Bog`lovchisiz qo`shma gapning turlari
Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarining qanday shakllanishiga ko`ra, ikki xil bo`ladi:
1. Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog`lovchisiz qo`shma gap. Bu xil qo`shma gap qismlarining kesimlari bir xil shakllangan bo`ladi: Chin muhabbat husn tanlamas, Husn uchun sevmas vafodor. (Shukrullo).
Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasidagi semantik munosabatlar quyidagicha bo`ladi:
1. Bir paytda sodir bo`ladigan voqea-hodisalar anglashiladi: Motor esa zo`r berib tirillar, mashina silkinar edi. (Ch.Aytmatov). Bunday paytda butun vujudida ajoyib bir safarbarlik sezar, xotirasi, zehni, shuuri bir nuqta atrofida inoq to`planardi. (P.Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |