Etimologik (yoki grafik) tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra, boshqa tillardan (masalan, arab, rus yoki rus tili orqali boshqa tillardan) kirgan so’zlar o’zi mansub bo’lgan tildagi shaklini o’zbek imlosida ham saqlagan holda yoziladi. 1) ocherk, tonna, kosmos, pochta kabi so’zlarning urg’uli bo’g’inidagi o unlisi o’zbekcha o’ tarzida aytilsa ham, rus tilidagi shakliga mos ravishda o yoziladi. 2) samolyot, kometa, morfema, direktor, traktor kabi so’zlarning urg’usiz bo’g’inidagi o unlisi a yoki i tarzida aytilsa ham, rus tilidagi shakliga muvofiq ravishda o tarzida yoziladi; 3) televizor, telefon, gerbariy kabi ruscha–baynalminal so’zlarning urg’usiz bo’g’inlarida kelgan e unlisi i tarzida talaffuz qilinadi, lekin rus tilidagi shakliga mos ravishda e saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |