san’atining yangi turlari yuzaga keldi.
20- yillar O‘zbekiston grafika san’atida maishiy va hajviy plakat va rasmlar, turli shior va Chaqiriq, transporantlar ishlash keng yoyildi. Dastlabki yillarda asosan qo‘lda ishlangan va ko‘paytirilgan plakat va hajviy rasmlar keng qo‘llanildi. Bosmadan Chiqqan plakatlar esa markazdan yuborildi. O‘zbekistonda bosma plakatlari 1923 - 24 - yillarda Chop etilda boshlandi. Buxorolik usta Nabi Xofizov (1893 - 1959) birinChilaridan bo‘lib shunday plakatlar Chop ettirgan rassom edi. Uning «Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lang!» plakatida o‘z vaqtida to‘langan soliqlar davlatni mustahkam bo‘lishi, yangi zavod va fabrikalar, maktab va bog‘Chalarni qurilishga yordam berishini, aks holda, avvalgidek qashshoq bo‘lib yashashga sabab bo‘lishini ommmaga tushuntirmoqChi bo‘ldi. Buni eski va yangi zamon hayotini taqqoslash orqali ko‘rsatadi. Rassom sodda xalq san’ati uslubi, miniatyura san’ati plastikasida davr g‘oyasini talqin etishga harakat qilib o‘ziga xos san’ati yaratishga muyassar bo‘ldi.
Bu yillarda kitob - gazeta - jurnal grafikasi ham jonlandi. Bunga sabab kitob gazeta va jurnallarni ko‘plab Chop etilishi edi. Gazeta va jurnal nashrlari atrofida rassomlar guruhi to‘plandi. Grafika san’ati mavzusi kengaya bordi. Jumladan, 1923 - yildan nashr etilaboshlagan «Mushtum», «Mashrab», «Mullo Mushfiqiy», «Bigiz» kabi satirik va ilmiy ommabop jurnallar o‘z sahifalarida ijtimoiy hayotda mavjud bo‘lgan yutuq va illatlarini aks ettirib, omma orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Bu rasmlar davr mafkurasidan xoli bo‘lmasa ham shu bilan birga bu ishlangan ko‘pgina hajviy rasmlar omma umumiy saviyasi, faolligini oshirishida o‘zining ijobiy o‘rni egallaganligini e’tirof etish zarur. Yoshlarni yangi zamonaviy fikrlashga da’vat etish, ma’rifatga Chorlash, arhaik tuzum qoldiqlaridan xoli bo‘lish, xotin qizlarni ijtimoiy hayotga jalb etish borasida shular ijobiy ahamiyat kashf etdi. Bu g‘oyalar ilg‘or milliy ziyolilarning intilishiga monand edi. Bu harakat keyingi madaniy rivojda o‘zini ko‘rsata bordi... Mahalliy san’atkorlarning ilk qadami ham shu gazeta jurnal sahifalaridan boshlandi. BirinChi o‘zbek grafik rassomlari I.Ikromov, M.Hakimjonovlarining ilk ijodi shu gazeta jurnal saxifalarida boshlagan edi.
Grafika san’atida rassomlarning katta guruhi mehnat qildi. Ular gazeta – jurnal sahifalari, yangi nashr etila boshlagan kitoblar uChun rasmlar Chizdilar, sahifalarini bezadilar. SHunday grafik rassomlardan biri I.Tullya ijodi ham samarali bo‘ldi. Gazeta va jurnallarida uning xajviy harakterdagi rasmlari keng o‘rinni egallagan. Rassom ko‘proq diniy aqida paraslik, bid`at mavzusida, ijtimoiy hayotdagi yangiliklar haqida, maishiy mavzularda ishlangan. I.Tulya birinChi o‘zbek romani A.Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asarini bezadi va rasmlar Chizdi. Bu yillarda grafika borasida boy tajribaga ega bo‘lgan samarqandlik rassom L.Bure ham faol ishtirok etdi, plakatlar ishladi. Rassom grafikaning qaysi sohasida qalam tebratmasin eng avvalo xalqni faollikka da`vat qilish, majud bid`at va illatlarga qarshi kurashish g‘oyalarini ilgari surdi. SHular bilan bir qatorda o‘zining sevimli mavzusi ona yurti Samarqandga bag‘ishlangan rangtasvir asarlar yozishni davom ettirdi.
Dastgoh grafika san’ati. Dastgoh grafika san’ati ham yangi davr ruhi bilan rivojlanib bordi . Uning texnikasi ortdi. Ksilografiya va ofortlarida dastlabki dastgoh san’at namunalari yuzaga keldi. SHuni ta`kidlash kerakki, dastgoh grafika uzoq vaqt siyosatdan xoli va ko‘p xolldarda san’atkorning shahsiy ishi sifatida mavjud bo‘ldi. Bu san’atda rassomlar eng avvalo o‘zlariga ma’qul bo‘lgan mavzularda rasmlar ishladilar, qalam va peroda ishlangan turli portret va manzaralar, maishiy mavzudagi kompozitsiyalarda ularning hayotga, borliqqa bo‘lgan munosabat, estetik keChinmalari o‘z ifodasini topdi, ijodkor laborotoriyasi izlanishlari namunasi sifatida mavjud bo‘ldi. Faqat ayrim bosma texnikasida bajarilgan dastgoh grafika asarlari ko‘rgazma yuzini ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |