1. Unlilar orfoepiyasi
i unlisi:
1) bir , bitta , kir, tiq kabi bir bo`g`inli so`zlarda, kishi, bilan, bilak, tila , firibgar kabi ikki bo`g`inli va ko`p bo`g`inli so`zlarda qisqa aytiladi;
2) chuqur til orqa undoshlari q, g`, x dan keyin kelganda , qisqa til orqa unlisi kabi talaffuz qilinadi: qish, qirg`iz, qirmizi, og`iz, g`irrom, xira, axir kabi;
3) bino, ahil , do`stlik, birja kabi so`zlarda, shuningdek, y undoshdan oldin kelganda, cho`ziq talaffuz qilinadi: ziyrak, tiyrak, biyron, tiyin kabi.
U unlisi:
1) kun, tun, buvi, buloq kabi so`zlarda qisqa aytiladi;
2) maxsus, mag`rur, masrur, urg`u, yozuv kabi so`zlarda, shuningdek,y undoshlaridan oldin kelganda , cho`ziq talaffuz qilinadi: tuyg`u, buyruq, uyg`ur kabi;
3) tugun, tutun, tuzum, tushuncha, ustun kabi so`zlarning ikkinchi bo`g`inida qisqa i tarzida aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |