3 Ma`ruza: XIV ASR -XVI ASRLAR O‘ZBEKISTON SAN’ATI.AMIR TEMUR VA TIMURIYLAR DAVRI SAN’ATI. SHAYBONIYLAR DAVRIDA BUXORO XONLIGI. XIVA XONLIGI SAN’ATI. QO‘QON XONLIGI SAN’ATI
Chingizxon barpo qilgan imperiya XSH asr oxirlariga kelib qator mustaqil, bir-biriga alohasi bo‘lmagan davlatlarga ajrala boshladi. Buning ustiga CHingizxon vorislari tomonidan taxt uChun bo‘lgan kurashlar ham bu davlat qudratini susaytira boshlagan edi. Ana shu davrda Markaziy Osiyoda yangi hukmdor Amir Temur maydonga Chiqa boshladi. Temur o‘z mavqeini mustahkamlab borib, 1370 yili butun Mavorounnaxrni egalladi va Samarqand shahrini o‘z saltanatining poytaxti etib tayinladi. Asta-sekin bu davlat kengayib O‘rta SHarqda yirik davlatga aylandi. Bu davlat Temur davlati nomi bilan tarixga kirdi.
Temur va uning sulolasi davrida O‘rta SHarqda fan, san’at va madaniyat rivoj topdi. SHu davrda ajoyib saroylar, masjid va madrasalar, koshinkor maqbaralar qurildi. Buyuk olimu-fozillar bu davlat shuhratini olamga tanitdilar. Buyuk Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Abdurahon Jomiy, Kamoliddin Behzod kabi olimlar, shoirlar va miniatyura ijodkorlari shu davrda yashab ijod qildilar.
SHu davrda bu ulug‘ saltanatda yashagan ko‘p xalq, va elatlar san’ati, madaniyati urf odatlari Chatishib rivojda bo‘ldi, SHu san’at hududida shakllangan yangi an’ana va jarayonlar esa tezda boshqa yerlarda o‘z davomini topib yangi maktab va yo‘nalishlarga turtki berdi. Kitobat san’atida yangi kashfiyotlar ya’ni kitob muqovasini rel`efli bo‘rtma shakl va tasvirli ishlash yuzaga keldi. keyinChalik o‘rta sharq kitobatida keng o‘rin egalladi. Amaliy, amaliy-bezak san’ati nihoyatda keng rivojlandi. Bronza, kumish va oltindan quyma idishlar yasash borasida katta muvaffaqiyatga erishdilar. Ayniqsa kumish va oltindan nafis buyumlar yasash keng rivojda bo‘lib saroy ahllari talabiga javob berdi. PІu xususda ispan elChisi Klavixo Temur saroyida bo‘lganida oltin va kumushdan ishlangan buyumlarning ko‘pligi, Temurning oltin taxti va stoli, uning dam oladigan xonasida oltindan va qimmatbaho toshlar bilan ishlangan daraxt, undagi mevalar, mevada o‘ltirgan ajoyib qushChalar bo‘lganligini yozib qoldirgan. Vamberi temuriylar davri madaniyati haqida:
- " Temur davrida yaratilgan sarf-naxv kitoblari islom dunyosidagi yoshlar qo‘lida hozirgaCha dasturilamal tutilmoqda va O‘rta Osiyo musulmonlarining e`tiqod va ibodatga oid ko‘pgina xususiyatlari shu vaqtlarda yozilgan fiqh, va uslub kitoblariga zamin bo‘lmoqda. Osiyo va umum jahon musulmonlari qoshida eng nozik san’at va eng oliy mukammal ma’lumot sanlagan, hozirda yolgiz nomlarigina qolgan nimaiki bor bo‘lsa ularning orasida Hirot va Samarqand hukmatlari vaqtida taraqqiy etgan narsalar, shular orasida avvalo xattotlikni ko‘rsatish mumkin deb yozadi .
Yana davom ettirib: - "GarChi temuriylar sunniy mazhabiga ixlosmand bo‘lsada, ularning kitoblarini turli rangdagi tasvirlar bilan bezamoq , binolarni har xil rasmlar bilan ziynatilmoqqa intildilar, suv bo‘yoq bilan ishlangan bu rasmlarda rangbarang naqshlar va jonsiz narsalarning suratlari emas, balki mashhur xonlar, askarlar, xatto avliyolarning tasvirlari ham bor"1 deb ta`kidlaydi.Temur va temuriylar davrida turli millat va dinlar mavjud bo‘lib diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror edi. SHu davrda Naqshbandiya tariqatining asosChisi SHayx Ho‘ja Bahovuddin yashab ijod etdi. U o‘sha zamonda Buxoroda juda xurmatli kishi , Buxoroning milliy avliyolaridan hisoblangan. Vafotidan keyin uning qabrini uCh marta borib ziyorat qilishlik uzoqdagi Ka`baga xaj qilish bilan barobar sanldi. Dunyoviy ilmlar iChida saroy shoiri Lutfillo Nishopuriy (1384 y. vafot etgan), SHayx Kamoliddin Ho‘jandiy, "Temurnoma", shoir Ahmad Kirmoniy eslash mumkin.Temur davridan madrasalar ta’sis etildi. Ular hayr-saxovat tufayli keng miqyosda taraqqiy etdi. Temur bu ishning tashabbuskori bo‘lgani uChun uningxonadoni a’zolari, vazirlari ham mamlakatning boylari-barCha yaxshilar madrasayu maChitlar, qaroatxonalar, kasalxonalar ta’sis etish hamda ularga ehson berishda o‘zaro musobaqada bo‘lishgan - Binobarin, O‘rta Osiyoning ma`naviy taraqqiti, bilvosita bo‘lmasada, har holda Amir Temur xizmati va himmatiga ChambarChas bog‘liq holda keChdi.Samarqand bugun Osiyo savdosida mol ombori o‘rinni oldi. Bu yerda Hindistondan bo‘yoq va attorlik, Xitoydan Ipak gazlama, Chinni kosa, qadaxlar, qimmatbaho aqiq toshlar, mamlakat shimoldan noyob po‘stinlar kelar edi. SHu yerdan Osiyoning katta shaharlariga va buyuk Ipak yo‘li orqali garbiy Yevropaga jo‘natilar edi. O‘rta Osiyo asl turklik davri Temurdan boshlandi. CHunki xorazmshohlar va saljuqiylar garChi maishat tarzi jihatdan turk bo‘lsalarda, ular garbiy islom, eron madaniyatiga muhslis edilar. Temur davrida mamlakatning rasmiy tili turkCha edi. Temurning o‘zi tiniq va oChiq turk shevasida yozar edi. «Temur tuzuklari» shuning dalilidir. Temur o‘z saltanati taxtini mamlakatlar zaminiga, ularning barChasidagi urf-odatlar va marosislarni o‘z saroyida turladi, taraqqiy ettirdi. Saroy ayonlarining Ipak, duxoba va atlas kiyimlari arab yoki musulmonla rasm rusumida tiklangan edi. Saroyda ayollarning libosi xususan burk, shokila qadimgi Eron va Xorazm urfiga xos edi. Saroy hokimlari oltin uqa bilan bezatilgan uzun kiyim (qabo-Sa) kiyar edilar. U kiyimni yokasi bo‘yinini keChib turar, o‘zi yengsiz bo‘lgan, orqa etagi juda uzunligi uChun uni maxsusjoriyalar ko‘tarib yurishgan. Ularning soni ba`zan o‘n besh kishiga yetgan. Yuzga xijob tutganlar. Yuqoridagi fikrlar ham Vamberi qalamiga mansub bo‘lib, sobiq sho‘ro davrida Temur davri haqida fikr yuritish mos etilgan payt-da mavjudligi, davrni Garb tarixChi va madaniyatshunoslar birmunCha keng va atrofliCha o‘rganilgani ko‘rsatiladi..., Temuriylar inqirozidan so‘ng O‘rta Osiyo ham oliymaqom madaniyatdan va haqiqiy nafosatga berilishdan ayrilib, nihoyatda jaholat va daxshatga tushdiki, u bundan sira ham ozod bo‘la olmas.Madaniyat davri so‘nib, uning hukmronlik hayoti ham zaiflikka yuz tutdi. Vaqti bilan hukmdorlar Islom Osiyosining eng muhim qit`alarda birneCha asrlar mobaynida nufo‘zini o‘tkazgan Buxoro va Samarqand jahon tarixi saxifasida o‘z vazifalarini yo‘qotdilar. G‘oyat go‘zal o‘tgan zamonning naqadar go‘zal bo‘lgan Movarounnahr davlati bundan e`tiboran qashshoq Buxoro xonligi tarzida tanzzulga yuz tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |