2. Yuklamalarning yozilishi
1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o`zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yеtib bormaydimi?
2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sеn-chi? Kеldi-ku!
D i q q a t! Juft so’zlar tarkibida boG`lovchi vazifasida kеlgan -u(-yu) yuklamasi kirilcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi: Гапу сўз кўпайди. Yangi alifboda esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Gap-u so’z ko’paydi.
faqat, ham, hatto, axir kabi so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog`larda hatto yoz oylarida ham yomg`ir yog`adi.
26-MA’RUZA
ALOHIDA OLINGAN SO`ZLAR GURUHI
Reja:
Modal so`zlar
Undov so`zlar haqida ma’lumot
Taqlid so`zlar
Modal so`zlar
So`zlovchining o`z fikriga bo`lgan munosabatini bildiradigan so`zlar modal so`zlar deyiladi: Ehtimol, bugun etib kelar.
Modal so`zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:
1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so`zsiz 3) ishonch: albatta 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o`z-o`zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to`g`ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.
2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog`i;
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6. Achinish: afsus, attang, esiz.
7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8. Quvonch: xayriyat.
9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo`q.
Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so`zlar ham mavjud.
Modal so`zlarning ko`pchiligi mustaqil so`zlardan o`sib chiqqandir.
1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to`g`ri, so`zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so`zidan); 4) bog`lovchidan: balki; 5) so`z birikmasidan: har qalay, har holda; 6) gapning modal so`zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so`z tushirish natijasida hosil bo`lgan: o`z-o`zidan (aniq so`zi tushib qoladi).
Modal so`zlar sof va vazifadosh modal so`zlarga bo`linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so`zlari sof modal so`zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo`llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so`zlar vazifadosh modal so`zlar hisoblanadi.
Modal so`zlar gap tarkibidagi so`zlardan vergul bilan ajratiladi va ko`pincha kirish so`z vazifasini bajarib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |