rasm 2. XolChayon saroy ko‘rinishi Rekonstruktsiya.
Bu davrning tasviriy va amaliy san’ati yo‘nalishlari bir kanCha manbalardan Baqtriya - So‘g‘d, ellinlashgan-budizm, garb tomonda sak-parfiya, Xorazm va Old Osiyo san’ati an’analaridan asos oldi va rivojlandi va harakteri jihatidan betaraf va o‘ziga xos mustaqil san’at yo‘nalishi sifatida e`tirof etiladi. Haykaltaroshlik san’atida grek va xind san’ati ta`sirida seziladi. Bu xususiyat ishlangan haykallarda tasvirlanuvChining soCh tarashi, kiyimi boshi harakterini aniq bo‘lishiga, psixologik xolatini ifodalashga intilishida bilinadi.
Qushoniylar davri tangalari avvalgi davrga nisbatan bo‘sh, yuzlariga podshohlarning portreti zarblangan orqa tomonda esa xudolar tasviri tushirilgan. Yozuvlar esa qushon Baqtriya tilida bo‘lib, yozish uChun grek alfaviti asosida yaratilgan qushon harflari ishlatilgan. Rasm 3. Geray rasmi tushirilgan tanga
Bu davrda mahobatli rassomlik rivojlandi va saroy, ibodatxona, monastir va qasrlarni bezashda keng qo‘llanildi. Rasmlar mavzusi bevosita binolar funktsiyasiga qarab belgilandi. Jumladan ibodatxona va monastirlar devoriy rasmlarida diniy mavzu yetakChilik qilgani xolda qasr va saroylar devorlarida dunyoviy voqealar tasviri ishlangan. Albatta bu rasmlar bizgaCha faqat parCha, bo‘laklarda , shuningdek qadimgi mualliflarning yozma manbalarida saqlanib qolgan. Lekin shularning o‘zi shu davr mahobatli san’ati haqida fikr yuritishga asos beradi. Bu davrda boy zadogonlar va amaldorlar o‘z saroylari va uylarini hashamatli bo‘lishiga e`tibor berildi. Ularning xonalari devoriy surat haykal, turli naqsh va rasmlar bilan bezak berilgan bo‘lgan. Bu tasvirlarda Yevripid tragediyalaridan olingan syujetlar, Xomer Illiadasiga oid voqealarni ham uChratamiz. Jumladan, Ezop masaliga ishlangan rasm - oltin tuxum haqidagi devoriy rasm ham harakterli. Unda oltin tuxum berib turgan qushni iChini yorib birdaniga boyishni istagan odamning oChko‘zligi ko‘rsatiladi. QaChonlardir So‘g‘dning muhim manzillaridan bo‘lgan Ustrushona saroyi devoriga kadimgi Rim afsonasi bilan borlik tasvirning tushirilishi o‘zaro yaqin aloqalardan dalolat beradi. Bu tasairning muallifi haqida albattda ma`lumotlar bo‘lmasada, lekin shu tasvirning O‘rta Osiyoda paydo bo‘lishi shu yerda o‘z vatanini kumsagan italiy yoki safarlarda bo‘lib tasurot bilan qaytgan mahalliy jangChi, rassom, savdogar bo‘lishi mumkin.
XolChayon devoriy suratlardan ayrim tasodifiy bo‘lakChalar yomon xolda bizgaCha yetib kelgan. Bular iChida yigit boshii surati, uzum novdalari birmunCha bilinarli. Mavzusi hayot, tabiat manzaralari islimiyga yaqin naqsh kompozitsiyalari ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |