MA’RUZA-3
MAVZU:0‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI VA YOZMA HISOBLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH. QO‘SHISH VA KO‘PAYTIRISH JADVALLARI VA ULARGA MOS AYIRISH VA BO’LISH HOLLARINI O‘RGATISH
Reja:
0‘quvchilarning og‘zaki va yozma hisoblash malakalarini shakllantirish.
Qo‘shish va ko‘paytirish jadvallari va ularga mos ayirish va bo’lish hollarini o‘rgatish
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida og`zaki va yozma hisoblash ko`nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo`nalishlaridan biri.
Arifmetik amallarni o`rganishda oldin bolalar ongiga uning ma`nosini, ma`zmunini yetkazish kerak . Bu ish predmetlarning har xil to`plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o`tkaziladi. O`quvchilarni qo`shish va ayirish amallarining ma`nosi bilan tanishtirish ( bu “o`nlik” mavzusi ustida ishlashda bajariladi.) ikki to`plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to`plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy operatsiyalar asosida olib boriladi. Ko`paytirish amalini o`ganishda ish biroz boshqacha bo`ladi . “Ko`paytirish tushinchasini shakillantirishda tayanch sifatida ,--deb yozishadi M. I. Moro va A.M.Pishkalo, - bir nechta teng sonli to`plamlarni amalda birlashtirish bilan cheklanish to`g`ri bo`lmas edi. Shu vaqtga qadar yaxshi o`zlashtirilgan sonlarni qo`shish operatsiyasi bolalar uchun yangi bo`lib, bundan oldin ish tajribalarida uchramagan amal - ko`paytirish uchun asos bo`lib xizmat qilishi kerak.
Ko`paytirishni, uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog`lanishlarni o`rganish o`z navbatida bo`lish amalini o`rganish uchun asos bo`lib xizmat qiladi .
Bu misollarda biz shu narsalarni ko`rib turibmizki, o`qitishning bir bosqichida abstrakt bo`lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakillantirish uchun konkret asos bo`lib xizmat qilmoqda. Bunday yangilanish o`quvchilarning ham abstrakt ham konkret tafakkurlarini rivojlantiradi, bu esa o`qitish protsesida bolalarning faoliyatlarini rivojlantirishda katta ahamyatga ega .
Har xil (og`zaki va yozma) hisoblash usullarining ongli o`zlashtirilishi uchun dastur arifmetik amallarini ba`zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. I sinfda 10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda bolalar qo`shishning o`rin almashtirish xossasi bilan tanishdilar; 100 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda (I sinfda ) sonni yig`indiga qo`shish va yig`indini songa qo`shish , shuningdek, ayirmaning asosiy xossalarida chiqadigan natijalar bo`lmish yig`indidan sonni ayirish va yig`indini sondan ayirish bilan tanishadilar o`rganilgan xossa va qoidalar hisoblashlarni soddalashtirish imkonini beradi. Qo`shiluvchilar o`rinlarini almashtirish usuli 3+6, 2+8 va h.k ko`rinishidagi hisoblashlarni yengillashtiradi.
Dastur arifmetik amallarining xossalarini o`rgatishdan tashqari bolalarni arifmetik amallar orasidagi mavjud bog`lanishlar va amal hadlari va uning natijalari orasidagi munosabatlar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu bilimlarning hammasidan hisoblashlarda va amallar to`gri bajarilganini tekshirishda (shuningdek, algebraik materialni o`rganishda: tenglamalar yechishda va amallarning noma`lum komponentlarini topishga doir masalalar yechishda ) foydalaniladi.
Masalan, ko`paytirish amalining komponentlari bilan natijasi orasidagi bog`lanishlarni bilganlikka tayanib, har bir ko`paytirish xoli asosida bo`lishning tegishli hollarini hosil qiladilar: agar 6 4=24 bo`lsa, u holda 24:6=4 va 24:4=6
bo`ladi.
Arifmetik amallarni o`rganishdagi navbatdagi juda muhim masalalar og`zaki va yozma hisoblash usullaridan ongli foydalanish asosida o`quvchilarda hisoblash ko`nikmalarini shakillantirish bilan bog`liqdir.
Og`zaki hisoblashlarning asosiy ko`nikmalari I va II sinflarda shakllanadi. IIIsinfda “Minglik” mavzusida yozma hisoblashlar ustida ish boshlanadi va bu ish IV sinfda payoniga yetadi. Shu bilan birga yozma hisoblashlardagi og`zaki hisoblash ko`nikmalari takomillasha boradi, chunki og`zaki hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy element sifatida kiradi. Og`zaki hisoblash ko`nikmalariga ega bo`lish yozma hisoblashlarni ko`roq muvaffaqiyatli bajarishni ta`minlaydi.
Og`zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham, yuqorida ta`kidlanganidek amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi bog`lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og`zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvch xossalari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |